X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Tabriknoma va uning turlari haqida ma’lumotlar



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Tabriknoma va uning turlari haqida ma’lumotlar.
Tabriknomalar insonlarni yaxshi kunlarida: tug‘ilgan kun larda, 
bayramlarda, to‘y-marosimlarda o‘z tilaklarini, yaxshi ni yat larini bil-


147
di rish uchun taqdim etiladi. Tabriknomalar turli bay ramlar uchun turli 
shakl larda va o‘lchamlarda ishlab chiqiladi. Tab riknomalar asosan 
karton qog‘ozidan tayyorlanadi. Muqovasi turli bezaklar (gullar, ram-
ziy belgilar va boshqa shakllar) bilan bezatiladi. Asosan, 8-mart va 
Nav ro‘z bayramlariga gullar tas virlangan tabriknomalardan, tavallud 
kun lariga esa insonga tilak bildiruvchi ramziy belgilar tasvirlangan 
tab riknomalar taq dim etiladi. Yangi yil bayramida qish, Qorbobo va 
sov g‘alar tasvirlangan tabriknomalardan, turli kasbiy bayramda kasb -
lar, gullar, turli ramziy belgilar tasvirlangan tabriknomalardan foy-
dalanish tavsiya etiladi.
Tabriknoma yasash uchun bizga quyidagi ish qurollari va materiallar 
kerak bo‘ladi.
Kvilling usuli
Kvilling – 
bu badiiy texnika, ikki taraflama rangli qog‘oz tasmasi 
asosida bajarilgan amaliy ish, gugurt cho‘piga yoki tishkovlagichga 
o‘rab chiqiladigan va turfa xil shaklga aylantirilgandan keyin 7 turli 
xil figura ko‘rinishida yelimlanadi.
Bu texnika tasviri asosida (nafis gullar, bejirim naqshlar, ertak qah-
ramonlari, hayvonlar va baliqlar, qushlar) tabriknomalarni, albom lar-
ni, qutichalarni, rasm uchun ramkalarni bezash mumkin.
Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilari kvilling texnikasining mashg‘ulot-
larini birinchi bosqichidagi qog‘ozni o‘rash jarayoni qiyin bo‘lishiga 
qaramay, juda maroq bilan bajarishadi. 
Kvilling usulida turli narsalar shaklini yasashda uni bosqichma-
bosqich o‘rgatish kerak. Bajarilgan har bir yangi shaklni bir nechta 
mash g‘ulotda olib borish kerak.


148
Uzunligi 16 sm eni 24 sm bo‘lgan karton qog‘ozi olinadi. Uni teng 
ikkiga buklaymiz.16 smga 12 sm bo‘lgan tabriknoma asosi hosil bo‘ladi. 
Turli rangdagi rangli qog‘oz olinib, 1 sm qilib qalam yordamida 
chizib chiqiladi. Chizilgan joyidan qirqib uzun tasmalar hosil qilinadi.
Hosil bo‘lgan tasmalarni tish kovlagichning bir uchiga qistiramiz. 
Tas mani tishkovlagichga mahkam o‘rashni boshlaymiz. Bunda barmoq 
bi lan tishkovlagichni aylantirib turamiz. Bosh spiralni bajarayotganda 
tasmani qattiq o‘rab bo‘lmaydi. Ayniqsa oxirgi o‘rash vaqtida, unda 
spiral qattiq bo‘lib ochilmay qolishi mumkin.Bir nechta tasmalarni yoki 
du ma loqlarni bir-biriga yelimlab, detalning hajmini katta qilish mumkin.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin