162
3. Mashg‘ulotga kerakli materiallar qanday joylashtiriladi?
4. Qanday asboblar bilan ishlaganda texnika xafvsizligi qoidalaridan
foydalaniladi?
5. Tabiiy materiallar bilan ishlashning maqsadi?
Barglar
. Barglar o‘yinchoqlarni yasashda qiziqarli va kerakli qo‘-
shimcha material hisoblanadi. Ular turli shakl va ranglarda bo‘lishi
mumkin. Eman daraxtlarining yirik barglarini bolalar kemalarga yel-
kan sifatida ishlatishadi. Barglardan kapalak qanotlari, baliq suz gich-
larini (bu o‘yinchoqlar g‘udda va bargdan yasaladi) yasashda qo‘llash
mumkin. Barglarni kuzda, ular chiroyli bo‘lganida terish yaxshi.
O‘quvchilar barglarni to‘plar ekanlar,
ularning ranglarini, shakl-
larini qiyoslashni o‘rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligi va diqqat
qilish qobilyatlarini o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar
oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shun-
dan keyin bolalarga barglarning mehnat mashg‘ulotlarigacha rangi-
ni yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish ke-
rak ligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini
insonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak.
Ekskursiya
oxirida suhbatga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar
umum lashtiriladi. Bundan
tashqari, bolalarga uylarida qushlar tas-
viri tushirilgan rasmlarni, suratlarni ko‘rish,
ularning tanasi va qanot-
larining shakliga, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi.
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bola lar
quritilgan barglardan qush applikatsiyasini zo‘r ishtiyoq bilan baja-
radilar, agarda applikatsiyalar o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan
materiallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi.
Bunday dars, mashg‘ulot quyidagi sxemaga ega bo‘ladi: