X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Guruhlarga amaliy ish topshiriqlari



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Guruhlarga amaliy ish topshiriqlari:
1. “Piktogramma” o‘yini orqali kasblar haqida ma’lumot berish.
2. “Mo‘jizalar maydoni” o‘yini orqali kasblar haqida ma’lumot 
berish.
3. “Ha-yo‘q” o‘yini orqali kasblar haqida ma’lumot berish.
4. “Mimik rollar” o‘yini orqali kasblar haqida ma’lumot berish.
5. “Kasblar alifbosi” o‘yini orqali kasblar haqida ma’lumot berish.
“Piktogramma” o‘yini
“Piktogramma”
o‘yinida turli kasb egalarining rasmlari tas vir-
langan kartochkalar o‘quvchilarga tarqatiladi. O‘quvchilar tasvir-
lan gan rasmdagi kasb egalari to‘g‘risida ma’lumot berishlari kerak. 
Tas virlangan kasb nomini, qanday ish bilan shug‘ullanishi va qa yer-
larda ishlashlari to‘g‘risida bilganlarini gapiradi. O‘quvchilar to mo-
nidan berilgan javoblarni o‘qituvchi qo‘shimcha ma’lumotlar bi lan 
to‘ldiradi. Agar o‘quvchilar kartochkalarda tasvirlangan kasb ega-
lari ning nomlarini topmasa bu kartochka boshqa o‘quvchiga beriladi. 
O‘yin shu tariqa davom ettiriladi.
“Mo‘jizalar maydoni” o‘yini
“Mo‘jizalar maydoni”
o‘yinida kasb nomlaridagi harflar sonini 
hisobga olib qog‘ozga katakchalar chiziladi. O‘ylangan kasb nomi shu 


174
katakchalar soniga teng kelishi kerak. O‘quvchilar katakchalarning 
soniga qarab harflarni aytishadi. O‘qituvchi o‘quvchilar aytgan 
harflarni katakchalarda borligini ko‘rsatadi. Keyin o‘quvchilar 
qolgan harflarni ham aytib o‘tishadi. Oxirida o‘quvchilar kasb nomini 
topishadi. 
“Ha-yo‘q” o‘yini
“Ha-yo‘q”
o‘yinida o‘qituvchi turli kasb nomlarini qog‘ozga 
yozadi. O‘quvchilar qog‘ozda yozilgan kasblarni nima ish qilishlari
qayerlarda ishlashlari, nima bilan shug‘ullanishlari to‘g‘risida savollar 
beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning javoblari ga qarab to‘g‘ri topgan 
bo‘lsa “ha” deb, noto‘g‘ri topgan bo‘lsa “yo‘q” deb javob beradi. 
O‘quvchilar aniq bir yo‘nalishni top gandan so‘ng shu yo‘nalish 
bo‘yicha savollarni davom ettirishadi. Natijada o‘quvchilar kasb 
nomlarini topishadi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin