186
Mavzu: Pape-mashe ishlarini tayyorlash texnologiyasi
Reja:
1. Papye-mashe ishlarini tayyorlash haqida ma’lumot berish.
2. Papye-mashe yasash darslarini tashkil etish tartibini
tushuntirish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Papye-mashe ishlari haqida.
Papye-mashe yasash bo‘yicha ma’lumotlar berish. Qog‘oz bo‘lak-
laridan papye-mashe yasash.
Pedagogik vazifalar
i:
•
talabalarning papye-mashe yasash
haqidagi bilimlarini aniqlash;
•
ish joyini to‘g‘ri tashkil qilishni o‘rgatish;
•
papye-mashe ishlari bilan tanishtirish;
•
qog‘oz bo‘laklaridan papye-mashe yasash texnologiyasi bilan ta-
nish tirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum” metodi, amaliy ish,
ko‘r gazmalilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmalar,
texnik vosi-
talar, qog‘oz bo‘laklari, piyola, bo‘yoq, yelim, qog‘oz, turli bezaklar.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida
savollar beriladi.
1. Papye-mashe ishlari nima?
2. Papye-mashe ishining asosiy materiali nima?
3. Papye-mashe ishiga yelim qanday tayyorlanadi?
4. Qanday qog‘ozdan foydalaniladi?
Amaliy ish taqdimoti
1. Papye-mashe ishlari haqida kirish (boshlang‘ich) suhbat. Suh-
batni ushbu materialni ko‘rsatish bilan birga olib borish kerak: bolalar
namunani ushlab ko‘rishi,
shaklini, ustki qobig‘ini his qilishi, rangini
ko‘rishi mumkin.
2. Mavzuni e’lon qilish va o‘yinchoq namunasini ko‘rsatish.
3. Namuna tahlili va papye-mashe yasash usullarini ko‘rsatish. Bu
yerda bolalarni o‘yinchoq namunasini tahlil qilishga,
papye-mashe
yasash jarayonining ketma-ketligi haqida o‘z fik rini bildirishga undash
187
maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi o‘quvchilarning javobini to‘g‘irlab
beradi va ushbu material bilan ishlashning o‘ziga xosligini ajratib
ko‘rsatishga bolalarning diqqatini qaratadi.
4.
Oddiy piyolani olib atrofiga vazelin surtamiz. Qog‘ozni 1
×2
sm o‘lchamda bo‘laklarga bo‘lib olamiz. Qog‘oz bo‘laklarini suvga
botirib piyola atrofiga bir tekis yopishtirib chiqamiz.
5. Piyolaga qog‘oz bo‘laklarini bir qavat qilib yopishtirib bo‘l gan-
dan so‘ng, ikkinchi piyolaga suv va un solib suyuq aralashma hosil
qi la miz. Tayyor aralashmani cho‘tka bilan qog‘oz atrofiga surtib chi-
qa miz. Keyin qog‘oz bo‘laklarini ko‘ndalang qilib ikkinchi qavatga
yopish tirib chiqamiz. Qog‘oz bo‘laklarini shu tariqa 7
qavat qilib
yelim laymiz. Har bir qavat orasiga suyuq xamirli aralashmani surtib
chi qamiz. Tayyor bo‘lgan papye-mashe ishini 3-4 daqiqa mobaynida
qu ritishga qo‘yamiz. Quritish jarayonida yelvizak bo‘lmasligi, quyosh
nu ri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushib turmasligi kerak. Qurigan papye-mashe
ishi ni tekis qilib kesib olinadi. Kesilgan qismi qog‘oz bo‘laklari yor-
damida bir-biriga yopishtirib yelimlanadi. Papye-mashe ishi ustki qis-
mini rangli qog‘oz bo‘laklari yordamida yelimlab chiqamiz.
188
6. Papye-mashe ishiga oq qog‘ozdan qo‘shimcha bezak berish
uchun naqshlar chizib olinadi va qirqiladi.Papye-mashe ustiga tayyor
gul naqshi yelim surtib yopishtiriladi. Papye-mashe usulida piyola
shakli tayyor bo‘ldi.
7.
Papye-mashening bolalar tarafidan tayyorlanishi. Meh nat jara-
yonida o‘qituvchi
bolalar ishini nazorat qiladi, asbob larni ishlatishda
texnika xavfsizligiga rioya qilishlarini kuza tadi, qiynalayotganlarga
yordam beradi, mozaika ishini takomil lashtirishda uni
bezashda mus-
taqil qaror qabul qilishga undaydi, bular ning barchasi bolalar ora sida
o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatning shakllanishiga olib keladi.
8. Tayyor papye-mashe ishini tahlil qilish. Ushbu
jarayonda
bolalarda o‘zi va do‘stlari mehnatining natijalarini baholay olish qo-
bi liyatini shakllantiradi.
9. Ish joyini tozalash, asboblarni va qolgan materiallarni yig‘ish ti-
rish.
Dostları ilə paylaş: