X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Tuxum po‘chog‘idan mozaika yasash texnologiyasi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Tuxum po‘chog‘idan mozaika yasash texnologiyasi:
• 
kerakli rangdagi qog‘oz fon tanlanadi;


182

mozaikaga mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori aniqlanadi;
• mozaika ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzu ning 
mazmuniga, tuxum po‘chog‘ining hajmiga, o‘lchamlariga, ranglarini 
tanlashga qaratiladi;
• ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish 
va elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim;
• tuxum po‘chog‘ini yelimlashda joyni adashtirmaslik uchun ular-
ning o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi;
• 
mozaikaning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham tuxum 
po‘ chog‘idan yasaladi, ularni chizmaslik kerak;
• tayyorlangan tuxum po‘choqlari qog‘oz sathiga, ya’ni fonga joy-
lashtiriladi va tasvir hosil qilinadi
• 
mozaikadagi ranglar uyg‘unligiga erishiladi.
Tuxum po‘chog‘idan mozaika ishlaridan namunalar
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Tuxum po‘chog‘ini ishga tayyorlang.
Mavzu: Fasllar mavzusida applikatsiya yasash texnologiyasi
Reja:
1. Applikatsiya san’ati haqida ma’lumot.
2. Fasllar mavzusida applikatsiya yasash texnologiyasini o‘rgatish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga fasllar haqida ma’lu -
mot berish. Applikatsiya ishlarini tushuntirish. Fasllar mav zusida ap-
plikat siya yasashni o‘rgatish.


183
Pedagogik vazifalar:
• 
talabalarning applikatsiyalar va fasllar haqidagi bilimlarini aniq-
lash;
• 
applikatsiya yasash haqida tushunchalar berish;
• 
fasllar mavzusida applikatsiya yasash texnologiyasini tushun-
tirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish
ko‘rgazmalilik.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar, 
ap plikatsiyadan namunalar, rangli qog‘ozlar to‘plami, chizg‘ich, 
qaychi, qalam, yelim.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin