176
•
olingan o‘lchamlar qog‘ozga tushiriladi;
•
o‘lchamlar asosida qog‘ozga
andoza chiziladi;
•
chizilgan andoza qirqib olinadi;
•
andoza gazlama ustiga qo‘yib
chizib olinadi;
•
chizilgan gazlama qirqib olinadi;
•
belbog‘i qismi o‘lchanadi
va qirqib olinadi;
•
fartuk qismi bilan belbog‘ qismi bir-biriga qo‘shib tikiladi;
•
fartukka moslab cho‘ntak
bichiladi va tikiladi;
•
qo‘shimcha bezak ishlari beriladi.
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Ish fartugining andozasini tayyorlang.
2. Mavzuga dars ishlanmasini yozing.
Mavzu: Tugma qadash texnologiyasi
Reja:
1. Tugmalar haqida ma’lumot berish.
2. Tugma qadash usullarini tushuntirish.
3.Tugma qadash texnologiyasini o‘rgatish.
Amaliy mashg‘ulot maqsadi: Tugmalar haqida ma’lumotlar
berish. Tugma qadash usullarini tushuntirish. Tugma
qadash tex-
nologiyasi bilan tanimshtirish. Tugma qadash darsiga ishlanma
yozishga o‘rgatish.
Pedagogik vazifalar:
•
tugma va uning turlari haqida ma’lumot berish.
•
tugmalarni turli usullarda tikish haqida tushunchalar berish.
•
kiyimlarga tugmalarni turli usullarda
tikish texnologiyasi bilan
tanishtirish.
•
natijalar taqdimoti, muhokama va baholashga o‘rgatish.
Ta’lim usullari:
Tushuntirish, “Aqliy hujum”, amaliy ish, ko‘r gaz -
ma lilik .
Ta’lim vositalari:
Ish materiallar:
Tugma turlari, mato bo‘lak lari,
tugma tikiladigan kiyimlar.
Ish asboblari:
qaychi, igna, ip,
angishvona, nina qadagich.
Ko‘rgazmalar:
Tugmani tikish usullaridan namunalar,
rasm lar,
slay dlar.
177
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida
savollar beriladi:
1. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ishlari qanday ishlar
?
2. Tugmalardan nima maqsadda foydalaniladi?
3. Tugmalar qanday materiallardan tayyorlanadi?
4. Tugmaning qanday turlarini bilasiz?
5. Tugmalar qanday usullarda tikiladi?
6. Kiyimlarga tugma tikishda nimalarga e’tibor berish kerak?
Dostları ilə paylaş: