X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Yasash bosqichlari: 
Ikki xil rangdagi rangli va rangsiz kar ton olinadi. 
Uzunligi 15 sm, bo‘yi 10 sm o‘lchamda kesib olinadi. Rangli kartonga 
rasm ramkaning shakli chiziladi va stek yordamida kesib olinadi. 
Rangli karton rangsiz kartonga yelimlanadi. Rasm solish uchun 
ramkaning bir qismi ochiq qoldiriladi. 
Rasm ramkasining orqa tomoniga tirgagich tayyorlash uchun rang-
siz kartondan tirgagichning shakli chizib, qirqib olinadi va rasm ramka 
or qa siga mahkamlanadi.
Tayyor rasm ramkalariga bezak berish ishlari amalga oshiriladi. 
Bezak berishda turli qirqilgan gullardan, pistonlardan, munchoqlardan 
foydalanish mumkin.


191
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Rasm ramkasi turlarini o‘rganish.
2. Kartondan rasm ramkasi qurish-yasash.
Mavzu: Qog‘oz va 
kartondan guldon tayyorlash texnologiyasi
Reja:
1. Bayram sovg‘alari haqida ma’lumot berish.
2. Kartondan vaza tayyorlash haqida ma’lumot berish.
3. Kartondan vaza tayyorlash texnologiyasi.
Amaliy
 mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga sovg‘alar to‘g‘ri si-
da ma’lumot berish. Turli materiallardan bayram sovg‘a sini tayyorlash 
to‘g‘ risida ma’lumot berish. Turli materiallardan bayram sovg‘asini 
tay yorlash texnologiyasini o‘rgatish.
Ta’lim usullari: “Aqliy hujum” metodi, ko‘rgazmalilik, “Ko‘rsatib 
ber, tushuntirib ber”, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar, 
sov g‘a lardan namunalar, karton, gullar shakli tushirilgan tabrik-
nomalar, igna, ip, qaychi.
O‘qituvchining vazifalari:
• 
sovg‘alar haqida ma’lumot berish;
• 
bayram sovg‘asini tayyorlash to‘g‘risida ma’lumot berish;
• 
turli materiallardan bayram sovg‘asini tayyorlash texno logiyasi.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi aso sida 
sa vollar beriladi.
1. Sovg‘alar nima uchun ishlatiladi?


192
2. Sovg‘alarning qanday turlari mavjud?
3. Sovg‘alarni qo‘lda tayyorlash mumkinmi?
4. Sovg‘alarni nimalardan tayyorlash mumkin?
5. Hajmdor gullar deganda nimani tushunasiz?
Sovg‘alar insonlarga yaxshi tilaklar bildirish, bayramlar bilan, 
tug‘ilgan kunlari bilan tabriklash uchun foydalaniladigan vositadir. 
Sovg‘alar asosan gullar, turli taqinchoqlar, suvenirlar, kitoblar va hokazo 
ko‘rinishlarda bo‘ladi. Agar yaqin kishilarimiz uchun sovg‘alarni o‘z 
qo‘limiz bilan tayyorlasak, sovg‘a yaqin kishimiz va o‘zimiz uchun 
qadrliroq bo‘ladi. H
ar kuni atrofimizda bir 
qancha narsalar ishlatilib 
bo‘lgandan so‘ng keraksiz narsa sifatida chiqindiga tashlanadi. Biz shu 
keraksiz materiallardan foydalanishi mumkin bo‘lgan turli narsalarni 
tayyorlashimiz mumkin. Masalan: Tabriknomalardan gullar uchun 
vaza tayyorlash mumkin. Buning uchun bizga karton, gullar shakli 
tushirilgan tabriknomalar, igna, ip, qaychi kerak bo‘ladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin