196
7. Rangli qog‘ozdan qirqib olingan detallar; xo‘rozning toji,
tumshug‘i, qanoti, dumi, ko‘zlarini tuxum po‘chog‘ining belgilangan
joylariga, ya’ni tojini tuxum po‘chog‘ining
yuqori tomoniga,
qanotlarini ikki yon tomoniga, tumshug‘ini old tomonining o‘rtasiga,
ko‘zlarini tumshug‘ining usti qismiga, dumini tuxum po‘chog‘ining
orqa tomonining pastki qismiga PVA yelimi yordamida yelimlab
chiqamiz.
197
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Tuxum po‘chog‘ini ishga tayyorlang.
2. Tuxum po‘chog‘idan turli o‘yinchoqlar
yasang
Mavzu: Turli materiallardan
archa bezaklarini yasash texnologiyasi
Reja:
1.
Archa bezaklari
haqida ma’lumot berish.
2.Turli materiallardan archa bezaklari tayyorlash haqida ma’lu mot
berish.
3.Turli materiallardan archa bezaklarini tayyorlash texnolo giyasi.
Amaliy
mashg‘ulotning maqsadi:
Archa bezaklari to‘g‘risida
ma’lumot berish. Turli materiallardan archa
bezaklarini tayyorlash
to‘g‘risida ma’lumot berish. Turli materiallardan archa bezaklarini
tayyorlash texnologiyasini o‘rgatish.
O‘qituvchining vazifalari:
•
archa bezaklari haqida ma’lumot berish;
•
archa bezaklarini tayyorlash to‘g‘risida ma’lumot berish;
•
turli materiallardan archa bezaklari tayyorlash texnologiyasi.
Ta’lim usullari: Ko‘rgazmalilik, “Ko‘rsatib ber, tushuntirib ber”,
“Aq liy hujum”, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar,
slaydlar, ko‘rgazmalar, ar cha
bezaklaridan
namunalar, shar, PVA yelimi, biserlar, lenta, rang li iplar.
198
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” meto di aso sida
savollar beriladi.
1. Archa bezaklari qayerlarda ishlatiladi?
2. Turli materiallardan archa bezaklarini yasashda qanday talablar
qo‘yiladi?
3. Archa bezaklarini nimalardan yasash mumkin?
4. Archa bezaklarining qanday turlari mavjud?
5. Turli materiallarni ishga tayyorlash qanday amalga oshiriladi?
Dostları ilə paylaş: