179
ko‘ra ham, naqsh va rasmlarga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga
ega bo‘lgan. O‘rta
Osiyoda madrasalar, machitlar,
hukmdorlarning
saroylari mozaika usulida bezatilgan.
Hozirgi kunda mozaika bilan binolarning tashqi qismlari,
devorlari
va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, so-
pol, plitalardan foydalaniladi.
Mashhur ustalar tomonidan ayrim shaharlarda rangli ko‘zgu par-
cha laridan ajoyib
mozaika asarlari yaratilgan, ular quyoshda bir-bi ri-
ga qo‘shilib va porlab shodlik kayfiyatini yaratadi.
Qog‘ozdan mozaika usulida mevalar
shaklini yasash texnologiyasi taqdimoti
1. Rangli qog‘ozni bo‘laklarga bo‘lib olamiz.
2. Qog‘oz bo‘lagini
mayda qilib uchburchak, to‘rtburchak doira
shakllarda
kesib olamiz
3. Nokning rasmini chizib olamiz.
4. Maydalangan qog‘oz bo‘laklarini rasmga yopishtirib chiqamiz.
O‘qituvchi dars jarayonida partalarni oralab yurib, o‘quvchi larga
kerakli ko‘rsatmalarni berib boradi. Yaxshi va yomon bajarilayotgan
ishlardan namunalar ko‘rsatib, tegishli amaliy yo‘l-yo‘riqlar beradi.