X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Qog‘ozdan mozaika ishlaridan namunalar



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Qog‘ozdan mozaika ishlaridan namunalar
Mustaqil ish topshiriqlari:
1. Mozaika usulida mevalar shaklini yasang.
2. Mozaika usulida yasalgan mevaga oid topishmoqlar tuzing.
Mavzu: Tuxum po‘chog‘idan mozaika yasash texnologiyasi
Reja:
1..Mozaika sa’nati haqida ma’lumot berish. 
2. Tuxum po‘chog‘ini ishga tayyorlash. 
3.Tuxum po‘chog‘idan mozaika yasash texnologiyasini amaliy 
ko‘r satish.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga mozaika sa’nati 
haqida bilim berish. Mozaika ishining mazmuni haqida tushunchalar 
hosil qilish. Tuxum po‘chog‘idan mozaikani yasash texnologiyasini 
o‘rgatish.
Pedagogning vazifalari:
• 
talabalarning mozaika sa’nati haqidagi bilimlarini aniqlash;
• 
ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoida lariga 
amal qilishni eslatish;
• 
tuxum po‘chog‘idan mozaika ishining bajarilishi haqida tushun-
chalar berish;
• 
tuxum po‘chog‘idan mozaika ishlarini yasash texnologiyasini 
o‘rgatish.
Ta’lim usullari: “Aqliy hujum” metodi, amaliy ish, ko‘rgaz ma li lik.
Ta’lim vositalari: Tayanch matn, metodik qo‘llanmalar, slaydlar, 
oq qog‘oz, turli rangli qog‘oz, chizg‘ich, qaychi, qalam.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-


181
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida 
savol lar beriladi.
Tuxum po‘chog‘ini ishga tayyorlash
1. Tuxum po‘chog‘i yaxshilab yuviladi.
2. Nina bilan tuxumning yuqori va pastki qismi teshiladi.
3.Tuxum po‘chog‘ining yuqori qismidan puflab ichidagi suyuqlik 
chiqariladi.
4. Bo‘shagan tuxum po‘chog‘ining ichki qismi suv bilan yuvib 
toza lanadi.
5. Tuxum po‘chog‘i qurigandan keyin ustki qismi kerakli ran gda 
bo‘ ya ladi.
6. Bo‘yoq qurigandan keyin tuxum po‘chog‘i kerakli hajmda may -
da lanadi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin