X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Mustaqil ish topshiriqlari
1. Tabriknomalar to‘g‘risida ma’lumot to‘plang.
2. Rangli qog‘ozdan bayram uchun tabriknoma tayyorlang.
Mavzu: Turli materiallardan hajmdor 
gullar yasash texnologiyasi
Reja:
1. Gullar haqida ma’lumot berish.
2. Turli materiallardan gullar yasash to‘g‘risida ma’lumot berish.
3. Biserlardan gullar yasash texnologiyasi. 
O‘quv mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga gullar to‘g‘risida 
ma’lumot berish. Turli materiallardan gullar yasash to‘g‘risida 
ma’lumot berish. Biserlardan gullar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
O‘qituvchining vazifalari:
• 
gullar haqida ma’lumot berish;
• 
turli materiallardan gullar yasash to‘g‘risida ma’lumot berish;
• 
biserlardan gullar yasash texnologiyasi;
Ta’lim usullari: Ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum”, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar, 
gul namunalari, turli rangdagi biserlar, maxsus sim, lenta, tayoqcha.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini 
aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi 
asosida savollar beriladi.
1. Qanday gullarni bilasiz?
2. Biserlardan nimalar yasash mumkin?
3. Gullarni qanday materiallardan tayyorlash mumkin?
4. Biserlarning qanday turlari mavjud?
5. Hajmdor gullar deganda nimani tushunasiz?
Biserlar haqida ma’lumot
Biserdan gullarni to‘qishda kerakli ish qurollari: igna, sim va ip 
turlari; munchoqlar to‘plami: dur, toshlar, ko‘zlar, pistonlar, shisha 
munchoq turlari; yordamchi materiallar: yelim turlari, qaychi xillari, 
simlar haqida ma’lumot beriladi.


160
– maxsus sim uch xil o‘lchamda kesib olinadi va birinchi simga 20 
dona, ikkinchi simga 15 dona rangli munchoqlar terib chiqiladi;
– simlar ketma-ket aylantirib o‘rab olinadi;
– tayyor bo‘lgan gul yaproqlarini bir-biriga simlar bilan o‘raladi va 
gul shakliga keltiriladi;
– xuddi shunday gul donalaridan 5 ta yasash kerak;
– gul shaklini o‘rtasiga sariq biserdan doira yasash va biriktirish 
kerak;
– gul barglarini yasash uchun simga yashil rangdagi biserlarni te-
rib olamiz;
– birinchi simga 40 dona, ikkinchi simga 35 dona, uchinchi simga 
30 dona, to‘rtinchi simga 25 dona, beshinchi simga 20, oltinchi simga 
5 dona biserlar terib chiqiladi;


161
– simga terilgan biserlarni aylantirib o‘rab barg shaklga keltiriladi;
– tayyor bo‘lgan gul va barglarni gul tanasiga biriktirib chiqiladi;
– gul tanasi tayyor bo‘lgandan so‘ng alebastr qorishmasi tayyor-
lanadi va tuvakka solinadi;
– bir qancha vaqt o‘tgandan so‘ng gul tanasi tuvakdagi albaster 
qorishmasiga o‘tkaziladi va qo‘shimcha bezak berish ishlari bajariladi. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin