165
Mavzu: Tabiiy urug‘lardan applikatsiya yasash texnologiyasi
Reja:
1. Urug‘ va ularning turlari haqida ma’lumot berish.
2. Urug‘larni darsga tayyorlash va ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar
berish.
3. Urug‘lardan applikatsiya yasash texnologiyasini tushuntirish.
4. Taqdimot va baholash.
Amaliy mashg‘ulot maqsadi: Urug‘ turlari va ularni ishlatish haqida
ma’lumotlar berish. Urug‘lardan applikatsiya yasash texnologiyasini
o‘rgatish.
Pedagogik vazifalar:
•
talabalarning urug‘lar va ularni ishlatish haqidagi bilimlarini
aniqlash;
•
urug‘lardan applikatsiya yasash
haqida tushunchalar berish;
•
urug‘lardan applikatsiya yasash texnologiyasini tushuntirish;
•
amaliy ish natijalarini ko‘radi, xato va kamchiliklarni ko‘rsatadi,
baholaydi.
Ta’lim usullari: Tushuntirish,
aqliy hujum, amaliy ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, turli urug‘lar,
chiz g‘ich, qaychi, qalam, yelim, qog‘oz.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida
savollar beriladi.
1. Qanday urug‘ turlarini bilasiz?
2. Qanday urug‘lardan mehnat darslarida foydalanish mumkin?
3. Urug‘larni yelimlashda qanday yelimdan foydalaniladi?
4. Urug‘larni qanday ishga tayyorlash mumkin?
Dostları ilə paylaş: