166
•
quritishda urug‘larning shakli buzilmasligi uchun qog‘oz orasiga
solib
quritiladi;
•
urug‘lar qurigandan so‘ng akvarel bo‘yoqlaridan foydalanib rang
berish mumkin.
Bolalar turli urug‘lardan applikatsiyalar qilishni yaxshi ko‘rishadi.
Ishtiyoq bilan bolalar turli ranglarda bo‘lgan urug‘larni terib
chi roy li
naqshlar hosil qilishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlar qo‘l barmoq lari-
ning mayda mushaklarini rivojlanishiga yordam beradi.
Bolalar turli
urug‘ larni, applikatsiyalar tayyorlashni yaxshi ko‘rishadi. Bunday
mash g‘ulotlarda yelimni urug‘ga emas, urug‘ yopishtiriladigan joyga
su ri ladi va ustidan urug‘lar qo‘yiladi va sochiq bilan bostiriladi.
Guruhlarga amaliy ish topshiriqlari
1. Urug‘lardan mevalar shaklini yasang.
2. Urug‘lardan hayvonlar shaklini yasang.
3. Urug‘lardan qushlar shaklini yasang.
4. Urug‘lardan gullar shaklini yasang.
5. Urug‘lardan ertak qahramonlari shaklini yasang.
Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish
Stol ustiga klyonka yoki dasturxon solinadi. O‘quvchining o‘ng
tomonida yelim uchun cho‘tka, qalam, chizg‘ich joylashtiriladi,
o‘quvchining chap tomonida applikatsiya uchun qog‘oz
yoki karton,
urug‘lar joylashtiriladi, o‘quvchining old
tomoniga yelim uchun
quticha, yelim va sochiq joylashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: