149
Mustaqil ish topshiriqlari
1. Turli bayram tabriknomalari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plang.
2. Applikatsiya usulida tabriknoma tayyorlang.
II BO‘LIM.
TURLI VA TABIIY
MATERIALLAR BILAN ISHLASH
Mavzu: O‘quvchilarni tejamkorlikka o‘rgatish.
(Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash)
Reja:
1. Ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish.
2. Chiqindi idishlari va ulardan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot
berish.
3. Chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi.
Amaliy mashg‘ulotning maqsadi:
Talabalarga
chiqindi idishlari
va uning turlari haqida ma’lumot berish. Chiqindi idishlaridan turli
buyumlar yasash texnologiyasini o‘rgatish.
O‘qituvchining vazifalari:
•
chiqindi idishlari va ulardan unumli foydalanishga o‘rgatish;
•
chiqindi materiallaridan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berish;
•
chiqindi idishlaridan turli buyumlar yasash texnologiyasi bilan
tanishtirish;
150
•
amaliy ish natijalarini ko‘radi, xato va kamchiliklarni ko‘rsatadi,
baholaydi.
Ta’lim usullari: Ko‘rgazmalilik, “Aqliy hujum”, mustaqil ish.
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, ko‘rgazmalar,
turli
chiqindi idishlari, qaychi, yelim, karton.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida
savollar beriladi.
1. Chiqindi materiallari bilan ishlash o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasida
qanday ahamiyatga ega?
2. Chiqindi idishlaridan nimalar yasash mumkin?
3. Tejamkorlik nima?
4. Qanday chiqindi materiallarini bilasiz?
5. Ish qurollaridan foydalanish qoidalari qanday?
Dostları ilə paylaş: