X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Kartondan «
O‘
yla
,
 izla
,
 top» ko‘rgazmali 
qurolini tayyorlash texnologiyasi
1. 30×44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi olinadi.
2. Karton qog‘ozining usti oq qog‘oz bilan muqovalanadi.
3. Karton qog‘ozining 5sm yuqori qismiga «O‘yla, izla, top» deb 
yozib qo‘yiladi.
4. Kartonning pastki qismiga 5 sm rangli kartondan turli shaklda 
cho‘ntakcha qirqib olinib yelimlab qo‘yiladi.
5. Kartonning qolgan qismini teng 9 bo‘lakka bo‘lib o‘lchab chizib 
olinadi.
6. Har bir bo‘lakning pastki qismiga sonlarni joylashtirish uchun 
rangli kartondan turli shakllarda cho‘ntakcha qirqib yelim lab chiqiladi.
7. Har bir bo‘lak rangli qog‘oz yordamida ajratib olinadi.
8. Rangli kartondan turli shakllarda shablon yasab 1-9 gacha bo‘-
lgan sonlarni yozib chiqamiz.
9. Har bir shablonni chetki qismi skochlanib chiqilsa ham bo‘ladi.
10. 1–9 gacha bo‘lgan sonlarni ko‘rgazmali qurolga shunday tar -
tibda joylashtirishimiz kerakki, har qanday yo‘l bilan qo‘shib hisob-
lan ganda 15 raqami chiqishi kerak.


146
Savol va topshiriqlar
1. Ko‘rgazmali qurollarga mustaqil ishlov bering.
2. Ko‘rgazmali qurollardan foydalanish texnologiyasini tushuntirib 
bering.
Mavzu: Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasi
Reja:
1. Tabriknomalar haqida ma’lumot berish.
2. Kvilling usulida shakllar yasash haqida ma’lumot berish.
3. Kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tu shun -
tirish.
Pedagogik vazifalar:
• 
talabalarning tabriknoma va ularning turlari haqidagi bilim larini 
aniqlash;
• 
kvilling usulida shakllar yasash haqida tushunchalar berish;
• 
kvilling usulida tabriknoma tayyorlash texnologiyasini tushun-
tirish.
Ta’lim usullari: Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish, amaliy ish 
taq dimoti.
Ta’lim vositalar: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, tabriknoma tur -
la ridan namunalar, kviling usulida shakllar yasash bosqichlari, rangli 
qo g‘oz, rangli karton, qaychi, chizg‘ich, qalam, yelim.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniq-
lash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida 
savol lar beriladi.
1. Tabriknomalarning qanday turlarini bilasiz?
2. Tabriknomalar nima maqsadda ishlatiladi?
3. Kvilling usulida qanday shakllar yasash mumkin?
4. Kvilling usulida tabriknoma yasashda qanday qog‘ozdan foyda-
laniladi?
5. Qanday bayramlarni bilasiz?

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin