ma’lumotlar keltiriladi. Natijalar to‘rtta jadvalga joylashtirilgan holda tasvirlanadi: • bo‘ylama armatura – kesim burchaklaridagi armatura yuzalari; • bo‘ylama armatura – kesim chekkalaridagi armatura yuzalari; • ko‘ndalang armatura–100 sm qadamli ko‘ndalang armatura yuzalari; • yoriq ochilish kengligi. Sterjen elementlaridagi simmetrik va nosimmetrik armaturalarni vizuallashtirish uchun, bo‘ylama armaturalar jadvalining ustida joylashgan mos tugmachalardan foydalanish kerak. Muloqot oynasida hisoblash natijalari faqat bitta element uchun ifodalangan. Кeyingi elementni tanlash uchun Элемент maydonida uning raqamini kiritish yoki sxemada ko‘rsatish kerak. Hisoblash natijalari jadvalida sterjen elementlarining bitta kesimi uchun ma’lumotlar ko‘rsatilgan. Кeyingi kesimning raqamini Сечения ro‘yxatidan olish mumkin. Ma’lumotlar yangilanadi. Muloqot oynasidagi Сочетания tugmasi bosilganida ekranda jamlamalar jadvallari yaratiladi. Jamlamalar jadvalining shakli chekli element turiga va statik hisob natijasida olingan zo‘riqish hamda kuchlanishlarga bog‘liq. Сортамент ( – piktogrammasi orqali chiqariladi) muloqot oynasida armaturalar sortamentidan sterjenlar sonini tanlash va armaturalar yuzalarini hisoblash imkoniyatlari ko‘rsatilgan. 5.107-rasm. Сортамент muloqot oynasi. 139 Tushuntirish xati Armaturalash modulining qisqacha ifodalanishi СТЕРЖЕНЬ moduli – qiyshiq nomarkaziy buralish orqali yuklanish. Modul sterjen kesimlarida quyidagilar mavjud bo‘lgan holatlarda armaturalarni tanlashni amalga oshiradi: ♦ N normal kuchlar (siqilish va cho‘zilish); ♦ Mk burovchi moment; ♦ My, Mz ikkita tekislikda eguvchi momentlar; ♦ Qz, Qy qirquvchi kuchlar.