Tanlangan armaturalarni minimizasiyalash maqsadida ikkita yo‘nalishda jamlamalarni kuchlanishlarning o‘sib borishi yo‘sinida tartibga solib chiqiladi. Кo‘ndalang armaturalarni tanlash qirquvchi kuchlar mustahkamlik shartidan, xuddi har bitta yo‘nalishdagi (Qx,Qy) zo‘riqishlar alohidaalohida inobatga olingan bir o‘qli kuchlanganlik holatidagi kabi bajariladi ([53] ga muvofiq). Algoritmining ishlash prinsipi quyidagicha. Oldin X1 va Y1 yo‘nalishlardagi ko‘ndalang armaturalash har bitta yo‘nalish uchun alohida aniqlanadi. Кo‘ndalang armaturaning ixtiyoriy qadamiga o‘tishni standartlash uchun ko‘ndalang armaturani 100 sm qadami bilan tanlash algoritmi joriy qilingan. Plastinalar uchun ko‘ndalang armaturani tanlash [54] ning 3.31–3.33 bandlariga muvofiq bajariladi. qsw -xomutlardagi uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan zo‘riqishlarni aniqlashda coi (qiyalangan 150 yoriqlarning elementning bo‘ylama o‘qiga proeksiyasi uzunligi) uchun qsw i lar topiladi. comax = 2 h0; comin = h0 (h0=H– plastina qalinligi). comax uchun qsw 0 aniqlangan. co ni comin gacha 10% dan kamaytirib borilib qsw i topiladi. Barcha olingan qsw i lardan max = qsw tanlab olinadi. qsw ni bilgan holda Asw topiladi. Armaturalash zonasining eni comax = 2 h0 dan comin = h0 gacha bo‘lgan oraliqda yotadi. S q Asw Rsw sw ⋅
= ; bu yerda, qsw – xomutlardagi qiyalangan kesim chegarasida elementning uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan zo‘riqishlar; Rsw – cho‘zilishga ishlaydigan ko‘ndalang armaturaning hisobiy qarshiligi; Asw – bitta tekislikdagi xomut kesim yuzasi;