ォКesim buralishga ishlashdagi tekshirishdan o‘tmadi. Ehtiyot koeffitsiyenti [k]サ. Agar burovchi momentni qabul qilish ta’minlansa, unda burovchi momentni qabul qilishi kerak bo‘lgan armatura normal kuchlarga va eguvchi momentlarga tekshirilganda istisno qilinadi. Кeyin ko‘ndalang armatura normal kuchlarga va eguvchi momentlarga tekshiriladi. Agar ko‘ndalang armatura normal kuchlarga va eguvchi momentlarni qabul qilishga etarli bo‘lmasa, u holda quyidagi xabar chiqadi: ォКesim ko‘ndalang armaturani ko‘ndalang kuchlar ta’siriga tekshirish shartidan o‘tmadiサ. Кeyin ko‘ndalang armaturani ikkita tekisliklarda normal kuchlar va eguvchi momentlarga tekshirish bajariladi. Agar kesim tekshiruvdan o‘tsa, u holda, zo‘riqishlar 5% qadami bilan kesimning ko‘taruvchanlik qobiliyatidan oshib ketguniga qadar orttirib boriladi. Buning natijasida quyidagi xabar chiqadi: ォКesim o‘tadi. Ehtiyot koeffitsiyenti [k]サ, bu erda k – iteratsiyalarning oxirgidan oldingi qadamidagi tashqi zo‘riqishlarga xos bo‘lgan koeffitsiyent. Agar kesim tekshiruvdan o‘tmasa, u holda, zo‘riqishlar 5% qadami bilan kesimning etarli bo‘lganicha kamaytirib boriladi. Buning natijasida quyidagi xabar chiqadi: ォКesim o‘tamadi. Ehtiyot koeffitsiyenti [k]サ, bu erda k – iteratsiyalarning oxirgi qadamidagi tashqi zo‘riqishlarga xos bo‘lgan koeffitsiyent. 148 Plastinasimon elementlarni armaturalash Bu algoritm quyidagi elementlardagi armaturalashni aniqlashga mo‘ljallangan: • Qobiq elementlari – eguvchi va burovchi momentlar, o‘q va qirquvchi kuchlar ta’sirlariga ishlovchi yupqa devorli temirbeton elementlar; • plita elementlari – eguvchi va burovchi momentlarga, xuddi