shunday qirquvchi kuchlar ta’sirida bo‘ladigan yassi temirbeton elementlar; • balka-devor elementlari – yassi kuchlanganlik holatida bo‘lgan temirbeton elementlar. Armaturalarni tanlash (alohida ko‘ndalang va bo‘ylama) quyidagi zo‘riqish va kuchlanishlar asosida bajariladi (5.115-rasm): Nx , Ny , Txy – balka-devorlar uchun; Mx , My , Mxy , Qx , Qy – plitalar uchun; Nx , Ny , Txy , Mx , My , Mxy , Qx , Qy – qobiqlar uchun. 5.115-rasm. a – balka-devor elementlarida ta’sir etuvchi zo‘riqishlar, bosh normal zo‘riqishlar; b – plita elementlarida ta’sir etuvchi zo‘riqishlar; c – qobiq elementlarida ta’sir etuvchi zo‘riqishlar, bosh normal zo‘riqishlar. Planstinalarda bo‘ylama armatura alohida-alohida mustahkamlik va yoriqbardoshlik bo‘yicha tanlanadi. 11.3-rasmda bo‘ylama armaturalarning joylashish sxemasi ko‘rsatilgan. 149 5.116- rasm. Bo‘ylama armaturalarning joylashish sxemasi (a– balka-devor, b,c – plita va qobiqlar). Bo‘ylama armaturalarning tanlanishi, X1 va Y1 yo‘nalishlarida mustahkamlik shartlari [16] va normal yoriqlar ochilishi kengligi chegarasi talablarini [53] bo‘yicha qanoatlantirgan holda jami armatura sarfining eng oz miqdorini ta’minlash orqali amalga oshiriladi. Yoriqlar ochilishi kengligi [53] ni hisobga olgan holda [16] ga muvofiq aniqlanadi. Plastinasimon elementlarda armaturalarni tanlash armaturaning ortogonal yo‘nalish bo‘yicha bajaradigan ishini hisobga olgan holda bajariladi. LIRA PК ni yillar davomida qo‘llash jarayonida tanlangan armatura kattaliklari HZJ, HYuJ yoki alohida yuklamalardan olingan zo‘riqishlarni muhokama qilib chiqish tartibiga bog‘liqligi aniqlandi.