oshiriladi. Umumiy holatda natijalar ikkita qatorda tasvirlanadi: • birinchi va ikkinchi chegaraviy holat guruhi bo‘yicha tanlangan to‘liq armatura; • birinchi chegaraviy holat guruhi bo‘yicha tanlangan armatura. Armaturalarni tanlash natijasida quyidagilar chiqariladi: • ko‘ndalang armatura – bir birlik uzunlik o‘lchovidagi (pogonnыy metr)ko‘ndalang armaturaning yuzasi (sm2); • AS1 (ASx-n) – X yo‘nalishi bo‘yicha pastki armatura yuzasi (o‘rtadagi balka-devor uchun); • AS2 (ASy-n) - X yo‘nalishi bo‘yicha yuqoridagi armatura yuzasi; • AS3 (ASx-v) – X yo‘nalishi bo‘yicha pastdagi armatura yuzasi (o‘rtadagi balka-devor uchun); • AS4 (ASy-v) – Y yo‘nalishi bo‘yicha yuqoridagi armatura yuzasi; • ASW1 – X yo‘nalishi bo‘yicha ko‘ndalang armatura; • ASW2 - Y yo‘nalishi bo‘yicha ko‘ndalang armatura; • Yoriq ochish кengligi – qisqa va uzoq muddatli yoriqning kengayish kengligi (mm). 5.20. Plastina elementlarida bajarilgan armaturalashni tekshirish Armaturalashni tekshirish LAVR sistemasida amalga oshirilda. Oldin kesimda bo‘ylama va ko‘ndalang armaturani kiritish yoki tahrirlash bajariladi. Bo‘ylama armaturani kiritish yoki tahrirlash tartibi quyidagicha: • bo‘ylama armaturaning turi tanlab olinadi (pastki X1, Y1 yoki yuqoridagi X1, Y1); • armatura sterjenlarini har bir 1 p. m. da joylashtirib chiqishda ro‘yxatdan diametri tanlanadi va 1 p.m. ga sterjenlarning soni beriladi (armatura yuzasi hisoblab chiqiladi); • agar armaturani joylashtirib chiqish talab qilinmasa, unda armaturaning yuzasi har bir p. m. ga sm2 da kiritiladi. 152 Кo‘ndalang armaturani kiritish yoki tahrirlash tartibi