armaturalanishini tayinlash tavsiya qilinadi, kolonnalar uchun esa, simmetrik, chunki kolonnalarda eguvchi momentlar, asosiy ko‘rinishda, ishorasi o‘zgaruvchan ta’sirlar orqali ifodalangan. Кolonnalarning nosimmetrik armaturalanishi sababini muhim bo‘lgan mahalliy gorizontal yuklar (masalan, grunt bosimi) yoki katta miqdordagi kran yuklari mavjudligi tufayli ekanini tushuntirish mumkin. Bunda algoritm, eguvchi momentlar kattaligini tahlil qilib, kesimning Y1 gorizontal yoki Z1 vertikal o‘qiga nisbatan nosimmetrik armaturalash turini avtomatik ravishda tanlaydi. Z o‘qiga nisbatan nosimmetrik armaturalash faqat to‘g‘ri burchakli va qutisimon kesimlar uchun amalga oshirilgan. Xoch (S9), burchak (S10), devor bilan aralash tavra (S11, S12) turlaridagi kesimlarda doim nosimmetrik armaturalash chiqariladi. 5.17. Temirbeton rama rigelini loyihalash Balka chizmasini ekranga chiqarish Uzluksiz balkani loyihalash jarayonini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun quyidagilarni bajaramiz: Результаты→Конструирование балки menyu bandini bajaring ( ). Кursor bilan № 7 elementni ko‘rsating (БАЛКА moduli yuklanadi). Расчет menyusi yordamida (uskunalar panelidagi tugma ) balkaning butun hisobini bajaring. Результаты→Эпюра материалов ( ) menyu bandidan foydalangan xolda materiallar epyurasini chiqaring (5.111-rasm). Balka chizmasini chiqarish uchun esa Результаты→Чертеж menyu bandini bajaring ( ). Balkaning chizmasi hosil bo‘ladi (5.112- rasm). 143 5.111-rasm. BALКA sistemasida balkani hisobiy armaturalash. 5.18. Temirbeton rama kolonnalarini loyihalash Кolonna chizmasini chaqirish Результаты→Конструирование колонны menyu bandini