chapdagi yuqori burchagida); 141 • AU4 –yuqori bo‘ylama burchak armatura yuzasi (kesim yuzasining o‘ngdagi yuqoridagi burchagida); • AS1 – pastki bo‘ylama armatura yuzasi; • AS2 – yuqorigi bo‘ylama armatura yuzasi; • AS3 – yon tomondagi bo‘ylama armatura yuzasi (kesimning chap chetida); • AS4 – yon tomondagi bo‘ylama armatura yuzasi (kesimning o‘ng chetida). Plastinalar uchun (sm2/pm): • AS1 – X yo‘nalishi bo‘ylab pastki armatura yuzasi; • AS2 – X yo‘nalishi bo‘ylab yuqorigi armatura yuzasi; • AS3 – Y yo‘nalishi bo‘ylab pastki armatura yuzasi; • AS4 – Y yo‘nalishi bo‘ylab yuqorigi armatura yuzasi. √ ПОПЕРЕЧНАЯ АРМАТУРА (ko‘ndalang armatura) (xomutlarning qadami 100 sm bo‘lganda tanlangan ko‘ndalang armatura yuzalari (sm2)). Sterjenlar uchun (sm2): • ASW1 – vertikal ko‘ndalang armatura; • ASW2 – gorizontal ko‘ndalang armatura. Plastinalar uchun (sm2/pm): • ASW1 – X yo‘nalishi bo‘ylab ko‘ndalang armatura; • ASW2 – Y yo‘nalishi bo‘ylab ko‘ndalang armatura. Xuddi shunday qisqa va uzoq muddatli yoriqning kengayish kengligi (mm) ham chiqariladi. Burchak sterjenlari ustunligi orqali armaturalarni tanlashda natijalar jadvalida burchak sterjenlari yuzalari AU1, AU2, AU3, AU4 ustunlarida, AS1, AS2, AS3, AS4 ustunlarida esa, burchak sterjenlari yuzalaridan tashqari, barcha armaturalar yuzalari keltiriladi. 5.108-rasm. 142 Agar hisobiy yuzalarning kesim tomonlari bo‘ylab tekis taqsimlanishi orqali taqsimlangan armaturalar algoritmi qo‘llanilgan bo‘lsa, u holda AU1, AU2, AU3, AU4 burchak armatura AS1, AS2 kattaliklar tarkibiga kiradi. Balkalar uchun kesimning gorizontal o‘qlarga nisbatan nosimmetrik