Surunkali bronxit
Birlamchi surunkali bronxit - kattalardagi surunkali bronxitga oxshash,
bolalarda juda kam uchraydi. Bu tashqis mukovissidoz, siliar diskineziya,
surunkali pnevmoniya tashqislarini iste'sno qilingandan so′ng qo’yiladi.
Ikkilamchi surunkali bronxit - bronx-o’pka tizimi kasalliklarining yuqorida
korsatilgan belgilari aniqlansa qo’yiladi.
Bolalarda surunkali bronxitlarning tashqisot mezonlari:
1)
Balhamli yotal;
2)
3 oy va undan ko’p vaqt davomida doimiy xirillashlar;
3)
Yilida uch va undan ko’p marta xurujlar takrorlanishi;
4)
Bronx devorida morfologik belgilarning aniqlanishi.
Klinikasi. Bronxoobstruktiv sindrom xarakterlidir. Tashqi nafas tekshirilganda
ko’krak ichi bosimi ortganligi, o′pkaning qoldiq hajmi oshganligi, bronxial
o′tkazuvchanlik buzilganligi aniqlanadi.qaytalanuvchi yo′tal, auskultasiyada
zararlangan o’choq ustida sust nafas, mayda pufakchali nam xirillashlar eshitiladi.
Ular doimiy eshitilishi mumkin, bu esa pnevmoniya bilan tashqis o’tkazishda
qiyinchilik tug’diradi. Nafas yetishmovchilik belgilari total zararlanishda
kuzatiladi.
147
PNEVMONIYa
Pnevmoniya (yunon tilidan rneumon - "o’pka"; sin: o’pka yalliglanishi)-
o’pkaning respirator bo’limlaridagi yalliglanish jarayoni bo’lib, alohida kasallik
yo’ki biror bir kasallikning asorati sifatida kuzatiladi. Pnevmoniya bilan
kasallanish bir yoshgacha bo’lgan bolalar orasida 1000 bolaga 10-15 tani, 1-3
yoshgacha bo’lganlarda 1000 bolaga 15 - 20 ta va 5 yoshdan song 1000 bolaga 5-
6 ta to′g′ri keladi.
Tasnifi. Rossiya Federasiyasi Sog’liqni Saqlash vazirligining 1995 yilda
o′tkazilgan bolalar pulmonologlari va irsiy determinallangan o’pka
kasalliklarining Muammoli komissiyasi tomonidan bolalardagi pnevmoniyaning
ishchi tasnifi kiritilgan.
Bu tasnifga asosan pnevmoniyalar quyidagi turlarga bo’linadi.
Kelib chiqishi bo’yicha:
Uy pnevmoniyasi
Kasalxona pnevmoniyasi
Perinatal
Immunitet tanqisligidagi pnevmoniya
Morfologik korinishi bo’yicha:
O’choqli
Segmentar
O′choqlar qosqilishi
Krupoz
Interstisial
Kechishi bo’yicha:
O’tkir
Cho′zilgan
Asoratlar bo’lishigaa qarab:
Asoratlanmagan
Asoratlangan (toksikoz, infeksion - toksik karaxtlik, sinpnevmonik plevrit,
metapnevmonik plevrit, kattalar turidagi respirator distress sindrom, o’pka
destruksiyasi, DVS-sindrom).
Kasalxona ichi pnevmoniyasi, shifoxonada bo’lganda 48 soatda yoki
shifoxonadan chiqqandan keyin 48 soat ichida rivojlanadi. Kasalxona ichi
pnevmoniyasi (nozokomial) erta (birinchi 4 sutkada sun'iy o’pka ventilyasiyasidan
song) va kechki (sun'iy o’pka ventilyasiyasidan song 4 sutkadan ortiq)
ventilyasion pnevmoniyalarga bo’linadi.Pnevmoniyaning choziluvchan kechishi
pnevmonik jarayonning kasallik boshlanishidan 6 haftadan 8 haftagacha
yogolmasligi kuzatilganda qo’yiladi. Pnevmoniyani og’irlik darajasi (engil, o’rta
og’ir, og’ir) toksikoz rivojlanishi, nafas yetishmovchiligi va yurak qon tomir
o’zgarishlariga qarab belgilanadi. Bu esa o′z navbatida qo’zg’atuvchi turi,
infeksiya ko’pligi va makroorganizm holatigagina (reaktivlikga) bog’liq bo’lmay,
balki o’z vaqtidagi va rasional terapiyaga ham bog’liq.
Etiologiyasi. Uy sharoitida kasallangan 6 oydan 5 yoshgacha bo’lgan
bolalarda pnevmoniyaning eng ko’p tarqalgan qo’zg’atuvchisi - pnevmokokk
148
(Streptococcus pneumonia) va gemofil tayoqchasi - Haemophylus influenzae b
hisoblanadi. 60-70-yillarda bolalarda pnevmoniyaning birinchi orinda turadigan
sabablaridan biri tilla rang stafilokokk hisoblangan.
Epidemik mavsumda (avgust-noyabr) erta yoshdagi, maktabgacha va
maktab yoshidagi bolalarda Mycoplasma pneumoniae (miko’plazmalar) ahamiyati
yuqori
bo´ladi. O’smir yoshda Chlamidia pneumoniae (xlamidiyali pnevmoniya)
kasallikni sababchi omili bo’lishi extimolini unutmaslik kerak.
Viruslar asosan bir yoshgacha bo’lgan bolalarda virusli pnevmoniya
rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Ko’p qusadigan, nafas yo′llari aspirasiyasi
bor, mukovissidoz bilan og’rigan zaiflashgan bolalarda pnevmoniyaning
sababchisi ichak tayogchasi, tilla rang stafilokokk, ba'zida Moraxella
(Branchamella) catharalis bo’ladi. Legionellalar bilan chaqirilgan pnevmoniya
sababi L. Rneumophila (legionerlar kasalligi sababchisii) bo’lib, bolalarda kam
uchraydi. homila ichi infisirlanishida ko’pincha xlamidiyali pnevmoniya
tashqislanadi. Kam ho’llarda muddatidan oldin tug’ilgan bolalarda pnevmosistozli
pnevmoniya (qo’zg’atuvchisi- pnevmosistlar); og’ir darajali chala tug’ilgan
bolalarda ureaplazma va Mycoplasma hominis chaqirgan pnevmoniyalar
aniqlangan.
Immunodefisitning gumoral shaklida (birlamchi va immunoglobulinlar
yetishmasligi bilan kechadigan) pnevmoniyani soglom bolalardagidek o’pka
florasi chaqiradi, lekin kasallik og’ir kechadi va qaytalanuvchi bo´ladi.
Immunodefisitning hujayraviy shaklida ko’pincha pnevmosistli pnevmoniya
(asosan VICh - infeksiyada), kam qo’llarda - sitomegaloviruslar chaqirgan
pnevmoniya kuzatiladi.
Alohida katta guruxni boshqa kasallik tufayli kasalxonaga yo’tkazilgan
bolalarda rivojlanuvchi kasalxonaichi pnevmoniyasi tashkil qiladi. Bunday
pnevmoniya antibiotiklarga yuqori rezistent bo’lgan "shifoxona" shtammlari
(stafilokokk, klebsiella, psevdomonas – ko’k yiringli tayo’qcha), yo’ki bemorning
autoflorasi bilan chaqiriladi. Bu pnevmoniya rivojlanishiga oddiy o’pka florasi
buzilishiga olib keluvchi antibakterial davo imkon yaratadi. Buning natijasida
nafas yo′llarining pastki qismlari bola uchun yot mikroorganizmlar bilan tolishiga
yol ochib beriladi. Kasalxona ichi pnevmoniyasi gospital deb ham yuritiladi.
Patogenezi. Kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar o’pkaga ko’pincha
aerogen yo′l orqali tushadi. Mikroblarning bronxlar shilliq qavatida joylanib
olishiga bola immun mexanizmining zaiflashuviga olib keluvchi o’tkir respirator
virusli infeksiyalar sababchi bo´ladi
.
Sepsisda mikrob tanachalarining qon orqali gematogen yo’l bilan o’pkaga
o’tishi kuzatiladi. O’pka toqimasidan infeksiya limfogen yo’l orqali yaqin
organlarga va plevraga tarqaladi. Infisirlanganda mayda bronxlarda yalliglanish
rivojlanadi. Bu ventilyasiyaning buzilishiga va alveolalarga (kislorod va karbonat
angidrid almashinuvi kuzatiladi) havo kirishini chegaralanishiga olib keladi.
Atelektaz (alveolalar yopishishi) va o’pka to’qimasi yalliglanishi kuzatiladi. Gaz
almashinuvining buzilishi natijasida barcha organlarda gipoksiya yuzaga keladi.
149
Yalliglanishning asoratlanmagan kechishida o’zgarishlarning toliq ortga
qaytishi 3 hafta davomida kuzatiladi. O’pkaning yallig’langan sohasidagi atelektaz
yo’ki yiringli jarayonning sorilishi uchun 4-6 hafta kerak bo´ladi. Plevraning
zararlanishidan keyingi sog’ayish 2-3 oygacha davom etadi.
Infeksiyaning respirator bronxiolalarga yaqin joylarda yalliglanish reaksiyasi
bilan chegaralanishida o’choqli va o’choqlar qo’sqilishi turidagi pnevmoniya
rivojlanadi. Bakteriyalar va shish suyuqligining alveolalardan bir segment
doirasida tarqalishi va segmentar bronxlarning infisirlangan shilliq bilan tiqilib
qolishi natijasida segmentar pnevmoniya paydo bo’ladi, infisirlangan shish
suyuqligining o’pkaning bir bolagiga tarqalganda esa bo’lakli (krupoz)
pnevmoniya yuzaga keladi.
Bolalarda pnevmoniyaning xarakterli belgisi bo’lib patologik jarayonga
regionar limfa tugunlarining (bronxopulmonal, bifurkasion, paratraxeal) jalb
qilinishi hisoblanadi, bu ob'ektiv tekshirganda o’pka ildizining kengayishi bilan
namoyon bo´ladi.
Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda pnevmoniya ong o’pkaning II segmentida
yo’ki ikkala tomonning IV-VI va IX-X segmntlarida joylashadi. Katta yoshdagi
bolalarda o’ng tomonlama II, VI, X segmentlar, chap tomonlama VI, VIII, IX, X
segmentlar zararlanadi.
Pnevmoniyada vujudga keluvchi kislorod yetishmovchiligi MNSning
faoliyatiga ta'sir qiladi. Bolalarda kasallik avj olgan davrda asab tizimining
vegetativ qismida simpatik qismning ustunligi bilan xarakterlanuvchi disfunksiya
vujudga keladi. Toksikozdan chiqish davrida esa xolinergik reaksiya ustunlik
qiladi.
Pnevmoniyada bemordagi yurak qon-tomir tomonidan kuzatiluvchi
o’zgarishlar MNSning buzilishi, xamda nafas yetishmovchiligi, o’pkaning
tolaqonligi, toksikoz bilan bog’liq. Bolalarda pnevmoniya kasalligida boshqa
tizimlarda ham funksional o’zgarishlar kelib chiqadi: hazm qilish tizimida
(fermentlar faolligi pasayishi, oshqozon-ichak trakti motorikasi buzilishi va erta
yoshdagi bolalarda qorin dam bo’lishiga, disbakterioz, parenteral dispepsiya);
endokrin tizimida (katexolaminlar, glyukokortikoidlar sekresiyasi pasayishi);
siydik ayirish tizimida (buyrakning filtrasion, reabsorbsion va sekretor funksiyasi
buzilishi, jigarning mochevina hosil hiluvchi va dezaminirlovchi funksiyasining
pasayishi); immunologik reaktivlikning buzilishi kuzatiladi.
O’choqli pnevmoniya
Q’choqli pnevmoniya - o’pkaning eng ko’p uchraydigan yalliglanish turi
bo’lib, erta yoshdagi bolalarda, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda turli
hil kechadi.
Klinikasi: Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda o’choqli pnevmoniya
klinikasi "o’pka" (respirator) shikoyatlari, intoksikasiya belgilari, lokal fizikal
o’zgarish belgilaridan iborat. Kasallik 1-chi va 2-chi haftani oxirida xarakterli
belgilarning sekin-asta rivojlanishi bilan asta-sekin boshlanishi, yoki birinchi uch
Kunidayo’q klinikasi yaqqol namoyon bo’lgan to’satdan boshlanishi ham
mumkin.
150
Birinchi
ko’rinishida
O’RI
bilan
kasallangan
bolada,
qisqa
muddat
ahvoliniyaxshilanishi yo’ki intoksikasiya belgilari kuchayishi mumkin: tana
qarorati ko’tarilishi, bosh og’rishi, o’zini yomon his qilish va ishtahani pasayishi,
lanjlik va atrof-muhitga bo’lgan qiziqishni pasayishi, bezovtalik, uyqu buzilishi, til
karash bilan qoplangan, taxikardiya, noadekvat bezgak darajasi kuzatiladi.
"O’pka" shikoyatlari yuqori nafas yo’llarining kamayib boruvchi katari
fonida kuchayadi, nam yo’tal, hansirash, ba'zida ko’krak qafasining yon tomonida
ogriq paydo bo´ladi. Shovqinli ekspirator hansirash pnevmoniya uchun xos emas.
Shilliq qavatlari rangi o’zgarmagan holda teri qoplamlari oqimtir bo´ladi, ba'zida
perioral sianoz kuzatiladi, nafas olishda yo’rdamchi ko’krak mushaklari ishtirok
etadi: burun qanotlari kerikkan, qovurgalararo tortilish, o’mrov usti chuqurchasi
tortilishi xosdir.
O’pka ustida lokal fizikal o’zgarishlar aniqlanadi: zararlangan o’choq ustida
perkutor tovushning hisqarishi, shu yerda sustlashgan yo’ki dag’al nafas,
krepitasiyalovchi va jarangli doimiy mayda pufakli xirillashlar aniqlanadi.
Pnevmoniya uchun lokal simptomlarni doimiyligi xarakterlidir.
Klinik qon tahlilida leykositoz, leykoformulaning chapga siljishi, EChT
ortishi kuzatiladi. Rentgenologik tekshirishda bitta o’pkada o’choqli soyalar
aniqlanadi. Erta yoshdagi bolalarda o’choqli pnevmoniyaning kechishi birmuncha
boshqacha bo’ladi. Birinchi o’rinda nafas yetishmovchiligi paydo bo´ladi, lokal,
fizikal o’zgarishlar esa keyinroq aniqlanadi, jarayon ba'zida ikki tomonlama
xarakterga ega bo´ladi.
Erta yoshdagi bolalarda kasallikning boshlanish davrida kataral belgilar
aniqlanadi: tumov, aksa urish, quruq yotal, subfebril yoki febril tana qarorati,
umumiy ahvolining o’zgarishi kuzatiladi. Ko’rik vaqtida bola lanj, adinamiya,
mushaklar gipotoniyasi, hansirash, nafas olishda yordamchi mushaklarning
ishtirok etishi, teri rangi oqarishi, peroral va tarqalgan sianoz aniqlanadi.
Hansirashdan tashqari, nafas aritmiyasi, qisqa vaqtli apnoe kuzatilishi mumkin.
Ob'ektiv tekshirganda o’pka shishi belgilari: perkutor tovushning qutichasimonligi,
yurak nisbiy chegarasi torayishi kuzatiladi.
Pnevmoniyaning boshlanish davrida sust nafas eshitiladi. Mayda kalibrli
jarangli lokal va krepitasiyalovchi xirillashlar pnevmoniyaning birinchi kunlarida
yarim bolalarda eshitiladi, keyinchalik ko’pgina bemorlarda aniqlanadi. O’pka
ustida tarqoq xirillashlar eshitilishi bronxit, bronxiolit belgilariga kiradi. Bronxiolit
bir haftadan ortiq davom etsa pnevmoniya bilan asoratlanadi.
Erta yoshdagi bolalarda o’choqli pnevmoniya o’pka shishi, o’pka ildizi
kengayishi va o’pka suratining kuchayishi bilan xarakterlanadi. Soyalar ba'zida
qo’sqilib ketadi. Rentgenda o’choqli qoshilgan soyalar abssess rivojlanishiga
moyillik tug’diradi.
Oqibati. Yaxshi tugaydi, antibiotiklarga bog’liq. Klinik va rentgenologik
sohayish 3-4 haftadan so’ng yuz beradi.
Segmentar pnevmoniya
O’choqli pnevmoniya bir yoki bir necha segmentni egallasa segmentar
pnevmoniya deb ataladi.
Segmentar pnevmoniyaning uchta varianti aniqlangan.
151
Birinchi variantda kasallikning kechishi yaxshi tugaydi. Ko’pincha bu
variant tashqis xam qilinmaydi, fokal o’zgarishlar bir necha kun saqlanadi, nafas
etishmovchiligi, yo’tal, intoksikasiya bo’lmasligi ham mumkin. Tashqis
rentgenologik tekshiruv ootkazilganda qo′oyiladi. Segmentar pnevmoniyaning
ikkinchi variantida krupoz pnevmoniya klinik ko′rinishiga o′xshash bo´ladi,
tosatdan boshlanadi, bezgak va kasallikning siklik kechishi kuzatiladi. Segmentar
pnevmoniya belgilaridan biri qorinda, ko’krak qafasida og’riq hisoblanadi.
Uchinchi variantida segmentar soya birdan paydo bo’lmaydi, balki
kasallikning birinchi va ikkinchi haftalarida paydo bo´ladi.
Klinik manzarasi: Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda ochoqli
pnevmoniya klinikasiga oxshash bo´ladi, auskultasiyada sust vezikulyar yo’ki
dagal
nafas eshitiladi, bronxofoniya kuchaygan, xirillashlar eshitilmaydi. O’pka
to′qimasi qattiqlashuvi to’g’risida ma'lumot beruvchi o’pka tovushi hisqarishi aniq
emas. Plevraning zararlanishi va atelektaz ko’p kuzatiladi. Abssess, destruksiya,
cho’ziluvchan kechishiga moyillik yuqori bo’ladi.
Krupoz pnevmoniya
Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda krupoz pnevmoniyaning tipik
ko’rinishi kuzatiladi, kam qo’llarda 1-3 yoshda va bir yoshgacha bo’lgan bolalarda
uchraydi. Krupoz pnevmoniyaning patogenezida allergik reaktivlik katta
axamiyatga ega bo’lib, u giperergik reaksiyalarga moyil bo’lgan pnevmokokklarga
sensibillashgan organizmda vujudga keladi. Ko’krak yoshidagi bolalarda krupoz
pnevmoniyaning kam uchrashi bu yoshda pnevmokokklarga sensibilizasiyaning
bo’lmasligi bilan tushuntiriladi.
Bolalarda krupoz pnevmoniyada o’pkaning barcha bolaklari ham
zararlanmaydi, yalliglanish ochoqlari bir nechta segmentlarda bo’lishiga mumkin.
Bolalarda krupoz pnevmoniya ong o’pkaning yuqori va pastki qismida joylashadi.
Klinik ko’rinishi: Kasallik to’satdan ORIsiz, tana qaroratining 39-40?S
gacha ko’tarilishi bilan boshlanadi, bosh og’rishi, umumiy holatning birdan
o’zgarishi, yo’tal "zangsimon" balhamli bo´ladi, ko’krak qafasida og’riq.
Prodromal davri bir necha soatgacha davom etadi. Ko’pgina bemorlar kasallikning
boshlanish davrida o’ng yo’nbosh sohasida va kindik atrofidagi og’riqdan shikoyat
qiladi. Pnevmoniyani bu turdagi kechishi ong o’pkaning pastki bo’lagidagi
zararlanishda kuzatiladi va vissero-visseral refleks bilan bog’liq. Bolada hansirash,
tomir urishi kuchayishi, tana harorati ko’tarilishi, ko’krak qafasining bir tomoni
nafas olishda orqada qolishi kuzatiladi, qorin ekskursiyasi erkin bo’ladi, qorin
devori tarangligi bo’lmaydi, bu esa shifokorga to’g’ri yol ko’rsatadi.
Ba'zi maktabgacha bolalarda kasallikning boshlanishida yuqori tana
harorati, bosh og’rishi, qusishdan tashqari, alahlash, ensa mushaklari tarangligi,
klonik talvasalar kuzatiladi, bu belgilar meningitni klinik ko′rinishini eslatadi.
Pnevmoniyaning bu kechishi patologik jarayonni o′ng o’pkaning yuqori bo’lagida
joylashganida kuzatiladi.
Bemor ko’rilganda, bosh miya tormozlanishi, teri rangining oqarishi,
yonoqlarning qizarishi, ko’zlarining yaltiroqligi, lablari quruq, lablarida va burun
152
qanotlarida gerpes, hansirash, nafas olishda yo’rdamchi mushaklarning ishtirok
etishi kuzatiladi. Pnevmoniyaning boshlanish davrida omrov usti chuqurchasi
cho′kkanga o′xshaydi, yelka oldinga va yon tomonga chiqqan bo´ladi.
Tekshirib ko’rilganda ko’krak qafasining bir tomoni nafas olishda orqada
qoladi va o’pkaning pastki qirralari harakati chegaralangan bo´ladi, ovoz titrashi
pasaygan, bronxofoniya kuchaygan, terisi kerishgan, zararlangan o’choq ustida
qisqargan timpanik tovush aniqlanadi. Kasallikning birinchi soatlarida nafas olish
o’zgaradi, qisqa va og’riqli yo′tal, shilamshiq, oynasimon balham ajralishi bilan
xarakterlanadi. Bola chuqur nafas olganda yon tomonda og’riq sezadi. Keyinchalik
tana qarorati yuqori darajada ushlanadi, yo′tal kuchayadi, azobli va ogriqli bo´ladi,
hansirash kuchayadi, sianoz, yuz va lablar shishi aniqlanadi. 2-3 kundan keyin
fizikal tekshirilganda bronxial nafas, perkutor tovush hisqarishi, doimiy bo’lmagan
mayin krepitasiyalovchi xirillashlar aniqlanadi. Ba'zida xirillashlar keyinroq
eshitiladi.
Krupoz pnevmoniya avj olgan davrida o’pkadan tashqaridagi o’zgarishlar
ham kuzatiladi: yurak qon-tomir tizimi (yurak tonlari bog’iqligi, yurak nisbiy
chegarasi kengaygan, mayin sistolik shovqin, tomir tonusi pasayishi -
gipotenziya); asab tizimi (uyqusizlik, bosh og’rishi, pay va teri reflekslari
o’zgarishi); jigarda (kattalashish va og’riq), laborator tekshirishda -
zararsizlantirish funksiyasi buzilishi); buyrakda (unchalik katta bo’lmagan
albuminuriya, ba'zida eritrosituriya va silinduriya).Klinik qon tahlilida
leykositoz, neytrofilez, formulaning chapga siljishi, EChT ortishi kuzatiladi.
Rentgenda bolakli o’choqli soyalar aniqlanadi. Kechishi. Bolalarda kasallikning
davomiyligi o’tkazilgan terapiya va organizmning reaktivligiga bog’liq. Bemor
holati asta-sekin yaxshilanadi, yotal nam bola boshlaydi, ammo kattalarga xos
bo’lgan "zangsimon" balhamli yotal bolalarda kam uchraydi. Kasallikning boshida
eshitilgan krepitasiyalovchi xirillashlar (crepitatio indux) yo’qoladii, keyin
pnevmoniyani tuzalish davrida (crepitatio redux) eshitiladi. Krupoz pnevmoniya
atipik kechishi mumkin, yaqqol rivojlanmagan asosiy klinik simptomlari yoki
jarayonni ikki tomonlama rivojlanishi bilan kechadi. Kattalarda va bolalarda
so’nggi yillarda antibiotiklar bilan erta davolash natijasida klassik krupoz
pnevmoniya kam uchramoqda.
Oqibati. Krupoz pnevmoniyada erta boshlangan davoda oqibati yaxshi tugaydi.
Interstisial pnevmoniya
1946 yil R.Lenk o’tkir pnevmoniyalar guruhidan quyidagi rentgenologik
ko′rinishga ega bo’lgan pnevmoniyani ajratdi:
1. Peribronxial infiltrasiya natijasida o’pka suratining kengaygan ildizdan
urchuqsimon kuchayishi
2. Zararlangan tomonda o’pka surati to’rsimon, katakchalardan iborat bo´ladi. Bu
ikki o’choqli o’zgarishlar fonida, ochoqli atelektaz
rivojlanishi mumkin, shuningdek mayda dog’lar paydo bo´ladi.
3. Bronxlarning torayish belgilari, aniq chegaralangan soyalar aniqlanadi.
153
1842 yilda K.Rokitanskiy ushbu pnevmoniyani ta'riflab bergach, R.Lenk bu
pnevmoniyani interstisial deb atadi. V.K.Tatochenko fikriga kora interstisial
pnevmoniya bolalarda kam uchraydi, o’tkir pnevmoniyaning 1% ni tashkil etadi.
Etiologiyasi.
Kasallikning
chaqiruvchilari
viruslar,
pnevmosistlar,
xlamidiyalar, miko’plazmalar, patogen zamburuglar hisoblanadi.
Patogenezi. Interstisial pnevmoniya bilan kasallangan bemorlarda o’pka
zararlanishining quyidagi bosqichlari aniqlanadi:
1)
arteriolalarning tarqalgan spazmi - I bosqich;
2)
mahalliy trombogemorragik sindrom - II -bosqich;
3)
o’pka mikroatelektaziga olib keluvchi surfaktant tanqisligi va alveolalar
yopishishi - III-bosqich.
Klinik ko’rinishi. Interstisial pnevmoniyaning klinik kechishi uning ikki
turga bo’lishiga imkon beradi:
Manifestli, o’tkir turi. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda allergik
diatez korinishida uchraydi. Kasallik og’ir, neyrotoksikoz va nafas etishmovchiligi
bilan kechadi (hansirash, nafas soni 1 minutda 80-100 ta, og’iz-burun atrofi
sianozi, tirnoqlar sianozi, bola bezovta bo’lganda- generallashgan sianoz, burun
qanotlari kerikkan, qovurg′alar orasi tortilgan), bezgak, keyinchalik azobli, tez-tez
yotal qo’sqiladi. Kataral holatlar aniq bo’lmaydi: quruq xirillashlar, ba'zida
krepitasiyalovchi xirillashlar va bakterial infeksiya qo’shilganda - hol xirillashlar
eshitiladi.
O’pka perkussiyasida timpanit, o’pka qirralari pastda joylashgan bo´ladi,
yurak nisbiy chegarasi toraygan, o’pka ildizi kengaygan bo´ladi. Perkutor tonning
qisqarganligi xarakterli emas.
Gemorragik grippoz pnevmoniya og’ir kechadi, unda bezgak, og’ir
neyrotoksikoz va nafas yetishmovchiligi, qon aralash, ba'zida ko’pikli balg′am,
kollaps kuzatiladi. O’pkani tekshirganda nam va quruq xirillashlar, krepitasiya
aniqlanadi.
Gemorragik sindrom tomir ichi qon ivishi bilan bog’liqligi gumon qilingan.
Yurakning o’ng bo’limida o’tkir va o’tkir osti yetishmovchilik, jigarning qisman
kattalashishi, mikrogematuriya xarakterlidir.
Kam simptomli, cho’ziluvchan turi. Maktab yoshidagi bolalarda ko’p
uchraydi. Bolalarda O’RIdan keyin tez charchash, kamquvvatlik, ishtaha pastligi,
subfebril tana qarorati, bosh og’rishi, kuchsizlik, yo’tal kuzatiladi.
Fizikal ma'lumotlar bunday bolalarda yaxshi bilinmaydi: intoksikasiya
belgilari qisman rivojlangan, unchalik katta bo’lmagan jismoniy zo’riqishda
hansirash, o’pka surati o’zgargan, o’pka ildizi kengaygan, kam miqdorda quruq
xirillashlar. Ko’krak qafasi rentgenogrammasida interstisial pnevmoniyani
tasdiqlovchi belgilar aniqlanadi.
Bolalarda interstisial pnevmoniya uchun immunitet pasayishi, tetrada
simptomlar xarakterlidir: hansirash, gipoksemiya, diffuz interstisial infiltrasiya,
yotal.
Oqibati. Interstisial pnevmoniya o’tkir turida og’ir. Bolalar virusli
ensefalitdan, ichki organlarni virusli zararlanishidan nobud bo´ladi. Kasallikni
154
yaxshi kechishida o’pkadagi rentgenologik o’zgarishlar 6-8 haftagacha saqlanadi.
Interstisial pnevmoniya oqibati pnevmosklerozni rivojlanishi yoki qayta
shakllanishi bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |