KIChIK YoShDAGI BOLALARDA BRONXIAL ASTMANING KEChISh
XUSUSIYaTLARI VA TAShXISOT MEZONLARI
Bolalik davrida uchraydigan bronxial astma GINA-2002 bo'yicha (Global
initiative for asthma, 2002) "tashhis qo΄yishga qiyin bo'lgan holatlarga kiritilgan.
Ishchi konsepsiyasiga ko'ra, yilida ikki martadan ko'p yo'tal, ?ushtaksimon nafas
yoki hansirash bilan shikoyat qilgan har qanday bola bronxial astmaga gumon
?ilingan bemor hisoblanadi va bu tashhisni istisno qilish yoki tasdi?lashni talab
?iladi. Asosan bu erta yoshdagi bolalarga tegishli, chunki bu yoshda bronxial
astma kўpincha istisno tari?asida ?ўyiladi va muammoga to'laroq to'xtalishni talab
?iladi. Bronxial astma bu yoshdagi bolalarda turli xil klinik ko’rinishi bilan
far?lanadi. Kasallik allergiyaga nasliy moyillik bilan bog'liq bo'ladi. 70-80%
bolalarda bronxial astmaning rivojlanishi erta yoshdagi bolalarga to'g'ri keladi.
Bolalarda bronxial astmaning erta rivojlanishiga homilaichi sensibilizasiyasi, turli
ta'sirlar natijasida yuzaga kelgan fetoplasentar barerning yuqori o'tkazuvchanligi
sabab bўladi. Kasbiy zararli odatlar, aktiv va passiv chekish ham ta'sir qiladi.
Postnatal sensibilizasiya omillari ўrtasida antigen ekspozisiya hayotining birinchi
ikki yilligida muhim ahamiyatga ega. Bola hayotining birinchi yilida asosiy
sensibillovchi omil ovqat allergenlari hisoblanadi. Eng ahamiyatlisi, tovuq oqsili,
163
sigir suti, bug'doy va boshqa donlilar, baliq, yong'oq, kakao, sitruslar va boshqa
sariq-qizil rangli mevalar, sabzavotlarga bўlgan sensibilizasiya hisoblanadi. Bola
hayotining birinchi yili oxirida maishiy allergenlarning o'rni ortadi. Bu yoshda uy
changiga va kapa allergenlariga sensibilizasiya ko'pgina bemorlarda aniqlanadi. 3-
4 yoshlarga kelib, chang allergenlarining o'rni ortadi, bu turli xil iqlim geografik
zonalarda xar-xil bo'ladi. Erta yoshdagi bolalarda sensibilizasiya spektrining
almashib turishi har doim ham bosqichma-bosqich tarzda kuzatilmaydi. Keng
spektrli allergenlarga bўlgan sensibilizasiya ko'p aniqlanadi. Shuning uchun, erta
yoshdagi bolalarda allergologik tash?is (bu yoshda provokasion, ingalyasion
sinamalar o'tkazilmaydi, teri sinamalari kam sezgirli -skarifikasiya o'rnida
bo'rsildoq ko'pincha bўlmaydi va musbat reaksiyaning birgina belgisi eritema
hisoblanadi), to'liq yig'ilgan anamnez mu?im rol ўynaydi. Bolalarda bronxial
astmaning erta rivojlanishida patologik kechgan homiladorlik oqibatida MNSning
perinatal zararlanishi, homilaning anti va intranatal gipoksiyasi, tu?ru? jarohatlari
sabab bo'ladi.Bola hayotining birinchi yilida gipoksiya va jarohatdan keyingi
perinatal ensefalopatiya belgilari asosiy rol o'ynaydi. 25% bemor bolalarda
nevrologik buzilishlar katta yoshdaham saqlanadi, bronxial astma kechishiga ta'sir
qiladi. Ekspirator hansirashni birinchi tipik kechishiga, atopik dermatit, turli xil
ovqat mahsulotlariga bo'lgan o'tkir allergik reaksiya, dori vositalariga, profilaktik
emlashlarga (ekzantema, eshakemi, Kvinke shishi, intoksikasiyasiz va
gipertermiyasiz, ammo yaqqol kataral holatlar bilan kechadigan ?ayta respirator
kasalliklar) sabab bo'ladi. Respirator allergiyaning ushbu kўrinishlari shifokorlar
tomonidan o'tkir respirator virusli infeksiya, bronxitlar, pnevmoniya deb yuritiladi.
Bemorlar antibiotiklar bilan davolanadilar, bu esa dori sensibilizasiyasiga olib
keladi, dori allergiyasining turli klinik ko'rinishi bilan namoyon bўladi.Erta
yoshdagi bolalarda bronxial astmaning tipik xuruji muhim sababga ega allergenlar
bilan muloqotda bo'lgandan keyin rivojlanadi.
1-2 kun oldin xuruj darakchisi paydo bo’ladi (bola yig’loq, qo’zg’aluvchan
yoki lanj bўlib qoladi), ishtahasi pasayadi, terida qichishish va boshqa allergik
reaksiyalar paydo bўladi. Yo’talish asta-sekin qaytalanuvchi quruq yo’talga
aylanadi. Nafas qisish xuruji sutkaning har qanday vaqtida paydo bo’ladi va
ekspirator yoki aralash hansirash-ekspirator komponentni ustunligi bilan kechadi,
ko’krak qafasi tortilishi, emfizematoz shish, ba'zan qusishgacha olib keluvchi
asabli quruq yo’tal, quruq yoki nam balg’amli yo’tal, o’pkada tarqoq quruq
xirillashlar, shuningdek, turli kalibrdagi nam xirillashlar eshitiladi. Shovqinli
hushtaksimon nafas masofadan eshitiladi, teri rangi oqargan, og’iz-burun
uchburchagining ko’karishi, akrosianoz aniqlanadi. Xuruj dinamikasida quruq
yo’tal nam yo’talga aylanadi. Erta yoshdagi bolalarda to’liq davolanmagan yo’ki
tez-tez qayta xurujlar astmatik holatga olib keladi. Yuqorida ko’rsatilgan xuruj
davrining varianti o’ziga xos klinik va funksional kўrinishga ega bo’ladi. Bolalar
shikoyat qilmasliklari mumkin, ularning o’zini his qilishi o’zgarmasligi mumkin,
bolalar doimiy nafas yetishmovchiligiga moslashgan bўladi. Ekspirator hansirash
yaqqol ifodalanmaydi, ammo ba'zan jismoniy zo’riqishdan keyin zo’rayadi, bolani
doimiy quruq yo’tal bezovta qiladi, ko’krak qafasi shishadi, o’pkada kuchsiz
nafas, tarqoq xirillashlar eshitiladi, teri rangi oqarishi, akrosianoz kuzatiladi.Bu
164
davrda infeksiyaning qo’sqilishi, stress holatlar, o’tkir xurujlar rivojlanishi bola
holatining yomonlashishiga olib keladi. Buyrak usti bezi po’stloq funksiyasining
buzilishi erta yoshdagi bolalarda astmatik holatni rivojlanishiga sabab bo’ladi,
shifokordan o’z vaqtida mos davo o’tkazishni talab qiladi. Erta yoshdagi
bolalarning anatomo-fiziologik xususiyatlari tufayli (bronxial daraxt yorug’ining
torligi, mushak qavatining kuchsiz rivojlanganligi, qon va limfa tomirlarining
yaxshi rivojlanganligi) bronxial astma xuruji patogenezida bronxospazm yetakchi
mexanizm bo’laolmaydi.
Bolalarda bronxial astma patogenezida birinchi o’rinda bronx shilliq
qavatining yallig’lanishi, shish va shilliq gipersekresiyasi turadi. S.G.Zvyaginseva
(1958 y) tushunchasi bo’yicha bu yoshda o’ziga xos "ho’l astma" klinik
manzarasini yuzaga keltiradi, xurujlar uzoq davom etadi. Bunda o’pkada ko’p
miqdorda nam xirillashlar eshitiladi, 5-10 kungacha, ba'zida uzoq muddat
saqlanadi. Kasallikning astmatik bronxit ko’rinishida kechishi ko’p xollarda
o’pkaning infeksion-yallig’lanish kasalliklari giperdiagnostikasiga sabab bo’ladi va
bu yoshda bronxial astmaning gipodiagnostikasiga olib keladi. Bola yoshi va
kasallik davomiyligiga qarab, jismoniy yoki psixoemosional zo’riqish, tamaki
tutini, nam yoki ifloslangan atmosfera havosi, boshqa nospesifik qo’zg’aluvchilar
bronxial astma xuruji rivojlanishiga sabab bo’ladi. Erta yoshdagi bolalarda
bronxial astma xuruji qo’zg’atuvchisi o’tkir respirator virusli infeksiya bo’lib,
organizmga kuchli sensibillovchi ta'sir ko’rsatadi, turli xil allergenlar uchun nafas
yo’llarining zararlangan shilliq qavatini yuqori o’tkazuvchanligiga olib keladi,
shuningdek, viruslarning antigen xususiyati, makroorganizmning immunologik
jarayonga qayta tuzilishi bilan bog’liq bo’ladi. Bronxial astma xurujining o’tkir
respirator virusli infeksiya tomonidan qo’zg’atilishi, o’tkir obstrukttiv bronxit
bilan klinik ko’rinishi, funksional va laborator o‘zgarishlari o’xshash bo’lishi
differensial tashhisni qiyinlashtiradi. Erta yoshdagi bolalarda uzoq vaqt davomida,
bronxial
astma
"bronxoobstruktiv
sindrom
bilan
kechuvchi
O’RVI",
"qaytalanuvchi obstruktiv bronxit" deb talqin qilinadi va bemorlar norasional davo
olishadi. Bir necha yillardan keyin obstruktiv bronxit tipik bronxial astmaga
o’tganligi aniqlanadi. Alohida kuzatuvlar natijasi shuni kўrsatdiki, 8-10 yil
o’tgandan keyin bu bolalardan yarmida bronxial astma bilan kasallanganlik
aniqlanadi.
Erta yoshdagi bolalarda bronxial astmaning obstruktiv bronxitdan farqi
nasliy allergik kasalliklarga yuqori moyillik, dorilarga, ovqat mahsulotlariga,
profilaktik emlashlarga allergik reaksiyaning yuqoriligi, O’RVIning boshlanish
davrida bronxoobstruktiv sindromning tez avj olishi va kam davomiyligi;
bronxolitik terapiyaning aniq samaradorligi, immunologik reaksiyaning yaqqol
rivojlanganligidir. Lekin klinik belgilarning, laborator ko’rsatgichlarning ko’pligi,
differensial -diagnostikada qiyinchilik tug’diradi. Amaliyotda bu ko'rsatgichlarni
hech qaysi biri obstruktiv bronxit va bronxial astmaning differensial-diagnostik
mezoni bo’lmaydi.
165
Bronhial astma va obstruktiv bronxitning qiyosiy tashxisi
Belgilari
Bronxial astma
Obstruktiv bronxit
Yoshi
1,5 yoshdan katta
1 yoshdan kichik
Bronxoobstruktiv sindrom ning
yuzaga chiqishi
ORVIning birin chi
sutkasida
va kechroq
Oldingi
bronxoobstruktiv
sindrom epizodlari
2 marta va undan
ko’proq
Kuzatilmagan yoki bir
marta
Allergik kasalliklarga nasliy
moyillik
Bor
Yo’q
Ona tomonidan bronxial astma
Bor
Yo’q
Ovqat mahsulotlariga, dorilarga,
profilaktik
emlashlarga
anamnezida allergik reaksiya
mavjudligi Bor
yo’q
Maishiy
antigenga
zoriqish,
yashash joyida zax, chang
bo’lishi
Kuzatiladi
Yo’q
Tashhislash
Anamnez va fizikal tekshirishlar.
Anamnez yigilganda quyidagilarga e'tibor berish kerak.
- Atopik dermatit, allergik rinokon'yunktivit, oilasida bronxial astma yoki boshqa
atopik kasalliklar mavjudligi.
Quyidagi simptomlardan bittasi borligi:
-yo'tal, kechqurinlari kuchayadi;
-qaytalovchi hushtaksimon xirillashlar;
-qiyinlashgan nafas qayta epizodlari;
-ko'krak qafasida siqilish hissi.
Simptomlarning paydo bo'lishi yoki kuchayishi:
-tungi vaqtlarda;
-hayvonlar bilan muloqotda bo'lsa;
-ximik aerozollar bilan;
-uy changi;
-gul changlanishi;
-tamaki tutuni;
-atrof-muhit harorati tushganda;
-aspirin, adrenoblokatorlar qabul qilinganda;
-jismoniy zo'riqishdan so'ng;
-O'RVI;
-kuchli emosional zo'riqishdan so'ng;
Fizikal tekshirishda BAning quyidagi belgilariga ahamiyat berish zarur:
-ko'krak qafasi giperekspansiyasi;
-nafas chiqarishning uzayishi;
-quruq yo'tal;
-rinit;
166
-periorbital sianoz "allergik soyalar" (ko'z tagida qorong'i aylana, venalardagi
dimiqish hisobiga,
nazal obstruksiya fonida yuzaga keladi)
-burun qanotlarida ko'ndalang burmalar
-atopik dermatit.
Shuni ta'kidlash kerakki, remissiya davrida patologik simptomatika
bўlmasligi mumkin (normal fizikal kartina BA tashhisini bartaraf etmaydi).
5 yoshgacha bo'lgan bolalarda BA tashhisi asosan klinik tekshirishlar
natijasiga asoslangan bo'ladi. Ko'krak yoshidagi bolalarda triggerlar ta'sirida 3 yoki
undan ko'p hushtaksimon xirillash epizodlari bo'lsa, BAga gumon qilinadi,
tekshirish va differensial tashhis o'tkaziladi.
Laborator va instrumental tekshirish
Spirometriya. 5 yoshdan katta bolalarda OFV1 (nafas chiqarishning kuchaytirilgan
hajmi), FJEL (o'pkaning hayotiy kuchaytirilgan hajmi) va OFV1/FJELni aniqlash
zarur. Spirometriya obstruksiya darajasini aniqlab beradi, uning qaytalanishi,
shuningdek, og'irlik darajasini aniqlaydi. OFV1 va FJEL ko'rsatgichlarini
baholashda yosh gradasiyasini hisobga olish kerak. O'pkaning normal funksiyasida
OFVning FJELga nisbati 80%ni tashkil qiladi, bolalarda 90%dan yuqori bo'lishi
mumkin. quyida keltirilgan ko'rsatgichlardan past ko'rsatkichlar bronxial
obstruksiya haqida o'ylashga imkon beradi. Bronxolitik ingalyasiyasidan keyin
OFV1ni 12%ga ko'tarilishi, yoki glyukokortikoidlar bilan ўtkazilgan sinov davoga
javobi BA tashhisini qo'yishga yordam beradi.
Pikfloumetriya. Pikfloumetriya (nafas chiqarishning yuqori tezligini aniqlash) -
tashhis qo'yishning asosiy usuli bo'lib, BAning keyingi davosini nazorat qilish
uchun zarur hisoblanadi. Pikfloumetrning oxirgi modellari qimmat emas, portativ,
plastikdan yasalgan va 5 yoshdan katta bemorlarda uy sharoitida ham ishlatsa
bo'ladi. Pikfloumetr BA kechishida har kunlik ob'ektiv monitoring o'tkazish
maqsadida ishlatiladi. PSV (nafas chiqarishning yuqori tezligi) ko’rsatgichini
baholashda bolaning bo’yini hisobga olish zarur (maxsus normagrammalar bor),
lekin individual ko’rsatgichlarni aniqlash uchun 2-3 hafta davomida kunlik PSV
monitoringini o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi. PSV ertalab, ko'rsatkich eng
past bo'lganda va kechqurun uyqudan oldin PSV eng yuqori bo’lganda o’tkaziladi.
Bronxolitiklarni qo'llaganda esa PSVni dorini qo’llashdan oldin va keyin
o'tkaziladi. BAni davolashda simptomlarni, pikfloumetr natijalarini va davo
natijalarini yozib borish uchun kundalik tutish muhim ahamiyatga ega. PSV
monitoringi kasallik xurujining erta belgilarini aniqlash uchun informativ
hisoblanadi. PSV kunduzgi ko'rsatgichi tarqoqligining 20% dan yuqori bo'lishi
BAning tashhisot belgisi hisoblanadi, normaga nisbatan siljishi esa kasallikning
og'irlik darajasiga to'gri proporsional hisoblanadi.
Nafas yo' llari giperreaktivligini aniqlash
BAga xarakterli belgilar bo'lgan bemorlarda, o’pka funksiyasi ko'rsatgichi
normal bo’lsa, nafas yo'llarining metaxolin, gistamin yoki jismoniy zo'riqishga
bo’lgan ta'sirini tekshirish tashhis qo'yishda yordam beradi. BA diagnostikasida bu
testlar yuqori sezuvchanlikka, lekin past spesifikaga ega.
167
Ba'zi bolalarda BA belgilari faqat jismoniy zo'riqishdan so'ng paydo bo'ladi.
Bu guruxda 6 daqiqalik zo'riqish testini o'tkazish zarur. Bu test bilan birga, OFV1
yoki PSVni aniqlash BA tashhisini qo'yishga yordam beradi.
Laborator tekshiruvlar. BA tashhisini qo'yishda teri testi yokiqon zardobida IgEni
aniqlash kam axborot beradi, lekin bu tekshirishlar moyillik omillarini va
triggerlarni aniqlashga yordam beradi, ular asosida, atrof-muxit omillariga talluqli
nazorat tavsiya qilinadi.Differensial tashhislash BAni differensial tashhislash
quyidagi kasalliklar bilan o’tkaziladi.
-ovoz boylamlari disfunksiyasi (psevdoastma)
-bronxiolit
-ko’krak yoshdagi bolalarda yot jism yoki sut bilan aspirasiya
-mukovissidoz
-birlamchi immuno tanqisliklar
-birlamchi seliar diskineziya sindromi
-traxeobronxomalyasiya
-tomirlar rivojlanish nuqsonlari, nafas yollarini tashqi tomondan bosilishi
-nafas yollarini gemangiomasi yoki boshqa o’smalari, granulyoma yoki kistasi,
stenozi yoki torayishi,
-obliterlanuvchi bronxiolit
-o'pkaning interstisial kasalligi
-yurak dimlanish nuqsonlari
-sil
-bronx-o'pka displaziyasi
-bo’lakcha emfizemasi
-quyidagi simptomlar aniqlanganda BAga gumonqilinadi:
Anamnez ma'lumotlari:
- kasallik simptomlari 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda paydo bo'lishi;
- respirator distress sindrom yoki sun'iy o'pka ventilyasiyasi;
- neonatal davrda nevrologik disfunksiya;
-bronxolitiklar qo'llanilganda effekt yo'qligi;
-hushtaksimon xirillashlar, emizish yoki qusish bilan bog'liq bo'lsa;
-yutishning qiyinlashuvi yoki qaytalanuvchi qusish;
-diareya;
-tana vazniga kam qo’shilishi;
-kasallik xurujidan keyin oksigenoterapiyaga bo’lgan talabning saqlanishi.
-Fizikal ma'lumotlar:
-nog'ora tayoqchalari ko'rinishidagi barmoqlar deformasiyasi;
-yurakdagi shovqinlar;
-stridor;
-o'pkadagi o'choqli o'zgarishlar;
-auskultasiyada krepitasiya;
-sianoz
-laborator va instrumental tekshirish natijalari:
-ko’krak qafasi organlari rentgenogrammasida o'chog'li yoki infiltrativ o'zgarishlar;
-kamqonlik;
168
-nafas yo'llarining qaytmas obstruksiyasi;
-gipoksemiya;
Bronxial astmaning davosi
BA ni davolashdan maqsad kasallikni nazorat qilishga erishish va uni ushlab
turish. Bolalarda BAni davolash quyidagilarga qaratilgan:
- hayot uchun xavfli bo'lgan holatlarni va o’limning oldini olish;
- Klinik belgilarni bartaraf qilish yoki kamaytirish;
- Tashqi nafas funksiyasi kўrsatkichlarini normallashtirish yoki yaxshilash;
- Bolaning aktivligini tiklash, jismoniy yuklamalarga chidamlilikni oshirish;
- Bronxolitik preparatlarga muhtojlikni kamaytirish;
- Davoning nojo'ya ta'sirining oldini olish;
- Nogironlikning oldini olish.
Bronxial astmaning kompleks davosi quyidagi komponentlarni o'z ichiga oladi:
- Kasal bolalarni va ularning ota-onalarini quyidagilarga o’rgatish: davoning
maqsadini bilish, o'zini nazorat qilishni o’rganish, ingalyasiya qilish texnikasi,
xuruj boshlanganda o'ziga yordam berish
- Kasallikning avj olishiga sabab bo’luvchi omillarni bartaraf qilish (eliminasiya)
- Kasallik avj olishini oldini oluvchi (yallig’lanishga qarshi) va xuruj vaqtida
simptomlarni kamaytiruvchi
- dorilarni rasional qo’llashni bilish (bronxolitiklar)
- Spesifik immunoterapiya
-Doimo vrach nazoratida bo’lish va o'z vaqtida davoni korreksiya qilish hozirgi
vaqtda BAni davolashda pog'onali terapiya usulidan foydalanilmoqda, ya'ni,
kasallikni og'irlik darajasiga qarab, dori moddalarni qo'llash tavsiya etilmoqda.
Dorilarni qabul qilish dozasi vaqti kasallikning og'irlik darajasi ko'tarilganda yoki
simptomlar bartaraf qilinishiga bog'liq holda o'zgartiriladi.Yallig'lanishga qarshi
dorilar prolongirlangan ta'sirga ega ( adrenomimetiklar yoki teofillin preparatlari)
bronxkengaytiruvchilar bilan birga qo'llaniladi.
Ambulator bosqichda bronxial astmaning yengil xurujida birlamchi yordam tez
ta'sir qiluvchi adrenomimetiklar dozali aerozol ingalyatorlarni qo'llashdan iborat.
O'rta og'ir va og'ir xurujlarda adrenomimetiklar takror bir soat mobaynida 20-30
minut interval bilan qo'llaniladi, keyin zaruriyatga qarab, har 4 soatda qo'llaniladi.
Nebulayzer terapiyadan ham foydalaniladi. Bronxkengaytiruvchi ta'sirni bromidlar
qo'llash bilan kuchaytirish mumkin.Agar effekt yetarli bo'lmasa, prednizolon
ichishga 91 yoshgacha 1-2mg/sutkada, 1-5 yoshda 10-20mg/sut) beriladi yoki
parenteral yuboriladi. BA ning qo'zish davrida budesonid suspenziyasi bilan
davolanadi, uni fiziologik eritmaga aralashtirib qo'llaniladi, shuningdek,
bronxolitik eritmalari (salbutamol, bromid0 bilan qo’shib beriladi. Dozasi bolalar
uchun 0,25-0,5mg (1mg gacha) kuniga 2 marta beriladi.Bemorlarda og'ir qo’zish
davrida klinik kartinasida hamma simptomlar ham namoyon bo’lmasligi mumkin,
sianoz, "soqov o'pka", umumiy holsizlik, nafas chiqarishning yuqori tezligi
30%dan past bo'lsa, shifokor bunday bemorlarni kasalxonaga yotqizish haqida
o’ylash kerak.Bir soat davomida o'tkazilayotgan davo effektivligi bilinmasa,
bemorni shoshilinch ravishda shifoxonaga yuborish zarur. BA va allergik rinitda
169
bazis terapiya pog'onali usulidan foydalanib o'z vaqtida va rasional qo'llash, uzoq
remissiyaga sabab bo’ladi, allergik kasalliklarni avj olishini oldini oladi.
Birlamchi profilaktika - yuqori xavf guruhidagi shaxslarda kasallikni paydo
bo’lishigani oldini olish. Postnatal profilaktika quyidagi tadbirlarni o’tkazishga
qaratilgan:
-go’dak yoshidagi bolalarda ko’krak suti bilan ovqatlantirishni targ’ibot qilish;
-chekuvchi ota-onalarga chekishni bola uchun zararli tomonlarini tushintirish;
Ikkilamchi profilaktika. BA kasalligi rivojlanmagan, lekin organizmda
sensibilizasiya bor bolalar uchun o’tkaziladigan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi.
- BA oilaviy anamnez yoki allergiya (ona tomonidan irsiy moyillik bor bo’lsa BA
rivojlanish xavfi 50% gacha).
-bolada boshqa allergik kasalliklar mavjudligi (atopik dermatit, allergik rinit, risk
BA - 10-20%).
-umumiy IgE miqdorining 30 ME/mldan ortiqligi, maxsus IgE-AT sigir suti
Oqsiliga/tuxum sarig’iga kuzatilgan bo’lsa;
Uchlamchi profilaktika BAni chaqiruvchi omillarni kamaytirishga qaratilgan.
Eliminasion rejim
-Uy changi va allergenlarni yo'qotishga qaratilgan chora-tadbirlar.
-Gilamlarni linoleum bilan almashtirish zarur.
-Barcha oqliqlarni qar haftada issiq (55-60 °S) suvda yuvish.
-Gilamlarni tanin kislotasi bilan tozalash kerak;
- Tozalash uchun HEPA-filtrli chang yutgichlardan foydalanish zarur;
-Yumshoq o’yinchoqlarni issiq suvda yuvish yoki vaqti-vaqti bilan muzlatish;
-Uy hayvonlarini yotoq xonaga va yashash joyiga qoymaslik zarur.
-Shaqar uylarida suvaraklar ko’payishiga yo’l qo’ymaslik kerak.
Erta yoshdagi bolalarda ovqat allergiyasi kamdan-kam qo’llarda BA qaytalanishi
omili bo’lib hisoblanadi.
NOREVMATIK KARDITLAR
Norevmatik kardit - nospesifik yalliglanish xususiyatli o’zgarishlar hisobiga
yurak mushaklarining shikastlanishi. Autopsiya ma'lumotlariga ko'ra bolalar
aholisi orasida kattalarga qaraganda karditlarning tarqalishi yuqori; og’ir shakllari
erta yoshdagi bolalarda uchraydi. Ko’pincha karditlar virusli epidemiya vaqtida
ancha ko’payadi. Etiologiya va patogenezi. Qo'zgatuvchisidan qat'iy nazar turli
infeksion kasalliklar kardit bilan asoratlanishi mumkin. Lekin ko’pchilik ho’llarda
kardit o’tkir virusli infeksiyali bolalarda rivojlanadi. Ularning paydo bo’lishigada
Koksaki virusi, ayniqsa A va V guruhlari va ECHO virusi katta ahamiyatga ega.
Boshqa etiologik omillarga gripp va paragripp, qizilcha, parotit, sitomegalovirus va
boshq. kiradi. Norevmatik kardit bakteriyalar, rikketsiyalar, zamburuglar va
boshqa infeksion agentlar tomonidan cha?irilishi mumkin. Noinfeksion kelib
chiqish xususiyatiga ega norevmatik karditlar ham farqlanadi, jumladan allergik va
toksik miokarditlar. Bakterial karditlar ko’krak yoshidagi bolalarda teri, otogen
sepsis sababli rivojlanadi, ancha kattalarda esa - gematogen osteomielit fonida
paydo bo’ladi. Zamburug’li karditlar surunkali kasalliklari mavjud bemorlarda,
uzoq vaqt antibiotik olganlarda paydo bo’ladi.Oxirgi yillarda irsiy omilar diqqatni
170
tortyapti. Bunday qo’llarda kardit kam simptomli, yurak yetishmovchiligi
rivojlanishi faqat oxirida bo’ladi. Uning asosida genetik determinirlangan virusga
qarshi immunitet nuqsoni yotadi. O’tkir va surunkali kardit patogenezi turlicha.
O’tkir karditda infeksion omil (boshlovchi omil) ta'siri ahamiyata ega, yallig'lanish
mediatorlarini ajratish, gipersezuvchanlik reaksiyasining yuqori bo’lishiga va
hujayra infiltrasiyasi tomirlar devorlarini shikastlaydi. Autoallergiya kasallikning
o’tkir kechishida faqat komponent bo’lishiga mumkin, lekin yetakchi emas.
Immun komplekslarning turli tuzilishi, ular olchamlari, joylashish joyi va
miokardning reparativ reaksiyalari turli-tumanligi sababli o’tkir karditning yaxshi
sifatli va yomon sifatli oqibati bo’lishiga mumkin.Surunkali kechishida
qo’zgatuvchi asosiy ahamiyatga ega emas va kasallik asosida autoimmun
buzilishlar yotadi. Bu holda autoantitanachalar (antikardial antitanachalar) va/yoki
sensibilizasiyalangan limfositlarning autoallergenlar bilan o'zaro ta'sir qilishi sodir
bo’ladi. Ikkilamchi autoantigenlarga javoban antikardial antitanachalar paydo
bo’ladi, odatda agressiv. Bunday holat hosil bo’lishiga T-supressorlarning past
faolligi natijasidir, bu xelper ta'sir hiluvchi va giperstimulyasiyalangan V-
limfositlarga bog’liq. Avvalo surunkali karditlar (o’z-o’zini tutib turuvchi jarayon,
tizimli xususiyatli, yomon sifatli va residivlanuvchi kechishi, terapiyaga
rezistentligi) ularning shakllanishida autoimmunn mexanizm haqida oylashni
taqozo qiladi. Ko’p yillik kuzatuvlar asosida Belokon N.A. hammualliflari bilan
bolalardagi norevmatik karditlarning ishchi tasnifini berishdi. Norevmatik karditlar
tugma va orttirilgan bo’ladi. Kasallik tasnifi uning kechishini aks ettiradi.
Norevmatik karditlarda jadal boshlanishi bilan kechadigan, yurak-qon tomir
yetishmovchiligi mavjud va nisbatan terapiyaga moyil o’tkir kechish turlarini
ajratish mumkin.O’tkir osti karditlar ba'zi qo’llarda xuddi o’tkirdek boshlanishi
mumkin, lekin sohayish 18 oygacha davom etadi, boshqa qo’llarda kasallikning
ancha engil kechishi va sekin-asta rivojlanishi bo’lishiga mumkin (birlamchi o’tkir
osti kechishi).Davomli surunkali kardit (18 oydan ko’p) ba'zi bemorlarda o’tkir
yoki o’tkir osti boshlanish xarakeriga ega, boshqalarida esa u kuzatilmaydi
(birlamchi surunkali kechish).Tug'ma karditlar ham o’tkir va o’tkir osti kechish
xususiyatlariga ega. Kardit og’irligi kompleks klinik-instrumental ma'lumotlar:
yurak o’lchamlari, yurak yetishmovchiligi ifodalanganligi, EKG dagi ishemik va
metabo’lik o’zgarishlar darajasi, kichik qon aylanish doirasi holatiga bog’liq.
Yurak etishmovchiligini baholash karditlarda o’zining xususiyatlariga ega.
Bemorlarni kompleks tekshirish chap va o'ng yurak yetishmochiligi darajalarini
ajratishga imkon berdi.
Norevmatik karditlarning tasnifi (Belokon N.A., 1984)
Kasallik paydo bo’lishi davri Orttirilgan Tug'ma (antenatal) - erta va kechki
Etiologik omil
Virusli, virus-bakterial, bakterial, parazitar,
zamburug’li, iersinoz, allergik, idiopatik
Shakli
(jarayonning
asosiy
joylashishiga qarab)
Kardit
Yurak otkazuvchi tizimi shikastlanishi
O’tkir - 3 oygacha
171
Kechishi
O’tkir osti - 18 oygacha
Surunkali - 18 oydan ancha ko’p
(residivlanuvchi, birlamchi surunkali):
dimlanish, gipertrofik variantlari
Kardit og’irligi
engil orta og’irlikdagi og’ir
YuE shakli va darajasi
chap qorinchali I, IIA, IIB, III daraja
o’ng qorinchali I, IIA, IIB, III daraja
Total
Oqibati va asoratlari
Kardioskleroz,
miokard
gipertrofiyasi,
o′tkazuvchanlikning buzilishi, gipertenziya,
klapan apparatining shikastlanishi,konstriktiv
mioperikardit, tromboembo’lik sindrom
Dostları ilə paylaş: |