Qon aylanish organlarining shikastlanish semiotikasi.
Tekshirish usullari
Yurak qon-tomir xolatini baxolash uchun EKG-tekshirish usuli qo'llaniladi.
EKGga tushirish, usulning teoretik asoslari hamma yoshdagilar uchun bir xildir.
Bolalarda EKG natijalari (ba'zi EKG korsatgichlarining yoshidagi farqiga bog’liq
xolda) murakkab.
P- tishi – qo’zgalishni bolmachalar miokardi boylab qozgalishini ifodalaydi.
Tishning birinchi yarmi uning cho'qqisigacha o'ng bo'lmacha qo'zgalishiga teng,
ikkinchisi - chap bo'lmachada. Sog'lom bolalarda R-tishining davomiyligi 0,1s dan
oshmaydi. III standart yo'nalishda tish manfiy, ikki fazali yoki tekislangan bo´ladi.
R-Q yo’ki R-R intervali o'z ichiga R-tishini va izoelektrik chiziq R-tishi tugagan
joyidan Q tishigacha yoki R masofani oladi. Puls tezlashuvi natijasida interval
o'zgaradi va uning kerakli normal qiymati jadval bo'yicha baholanadi.
Q - tishi bolalar EKGsining doimiy bo'lmagan elementi.Ba'zida, sog'lom
bolalarda chuqur Q- tishi III-standart yo'nalishida kuzatiladi.
R-tishi yuqoriga yo'nalgan (tug'ma dekstrakardiyadan tashqari). Chaqaloqlar
uchun bir yoki bir necha yonalishlarda tishlar balandligining to'lqinlanishi
xarakterlidir.
S-tishi doimiy bo'lmagan manfiy tish. Erta yoshda I-standart yonalishda
chuqur bo´ladi.
QRS-qorinchalar kompleksi miokarddagi qo'zgalishning tarqalishini
(depolyarizasiya) va bu qozgalishning pasayishini (repolyarizasiya) aks ettiradi,
bolalarda uning umumiy davomiyligi 0,35-0,40s ortmaydi va yurak qisqarishlar
soni bilan uzluksiz bog'liq bo´ladi.
Yurak elektr o'qi - qorinchalar elektr faolligi bir tomonlama ustunlik
darajasini va yurakni ko´krak qafasida joylashishini ko'rsatadi.
Ko'krak yo'nalishlarida R va S tishi yosh o'tishi sari o'zgaradi. Bu bola hayotining
birinchi yilida yuz beradigan yurak burilishi va o'ng qorinchaning ko'krak qafasi
yuzasiga joylashish darajasi o'zgarishiga bog'liq.
Kattalardan farqli bolalarda 15 yoshgacha T- tishi V1- V2 yonalishlarda
manfiy yoki ikki fazali bo'lishi mumkin, bu norma hisoblanadi. 15 yoshdan
73
kattalarda T-tishi katta odamlarnikidek bo´ladi. Tishlar qiymatini baxolashda
millimetrdagi absolyut qiymati emas, balki bir-biri bilan nisbati qo'llaniladi.
Yosh xususiyatini hisobga olgan xolda EKG tishlari nisbati
Standart yo'na-
lishlarda tishlar
Chaqaloq 2yoshgacha
3 dan 7 yoshgacha
7
yoshdan
katta
R-tishi
1/3
R-tishi
1/6
R-tishi
1/8-1/10
R-tishi
1/8-1/10
R-tishi
Q-tishi
1/3-1/2
R-tishi
1/3-1/2
R-tishi
Doimiy emas
R-tishi
1/4
katta
emas
T tishi
1/4 kam
1/4 kam
R-tishi
1/4
R-tishi
R-тиши
1/3-1/4
Yurak elektr o'qi yoshga bog’liq. Normada 15 yoshdan katta bolalarda yurak
elektr o'qi normal xolatda bo´ladi. 2 yoshgacha bolalarda yurak elektr o'qi o'ngga
siljigan. Agar chaqaloqlarda chapgramma aniqlansa, unda yurak tug'ma nuqsoni,
fibroelastoz bo'lishi mumkin. 2-7 yosh (50%) bolalarda yurak elektr o'qi o'ngga
siljigan, qolgan 50% bolalarda yurak elektr o'qi boshqa turlari aniqlanadi. 7-15
yoshda 60% bolalarda yurak elektr o'qi normal xolati registrasiya qilinadi. 40%
bolalarda yurak elektr o'qi holatining qolgan turlari uchraydi.
R-Q davomiyligining yuqori chegarasi
Yosh
yillar
Puls
< 70
71-90
91-110
111-130
S 130
1,5kichik
0,16
0,15
0,145
0,135
0,125
1,5-6
0,17
0,165
0,155
0,145
0,135
7-13
0,18
0,17
0,16
0,15
0,14
14-17
0,19
0,18
0,17
0,16
0,16
2 yoshgacha bolalarda P-Q o'rtacha 0,10-0,12 sek, maktab yoshigacha 0,12-
0,14 sek, kichik maktab yoshida 0,13-0,15 sek, katta yoshda 0,14-0,18 sekga teng.
Fonokardiogramma - yurak tonlarini ob'ektiv baxolaydi va qoshimcha
shovqinlarni aniqlaydi. I-ton strukturasida uchta komponent, II-ton strukturasida 2
ta komponent ajratiladi. I-ton birinchi komponenti mushak va bo'lmachalar
qisqarishini xarakterlaydi; ikkinchi komponent yopilayotgan klapanlar tabaqalari
zo'riqishi bilan bog'liq; oxirgisi - past amplitudali komponent - qorinchalar
miokardi, aorta va o'pka arteriyasi devorlari vibrasiyasiga bog'liq. Bolalarda
FKGning xususiyati past chastotalarda yurak choqqisida III- tonning nisbatan
ko'proq bo'lishidir. Bolalarda shuningdek past chastotalarda IV ton (bolmacha)
ham registrasiya qilinadi. U 1/3 bolalarda to'sh suyagidan chapda III qovurga
oralig'ida aniqlanadi. 6% bolalarda yurak cho'qqisi sohasida V-ton yoziladi. FKG
xususiyatlaridan yana biri kichik yoki funksional shovqinlarning aniqlanishidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda sistolik shovqin eng tipik hisoblanadi.
74
Rentgenogramma - yurak shakli va o'lchamini baxolaydi.
Exokardiografiya - yurakni ultratovush orqali tekshirish usuli, yurak
boshliqlari o'lchami, devori va tosiqlarining qalinligi, aorta o'lchami, o'pka
arteriyasi o'lchami haqida ma'lumot beradi, klapan tabaqalari harakati, uning
shakli, klapan tabaqalarining osilib qolishi va boshqalarni ko'rsatadi. Shuningdek
bu tekshiruv yo’rdamida perikard bo'shliqida yallig'lanish suyuqligi, yurak ichi
o'lchami yo’ki trombni aniqlash mumkin.
Sfigmografiya - arteriya devorlari harakatini, xar bir yurak qisqarishida, qon
to'lqinlari bosimi ostidagi arteriya devori harakatining registrasiyasi.
Reokardiografiya -qon aylanishini tekshirish usuli, uning asosida, puls
to'lqinlari o'zgaruvchan elektr toki ovoz chastotasiga qarshiligi yotadi.
OVQAT HAZM QILISh SISTEMASI. ShIKASTLANISh SINDROMLARI
VA TEKShIRISh USULLARI
Ovqat hazm qilish organlarining shakllanishi embrional davrning 3-4
haftasida boshlanadi, embrional plastinkadan birlamchi ichak hosil bo´ladi. 4-
haftaligidan og'iz teshigi hosil bo´ladi, keyinroq qarama-qarshi tomonida anal
teshig paydo bo´ladi. Ichagi tezda uzunlashadi, embrional davrning 5-haftasidan
boshlab, ichak nayi ikki qismga chegaralanadi, ingichka va yogon ichak
shakllanishiga asos bo´ladi. Bu davrda birlamchi ichakning kengayishidan
oshqozon ajrala boshlaydi. Bir vaqtning o'zida shilliq, mushak va seroz oshqozon
ichak trakti qavatlari hosil bo´ladi, unda qon va limfa tomirlari shakllana
boshlaydi, nerv tutamlari, endokrin hujayra shakllanadi.
Chaqaloqlar og'iz bo'shlig'i kichkina o'lchamda bo´ladi. Og'iz oldi og'iz
boshlig'idan alveolyar o'simta bilan emas milk qirrasi orqali chegaralangan. Lablari
qalin, shilliq qavati sorgichlar bilan qoplangan, labning ichki yuzasida ko'ndalang
valiklar bo´ladi. Oraliq qismi (o'tish zonasi) bor, og'iz aylana mushagi yaxshi
rivojlangan.
Yassi qattiq tanglay tomoq gumbazi tengligida, yumshoq tanglay qisqa,
gorizontal joylashgan. Tanglay ilgichi tomoq orqa devori bilan birlashmaydi,
emgan vaqtda erkin nafas olishgacha yetadi.
Qattiq tanglay shilliq qavati kuchsiz rivojlangan ko'ndalang burmalardan
tuzilgan va bezlarga boy emas. Chaqaloqlarning tili keng, kalta, qalin, kam
harakatli. U og'iz bo'shlig'ini to'liq egallaydi. Og'iz bo'shlig'i yopiq bo'lganda til
milk qirrasidan chiqadi va lunjgacha yetadi. Oldindan til pastki va yuqori jag'lar
o'rtasidan chiqib turadi. Til so'rgichlari rivojlangan, til bodomchasi kuchsiz
rivojlangan. Sut tishlari paydo bo'lishi bilan birinchi bolalik davrida yuqori jag'da
alveolyar o'simta o'lchami kattalashadi, pastki jag' va og'iz boshlig'i alveolyar
qismi o'lchami kattalashadi. qattiq tanglay gumbazi ko'tariladi. Chaqaloqlarda
tanglay bodomchasi unchalik katta o'lchamda (7 mm gacha) bo'lmaydi, og'iz
bo'shlig'i ochilganda yaxshi ko'rinadi, oldingi yoyi bilan kuchsiz qoplangan. Bola
hayotining birinchi yilida bodomchalar tez o'sishi natijasida bodomcha
chuqurchasidan medial tomonga chiqib turadi. Bolalarda bodomcha bezlar nisbatan
katta o'lchamda bo´ladi. 16 yoshda bodomcha bezlar maksimal o'lchamga (28 mm)
ega bo´ladi.
75
Chaqaloqlarda so'lak bezlari kam rivojlangan. 4 oydan keyin 2 yoshgacha
ular intensiv rivojlanadi. Keyinchalik bezlar bo'yiga kattalashadi, uning yollari
shoxchalardan iborat bo´ladi. Quloq oldi so'lak bezi yoli pastga qaragan yoysimon
korinishda va past joylashgan, birinchi ildiz tishiga yaqin ochiladi. Bolalarning
lunjlari bo'rtib turadi, bu teri va yaxshi rivojlangan lunj muskullari orasida
aylanasimon yoy tanasi borligi natijasida yuz beradi. Yosh o'tishi bilan yog
tanachalari yassi bo´ladi va orqaga so'riladi, chaynash mushagi orqasida bo´ladi.
Chaqaloqlar tomog'i chuqurcha shaklida bolib, yuqori qismi baland va keng,
pastki qismi esa kalta, tor bo´ladi. Tomoq pastki qirrasi chaqaloqlarda umurtqa
oraliq diski tengligida bo´ladi, II bolalik davrida ( 11-12 yosh) III va IV bo'yin
umurtqalar tanasi o'rtasida, balog'at yoshida esa V-VII bo'yin umurtqasiga teng
bo´ladi. Tomoqning burun qismi qisqa, gumbazi yassiroq, chaqaloqlarda tomoq
uzunligi 3 sm atrofida, ko'ndalang o'lchami 2,1 dan 2,5smgacha, old-orqasi 1,8
smga teng. Tomoqning burun qismi o'lchami 2 yoshga kelib 2 marotaba
kattalashadi.
Chaqaloqlardaeshituv nayi tomoq teshigi qattiqtanglay tengligida, tanglay
ilgichiga yaqin tirqish ko'rinishida yorig'i bor. 2-4 yoshdan keyin teshik yuqori va
orqaga joylashadi,12-14 yoshda tirqishsimonshaklda yoki oval ko'rinishida bo´ladi.
2 yoshgacha bodomcha bezlari kuchli rivojlanadi, keyinchalik sekinlashadi.
Chaqaloqlarda tomoq bodomchalaritomoqning yuqori-orqa devori, shilliq qavati
qalinligida joylashgan va oldinga chiqib turadi. Bola hayotining birinchi
yilidabodomchalar o'lchami kattalashadi. 12-14 yoshda sekinlashadi, keyin qisman
qayta rivojlanish davri boshlanadi. 20-22 yoshdan keyin tomoq bodomchalari
o'lchami ham o'zgaradi. Chaqaloqlarda nay bodomchasi eshituv nayi tirqishsimon
teshigidan orqada va pastda joylashgan va ba'zida orqa tomondan tomoq
bodomchasi bilan birikadi, past va oldindan-tanglay bilan birikadi.Chaqaloqlar
qizilongachi naysimon shaklda, uzunligi 10-12 sm va diametri 0,4 dan 0,9 smgacha
(2 oyligida) kam rivojlangan anatomik siqilishlar bilan qizilo'ngachning yuqori
qismi (tomoq torayish) yaqqol ko'rinadi. Ikkinchi bolalik davri oxirida (11-12
yosh) qizilongach uzunligi ikki barobarga oshadi (20-22 sm). Chaqaloqlarda
tishdan oshqozonning kardial qismigacha bo'lgan masofa 16,6 sm, 2 yoshda - 22,5
sm, 5 yoshda - 26 - 27,9 sm, 12 yoshli bolada - 28,0 - 34,2 smga teng. qizilo'ngach
yorig'i 2-6 oylik bolada 0,85-1,2 sm, 6 yoshdan katta bolalarda 1,3-1,8 smga teng.
Chaqaloqlarda qizilo'ngach boshlang'ich qismi umurtqalararo disk
barobarida, III-IV bo'yin umurtqa pog'onasi tanasi o’rtasitda, keyin tomoqning
patslashishi bilan qizilongach yuqori chegarasi ham pastga tushadi (2 yoshda IV-
V, 10-12 yoshda V-VI, 18 yoshda - VI-VII bo'yin umurtqa qismiga teng). Keksa
odamlarda u I ko'krak umurtqa pog'onasi tengligida bo´ladi.Chaqaloqlarda
qizilo'ngachning mushak qavati kuchsiz rivojlangan, 12-15 yoshgacha u intensiv
o'sadi, keyinchalik kam o'zgaradi. Bir yoshgacha bolalarda shilliq qavatda bezlar
kam, ko'ndalang burmalar 2 - 2,5 yoshda yuzaga keladi.
Chaqaloqlar oshqozoni silindr yoki buqa shoxi shaklida bo´ladi. Kardial
qismi, tubi va pilorik qismi kuchsiz rivojlangan, qorin bo'yni qismi keng.
Oshqozon xajmi 50 kub sm, uzunligi 5 sm, kengligi - 3 sm. Bola hayotining
birinchi yilida oshqozon uzayadi, 7 yoshdan 11 yoshgacha kattalarnikidek bo´ladi.
76
Ikkinchi bolalik davri boshida (8 yosh) kardial qismi shakllanadi. Birinchi yilning
oxirida oshqozon uzunligi 9 smga yetadi, kengligi 7 sm, hajmi 250-300 kub sm.ga
kattalashadi, 2 yoshda oshqozon hajmi 490-590 kub sm, 3 yoshda 580-680 kub sm,
4 yoshda 750 kub sm. Ikkinchi bolalik davri oxirida (12 yosh) hajmi 1300-1500
kubsmga kattalashadi. Suniy ovqatlanishda bo'lgan bolalarda, oshqozon asosan
oldingi devorida tortilgan bo´ladi.
Chaqaloqlarda oshqozonning ma'lum biriktiruvchi qismi (kardiya, tub qismi,
tanasi) chap qovurga ostida joylashgan va jigar chap bo'lagi bilan
qoplangan.Oshqozonning katta egriligi ko'ndalang chambarsimon ichakka
yondosh. Jigar chap bo'lagi kichrayishi bilan oshqozon qorin old devoriga
yaqinlashadi va charvi usti sohasiga o'tadi. Chaqaloqlarda oshqozonning chiqish
teshigi VII-IX ko´krak umurtqasiga, oshqozonning boshlanish teshigi XI-XII
ko´krak umurtqasiga teng. Bolaning o'sishi va rivojlanishi bilan oshqozon pastga
tushadi va 7 yoshda tananing vertikal holatida uning kirish teshigi XI-XII ko'krak
umurtqalari o'rtasiga proeksiya qilinadi. Chiqish joyi XII ko'krak va I-bel
umurtqalariga to'g'ri keladi. Chaqaloqlarda oshqozon shilliq qavati nisbatan qalin,
burmalari yuqori. Oshqozon maydoni o'lchami 1-5 mm, oshqozon chuqurchalari
soni 200 000 ta. hayotining 3 oyiga kelib bunday chuqurchalar soni 700 000 gacha
ko'payadi, 2 yoshda 1 300 000, 15 yoshda 4 mln ni tashkil etadi.
Chaqaloqlar ingichka ichagi uzunligi 1,2 - 2,8 m, 2-3 yoshda o'rtacha
uzunligi 2,8 m. Ikkinchi bolalik davri ortalariga kelib, uning uzunligi katta odamlar
ichagi uzunligiga teng bo´ladi (5 - 6 m atrofida). Ingichka ichak yorig'i kengligi
hayotining birinchi yilida 16 mm ni tashkil etadi, 3 yoshda 2-3,2 mm bo´ladi.
Chaqaloqlar o'n ikki barmoqli ichagi halqa shaklida, egatchalari keyinroq
shakllanadi. Boshi va oxiri I-bel umurtqasiga teng joylashadi. 5 oydan keyin o'n
ikki barmoqli ichak yuqori qismi XII ko'krak umurtqasi tengligida joylashadi; 7
yoshda tushuvchi qismi II bel umurtqasiga tushadi va undan ham pastroqda bo´ladi
(12 yoshda). Chaqaloqlar duodenal bezlari unchalik katta o'lchamda emas, ular
kuchsiz shoxchalangan (kattalarga nisbatan). Bu bezlar intensiv o'sishi bola
hayotining birinchi yiliga to'g'ri keladi.
Chaqaloqlarda yonbosh ichak ilgagi turli xil: gorizontal va vertikal, bu
charvi ildizi va ichak funksional holati bilan bog'liq. Shilliq qavat burmalari va
kipriklari kuchsiz rivojlangan. Bola hayotining birinchi yilida ichak bezlari soni
kattalashadi. Yakka va guruhli limfa tugunlari chaqaloqlar shilliq qavati
ichaklarida bo´ladi. Mushak qavati kuchsiz rivojlangan, asosan uning ko'ndalang
qavati. Chaqaloqlar yo’g’on ichagi qisqa, uning o'rtacha uzunligi - 63 sm,
chambarsimon ichak gaustralari va yog o'simtalari yog. 6 oylikda gaustralar
birinchi bo'lib paydo bo´ladi, keyin bola hayotining 2-yilida yog osimtalari paydo
bo´ladi. Ko'krak yoshi oxirida ingichka ichak 83 sm gacha uzayadi, 10 yoshda 118
sm ga yetadi. Chambarsimon ichak tasmalari gaustralar va yog' o'simtalari 6-7
yoshda qo'shimcha shakllanadi.
Chaqaloqlar
ko'r
ichagi
chuvalchangsimon
o'simtadan
aniq
chegaralanmagan, uning kengligi (1,7 sm) uzunligidan (1,5 sm) ustun bo´ladi. Ko'r
ichak birinchi bolalik davrining oxirida (7 yosh) katta odamlarnikidek bo´ladi. Ko'r
ichak yonbosh suyak qanotlaridan yuqorida joylashgan. O'smir yoshi (14 yosh)
77
ortalarida ichak o'ng yonbosh chuqurchasiga tushadi, tushuvchi chambarsimon
ichak o'sishiga bog'liq. Chaqaloqlar ileosekal teshigi halqasimon yoki uchburchak
yorig'i bor. Bir yoshdan oshgan bolalarda u tirqishsimon bo´ladi. Ileosekal qopqoq
unchalik
katta
bo'lmagan
burma
ko'rinishida
bo´ladi.
Chaqaloqlar
chuvalchangsimon o'simtasi 2 sm dan 8 sm gacha bo´ladi, diametri 0,2-0,6 sm.
Yorugli teshik orqali kor ichak chuvalchangsimon o'simta bilan birlashadi.
Chuvalchangsimon o'simta kirish joyi qopqog'i shakllanishi, bola hayotining
birinchi yoshida o'simtaga kirish joyida burmalar hosil bo'lishi bilan belgilanadi.
Bu davrda chuvalchangsimon o'simta uzunligi 6 sm, ikkinchi bolalik davri
o'rtasida (10 yosh) 9 sm ga, 20 yoshlarda - 20 sm ga yetadi. Chaqaloqlar
chuvalchangsimon osimtasining shilliq qavati hayotining birinchi yillarida ko’p
sonli limfoid tugunlardan iborat bo´ladi. Tugunlarning eng yuqori rivojlanishi 10-
14 yoshga to'g'ri keladi.
Ko'tariluvchi chambarsimon ichak kuchsiz rivojlangan, chaqaloqlarda u jigar
bilan qoplangan. 4-oylikda jigar uning yuqori qismida yotadi. 7 yoshda
ko'tariluvchi ichak oldindan charvi bilan qoplangan. O'smirlarda ko'tariluvchi
chambarsimon ichak xuddi katta odamlarnikidek bo´ladi. Uning maksimal
rivojlanishi 40-50 yoshlarga to'g'ri keladi.
Chaqaloqlarda ko'ndalang chambarsimon ichak katta qorindan iborat (2 sm
gacha). Oldindan ichak jigar bilan qoplangan. Erta bolalik davrining boshida (1-2
yosh) qatqorin kengligi 5,0-8,5 sm ga kattalashadi, ichak harakatini ortishiga olib
keladi. Bola hayotining birinchi yillarida ko'ndalang ichak uzunligi 26 - 28 sm. 10
yoshda uning uzunligi 35 sm ga yetadi. Keksa odamlarda ko'ndalang
chambarsimon ichak eng yuqori uzunlikka ega bo´ladi.
Chaqaloqlar tushuvchi chambarsimon ichagining uzunligi 5 sm atrofida. Bir
yoshda uning uzunligi ikki barobarga ortadi, 5 yoshda 15 cm, 10 yoshda 16 smga
teng. Ichakning eng yuqori uzunligi keksa yoshdagilarda bo´ladi.
Chaqaloqlar sigmasimon chambar ichagi (uzunligi 20 sm atrofida) qorin
bo'shlig'ida yuqori joylashgan, uzun qoringa ega. Uning ilgagi qorin bo'shlig'ining
o'ng tomonida yotadi, ba'zida ko'r ichak bilan birikadi.
5 yoshda sigmasimon ichak ilgagi kichik tosga (dumg'aza suyagiga) kirish
joyida joylashadi. 10 yoshda ichak uzunligi 38 sm gacha kattalashadi, uning ilgagi
kichik tos boshlig'iga tushadi. 40 yoshda sigmasimon ichak yorugi kengayadi. 60-
70 yoshdan keyin ichak uning devorlari yemirilishi bilan atrofiyaga uchraydi.
Chaqaloqlar to'g'ri ichagi silindrik shaklda, ampula va egatlari bo'lmaydi,
burmalar yaxshi rivojlanmagan, uning uzunligi 5-6 sm ga teng bo´ladi. Birinchi
bolalik davrida ampula shakllanishi tugallanadi, 8 yoshdan keyin-egatlar
shakllanishi tugallanadi.
Bolalarda orqa teshik, ustun va boshliqlar yaxshi rivojlangan. Togri
ichakning asosiy o'sishi ikkinchi bolalik davriga (8 yoshdan keyin) togri keladi.
O'smirlik yoshi oxirida to'g'ri ichak uzunligi 15-18 sm, diametri 3,2-5,4 sm ga teng
bo´ladi.
Chaqaloqlarda jigar katta o'lchamda, qorin bo'shlig'ining yarmidan ko'proq
hajmini egallaydi. Chaqaloqlarda jigar vazni -135 gr, tana og'irligining 4,0-4,5%ni
tashkil qiladi (kattalarda 2-3%), jigar diafragmal yuzasi chiqib turadi, jigar chap
78
bolagi ong bolagi o'lchamiga teng yoki undan katta. Jigar pastki qirrasi bukilgan,
uning chap bolagi ostida chambarsimon ichak joylashgan. Jigar yuqori chegarasi
o'ng o'rta o'mrov chizig'i bo'yicha V-qovurgaga teng, chap chegarasi-VI qovurgaga
teng. Jigar chap bolagi chap o'rta o'mrov chizig'i bo'ylab, qovurgalar yoyini kesib
o'tadi. 3-4 oylik bolada qovurgalar yoyini jigar chap bolagi bilan kesishgan joyi,
uning olchami kichikligi uchun ko´krak oldi chizig'ida joylashadi. Chaqaloqlarda
jigar pastki qirrasi o'ng o'rta o'mrov chizig'i bo'ylab, qovurgalar yoyidan 2,5-4,0 sm
chiqib turadi, old o'rta chizig'i hanjarsimon o'simtadan 3,5-4,0 sm pastda
joylashgan. Ba'zida jigar pastki qirrasi o'ng yonbosh suyak qanotlariga yetadi. 3-7
yoshli bolalarda jigar pastki qirrasi qovurg'alar yoyidan 1,5-2,0 sm pastda o'rta
o'mrov chizigida yotadi. 7 yoshdan keyin jigar pastki qirrasi qovurgalar yoyidan
chig'maydi. Jigar ostida oshqozon joylashgan. Bu vaqtdan boshlab, bola jigari
skeletotopiyasi kattalarnikidan farq hilmaydi. Bolalarda jigar juda harakatchan va
uning holati tana xolati o'zgarishi bilan o'zgaradi.
Chaqaloqlarda o’t pufagi uzunroq (3,4 sm), ammo uning tubi jigar pastki
qirrasidan chiqib turmaydi 10-12 yoshda o't pufagi uzunligi ikki martaga ortadi. O't
pufagi qorin old devorida qovurg'a yoyidan pastda proeksiyalanadi, oldingi o'rta
chiziqdan 2 sm o'ngda. O't pufagidan pastda o'n ikki barmokli ichak, ingichka
ichak qorin qismi halqasi va ko'ndalang chambarsimon ichak joylashgan.
Chaqaloqlarda oshqozon osti bezi juda kichik o'lchamda. Uning uzunligi 4-5 sm,
vazni 2-5 gr. Bez kattalarga qaraganda birmuncha yuqori joylashadi. hayotining 3-
4 oyligida bezning og'irligi ikki barobarga kattalashadi, 3 yoshda 20 gr ga yetadi,
10-12 yoshda uning vazni 30 gr ga teng.
Chaqaloqlarda oshqozon osti bezi qorin bo'shlig'ining orqa devoriga yaxshi
fiksasiya qilinmaganligi sababli nisbatan harakatchandir. 5-6 yoshlarda bez xuddi
katta odamlarnikiga oxshash ko'rinishga ega bo´ladi. Oshqozon osti bezining
qo'shni organlar bilan topografik o'zaro bog'likligi, hayotining birinchi yili oxirida
yuz beradi va katta odamlarnikidek xarakterga ega bo´ladi.
Erta yoshdagi bolalarda oshqozon-ichak trakti harakat funksiyasi ham bir
qancha xususiyatlarga ega. qizilongach peristaltik to'lqini va uning pastki qismini
ovqat bolaklari bilan mexanik qozgalishi oshqozonga kirish qismida reflektor
qo'zgalishni chaqiradi. Oshqozon motorikasi peristaltikadan (kardial qismidan
tubigacha bo'lgan qisqarishning ritmik to'lqini) peristola (ovqatni tortuvchan
ta'siriga oshqozon devori ko'rsatadigan qarama-qarshilik) va oshqozon devori
tonusi to'lqinlanishi, u ovqat yegandan 2-3 soatdan keyin boshlanadi.
Ingichka ichak motorikasiga tebranuvchi harakat (ritmik to'lqinlanish, ichak
tarkibidagilarni ichak sekreti bilan qo'sqilishi va so'rilish uchun qulay sharoit
yaratadi), ichak devorlari tonusi tolqinlanishi va peristaltikasi kiradi (ichak boylab
chuvalchangsimon harakat ovqat harakatiga ta'sir qiladi).
Yog'on ichakda ham mayatniksimon va peristaltik harakatlar bo´ladi,
proksimal qismlarda-antiperistaltika yuz beradi, bu najas massasini shakllantiradi.
Kattalarga nisbatan, bolalarda ovqat bo'tqalarining ichakdan otish vaqti qisqa
bo´ladi. Chaqaloqlarda 4 soatdan 8 soatgacha, katta yoshdagi bolalarda-bir sutka
atrofida bo´ladi. Sun'iy ovqatlantirishda bu muddat uzayadi. Ko'krak yoshidagi
79
bolalarda defekasiya akti qoqishsiz reflektor yuzaga keladi, faqatgina bola
hayotining birinchi yili oxirida ixtiyoriy bo´ladi.
Chaqaloqlar hayotining birinchi soatlari va kunida qora - zaytunsimon
rangli, xidsiz birinchi najas yo’ki mekoniy ajraladi. Keyinchalik ko'krak yoshidagi
sog'lom bolalarda najas sariq rangda, nordon reaksiyali va nordon xidli,
konsistensiyasi botqasimon bo´ladi. Katta yoshdagilarda najas shakllangan.
Ko'krak yoshidagi bolalarda najas kelishi sutkada bir martadan 4-5 martagacha,
katta yoshdagilarda sutkada bir marta bo´ladi.hayotining birinchi soatida bola
ichagi bakteriyadan ozod bo´ladi. Keyinchalik oshqozon-ichak trakti mikroflora
bilan egallanadi. Ko'krak yoshidagi bolalarning og'iz bo'shlig'ida stafilokokk,
streptokokk, pnevmokokk, ichak tayoqchasi va ba'zi boshqa bakteriyalarni aniqlash
mumkin. Najasda ichak tayoqchasi, bifidobakteriyalar, nordonsut tayoqchalari va
boshqalar paydo bo´ladi. Sun'iy va aralash ovqatlantirishda bakterial infisirlanish
fazasi tez yuzaga keladi. Ichak bakteriyalari ovqatni fermentativ hazm bolish
jarayoniga olib keladi. Tabiiy ovqatlanishda bifidobakteriyalar, nordonsut
tayogchalari kam miqdorda-ichak tayokchalari ustunlik qiladi. Najas och sariq
rangda, nordon xidli, moysimon ko'rinishda bo´ladi. Sun'iy va aralash
ovqatlanishda chirish jarayoni ustun bo'lganligi uchun najasda ichak tayoqchasi
ko'proq, daydi flora (bifidoflora, nordonsut tayokchasi) kam miqdorda bo´ladi.
Erta yoshdagi bolalarda o't hosil bo'lishi, katta yoshdagilarga nisbatan kam
intensivlikda bo´ladi. Bolalarda o't o't kislotalarga boy emas, xolesterin, lesitin,
tuzlar va ishqorlar, suv, musin, pigmentlar va mochevina, tauroxol, glikoxol
kislotaga nisbatan ko’p miqdorda bo´ladi. Shuni ta'kidlash kerakki, tauroxol
kislotasi antiseptik hisoblanadi. O't nordon ovqat va botqalarni neytrallaydi,
oshqozon osti va ichak sekreti faoliyatini yaxshilaydi. Bundan tashqari, ot
pankreatik lipazani aktivlashtiradi, yoglarni emulsiyalaydi, yog' kislotalarni eritadi,
ularni sovunga aylantiradi, yog'on ichak peristaltikasini kuchaytiradi. Bola
hayotining birinchi yilida ovqatga bo'lgan talab katta yoshdagi bolalarga
qaraganda, nisbatan katta. Bolada hamma kerakli ozuqa fermentlari bo´ladi, ovqat
hazm qilish organlari funksional faoliyati chegaralangan va bola fiziologik
ovqatlanishda bo'lsa, ko'krak suti bilan ovqatlansa yetarli bo'lishi mumkin. Ko'krak
yoshidagi bolada ovqat soni va sifatidagi o'zgarishlar ovqatlanish buzilishiga
(asosan bir yoshlik hayotida) va keyinchalik jismoniy rivojlanishdan orqada
qolishiga sabab bo´ladi.
Oshqozon-ichak traktini tekshirish ko'ruv, palpasiya va perkussiyadan iborat,
bunda auskultasiya kam qo'llaniladi va katta axamiyatga ega emas.
Ko’rik qorindan boshlanadi va og'iz bo'shligini ko'ruvi bilan yakunlanadi
(kichik yoshdagi bolalarda). qorin ko'rigi gorizontal va vertikal holatda o'tkaziladi.
Ko'ruvda qorinning shakli, uning o'lchami, simmetrikligiga e'tibor beriladi,
oshqozon va ichak peristaltikasining ko’zga ko'rinishi, nafas olishda ishtirok
etishiga e'tibor berish kerak. Anusni (orqa teshik) ko’rishda shilliq qavatlarning
yorilgani, ichak tushishi, ochiq qolishiga ahamiyat beriladi.Og'iz bo'shlig'i
koruvida tishlar va bodomcha bezlar holatiga e'tibor berish kerak. Kichik yoshdagi
bolalarning og'iz bo'shlig'ini chuqur tekshirish uchun bolani mahkam ushlab turish
kerak. Buning uchun yo’rdamchi yo’ki bolani onasi bolani orqasi bilan o'zining
80
tizzasiga o'tkazib, oyog'ini o'zining oyo’qlari orasida siqadi, o'ng qo'li bilan bolani
tanasi va qo'lini fiksasiya qiladi, chap qo'li bilan boshini ushlaydi. Shifokor
boladan o'ng tomonda turadi va boshi bilan yorug'likni berkitmaydi, yoruglik
bolani og'ziga tushib turishi kerak.
Og'iz boshlig'ini shpatel yo’rdamida ko'rish kerak. Birinchi navbatda og'iz
bushlig'i shilliq qavati, lablar shilliq qavati, lunj, milk, yumshoq va qattiq tanglay,
til va tomoq, tishlarni ko’rish kerak. Og'iz boshlig'ini tekshirish tomoqni ko’rish
bilan tugallanadi. Buning uchun shpatel til ildizigacha olib boriladi va pastdan
sekin bosib, bolaga og'zini keng ochish tavsiya etiladi, til bunda og'iz boshlig'ida
joylashadi. Agar bola tilini zich qilib tursa, shpatel lunj va milk o'rtasiga olib
boriladi va orqa ildiz tishlari tirqishi orqali til ildiziga bosiladi, bola og'zini ochadi
va bunda tomoq va halqum usti yaxshi ko'rinadi.
Palpasiya. Palpasiyani to'g'ri o'tkazish uchun, shifokor bemordan ong
tomonda, yuzi bilan unga qarab turadi. Bola orqasi bilan yotadi, oyog, tos-son va
tizza bo'g'imlarini yengil bukadi. Qollari tanasi bo'ylab cho'ziladi, boshi tanasi
bilan bir xil tenglikda turadi, bunda bolani chalg'itib turish kerak.
Chuqur palpasiya o'tkazishning muxim shartlaridan biri bu a'zolarning qorin
old devoriga proeksiyasini bilishdir:
qorindagi taniqli chiziqlar va
soxalar:
a -pastki qovurg'a chizig'i
b - toj chizig'i
v - qorin togri mushagining
tashqi chet chizig'i
1. o'ng qovurga osti sohasi
2. epigastral soha
3. chap qovurg'a osti sohasi
4. ko'krakosti sohasi
5. o'ng biqin sohasi
6. kindik sohasi
7. chap biqin sohasi
8. o'ng qovurg'a-qorin sohasi
9. qov usti sohasi
10. chap qovurg'a-qorin sohasi
Chap qovurg' a osti sohasi: oshqozonning kardial qismi, oshqozon osti bezining
dum qismi, qora taloq, chap buyrakning yuqori qismi.
Epigastral soha: oshqozon, o'n ikki barmoqli ichak, oshqozon osti bezining tana
qismi, jigarning chap bo'lagi.
81
O'ng qovurga osti soxasi: jigarning o'ng bolagi, o't pufagi, o'ng buyrakning yuqori
qismi.Chap va o'ng biqin sohalari: yogon ichakning tushuvchi va kotariluvchi
qismlari, chap va o'ng buyrakning pastki qismlari, ingichka ichakning bir qismi.
Kindik soxasi: ingichka ichakning sirtmoqlari, yo'g'on ichakning ko'ndalang qismi,
o'n ikki barmoqli ichakning gorizontal qismi, oshqozonning katta egriligi,
oshqozon osti bezining boshchasi, buyrak darvozalari.
Chap qovurga-qorin soxasi: sigmasimon ichak, chap mochetochnik.
Qov usti sohasi: ingichka ichak sirtmoqlari, siydik pufagi.
O'ng qovurga-qorin soxasi: ko'r ichak, yogon ichakning terminal qismi, ko'r ichak.
Jigar palpasiyasi. Jigar palpasiyasi ikki asosiy turga bo'linadi: Strajesko boyicha
sirg'anuvchi jigar palpasiyasida bemor xolati quyidagicha - bemor orqasiga yotib,
oyoglarini yengil bukadi, bunda yostiq olib tashlanadi. qo'llar tanasidan
uzoqlashtirilgan yo’ki ko'krak qafasida yotadi. Palpasiya qiladigan qo'llarning
barmoqlari bir chiziq hosil qiladi - jigar pastki chegarasiga parallel qo'yiladi va
yengil sirg'anuvchi harakat yuqoridan pastga qarab o'tkaziladi. Sirg'anuvchi
palpasiya bilan jigar yuzasini palpasiya qilib seziladi. Ko'krak yoshi va erta
yoshdagi bolalarda jigar palpasiyasida sirg'anuvchi palpasiya usuli qo'llaniladi.
Undan keyin V.P. Obrazsov-Strajesko usuli bo'yicha jigar palpasiyasiga o'tiladi.
O'ng qo'l (palpasiya qiladigan qo'l) qorin devori o'ng tomoniga kindik tengligida
yo’ki undan pastga qo'yiladi. Chap qo'l bilan ko´krak qafasi o'ng tomoni pastki
qismidan ushlab turiladi. Bemor chuqur nafas chiqarganda o'ng qo'l qorin
bo'shlig'iga qo'yiladi va boladan chuqur nafas olish soraladi. Nafas olganda
paypaslovchi qo'l old va yuqoriga qaratilib, qorin boshlig'idan chiqariladi. Bunda
jigar past qirrasini palpasiya qiladigan barmoq bilan pastga harakatlantirib jigar
past qirrasi topiladi. Bu palpasiyada jigar qirrasi va shakli, uning konsistensiyasi
aniqlanadi. 5-7 yoshgacha b'lgan sog’lom bolalarda jigar qovurg'a yoyi qirrasidan
o'rta-o'mrov chizigi bo'yicha 1-2 smga chiqib turadi. Sog’lom bolalarda jigar
qirrasi og'riqsiz, o'tkir va yumshoq, elastik bo´ladi. 7 yoshdan katta sog'lom
bolalarda jigar o'ng qovurg'a ostida palpasiya qilinmaydi.
Sog’lom bolalarda o't pufagi palpasiya qilinmaydi. O't pufagi proeksiyasi
qorin to'g'ri mushagi tashqi qirrasi o'ng qovurga osti bilan kesishgan joyida
joylashadi.
Grot bo'yicha oshqozon osti bezi palpasiyasi. Bola orqaga yotgan holatda
palpasiya o'tkaziladi, o'ng qo'li musht holatda siqiladi va bel ostiga olib boriladi.
Oyoglar tizzaga bukilgan bolishi kerak. O'ng qo'l barmoqlari qorin bo'shlig'ining
chap yuqori kvadrati, chap togri mushak tashqi qirrasi bo'ylab qo'yiladi. Barmoqlar
umurtqa poqonasiga yonaltiriladi. Nafas chiqarganda palpasiya otkaziladi,
paypaslovchi barmoqlar umurtka pog'onasining kindik tengligigacha yetkaziladi.
Oshqozon osti bezi tasma ko'rinishida, umurtqa pog'onasini qiyshiq yopib turadi.
Normada oshqozon osti bezi palpasiya qilinmaydi. O'ng tomonga yotgan holatda
va o'tirgan holatda oshqozon osti bezi palpasiyasi o'tkaziladi.
Jigar chegarasi perkussiyasi va Kurlov bo'yicha jigarni o'lchash uchta chiziq
bo'yicha olib boriladi:
82
o'rta omrov chizigi bo'ylab, yuqoridan jigar yuqori chegarasigacha, bolalarda
V-qovurg'ada
pastdan kindikdan qovurga yoyi yonalishi boylab joylashadi.
o'rta chiziqning o'rtasi bo'ylab (toshning o'rtasidan o'rta chiziq bo'yicha)
yuqoridan jigar yuqori chegarasigacha, jigar yuqori chegarasi hilichsimon
o'simta boshida joylashadi
pastdan kindikdan yuqoriga, uchdan birining yuqorisigacha hilichsimon
o'simta oxiridan jigar yon chegarasigacha, chap qovurga ostiga kiradi.
Jigar yon chegaralari quyidagicha aniqlanadi: qovurgalar yoyi boyicha
perkussiya qilinadi, chap o'rta o'mrov chizigidan toshga qarab yonaltiriladi jigarni
o'lchash natijalari yozuvi quyidagicha: 11 x 9 x 9 sm. Bola yoshini hisobga olib,
jigar o'lchami kichik bo'lishi mumkin va asosiy orientiri: yuqori chegarasi-V-
qovurg'a va pastki chegarasi - qovurg'a yoyida bo´ladi.
Sog'lom bolalarda qorin auskultasiyasida ichak peristaltikasini eshitish
mumkin. Auskultasiya va perkussiya (auskultofriksiya) tekshirishning aralash usuli
yo’rdamida oshqozon chegarasi aniqlanadi. Oshqozon sohasiga stetoskop qo'yiladi
va perkussiya bitta barmoq bilan qorin oq chizig'i bo'ylab, hanjarsimon osimtadan
kindikgacha yuqoridan pastga qarab o'tkaziladi. Oshqozon sohasida stetosko’p
orqali perkutor ovoz eshitilishi kuchayadi.
Dostları ilə paylaş: |