18
1.2. Madaniyatning etnomilliy mohiyati va jahon sivlizatsiyasida tutgan
o‘rni
Madaniyatning etnomilliy moxiyati, Madaniyatning mavjudligi qabila,
elat, millat, davlat, mintaqa bilan bog‘lansada, aksariyat hollarda u etnik
(milliy) asosga ko‘ra farqlanadi. Masalan, muayyan millat madaniyati haqida
gapirilganda eng avvalo har bir etnik birlikning boshqalardan farq qilo‘vchi,
uning ko‘pchilik a'zolari tomonidan tan olinuvchi, o‘zaro bog‘liq va muayyan
yaxlitlikni tashkil eto‘vchi qadriyatlar, normalar, an'ana va urf-odatlar tizimi
tushuniladi. Etnik birlikning yagona sotsial organizm sifatida mavjud bo‘lishi
madaniyatning bir butun xodisa sifatida rivojlanishining zaruriy sharti
hisoblanadi. Zero, faqat muayyan birlik, hamjamiyat doirasidagina madaniyatdagi
umumiylik va uning boshqa madaniyatlarning shunga o‘xshash namunalaridan
farqi shakllanadi, mustahkamlanadi, saqlanib qoladi va rivoj topadi. Demak,
har bir millat boshqalardan farq qilo‘vchi, o‘ziga xos, u yoki bu tarzda ajralib
turuvchi o‘z madaniyatiga ega. Ayrim hollarda bu o‘ziga xoslik shunchalik
kuchliki, u tezda ko‘zga tashlanadi. Masalan, o‘zbek va arab, yapon va franso‘z
madaniyatlarining o‘zaro farqli jihatlarini bir qaraganda ilg‘ash mumkin.
Bir-biriga geografik joylashuvi, xo‘jalik yuritish usuli, tili, diniga ko‘ra
yaqin bo‘lgan madaniyatida esa bunday farqlarni kuzatish nisbatan qiyii.
Xususan, o‘zbeklar va tojiklar, qirg‘izlar va qozoqlar, ruslar va beloruslar
madaniyatidagi bunday farqlarni topish jiddiy kuzatishlarni, katta sinchkovlikni
talab etadi. Har Holda bunday farqlar birdaniga ko‘zga tashlanmasa-da, ular
mavjud va bunday tafovutlarni ajratish mumkin. Har qanday madaniyatning
o‘ziga xosligi milliy urf-odatlar, an'analar, marosimlar va axloqiy normalarda,
shuningdek, moddiy madaniyatning kiyim-bosh, uy jixozlari kabi elementlarida
ayniqsa, yaqqol ko‘rinadi. Buni milliy bayramlar misolida ham kuzatish mumkin.
Chunonchi, o‘z ildizlari bilan zardushtiylikning Bahor va Quyosh
bayramiga borib taqaladigan yangi yil bayrami Navro‘zni ko‘pgina xalqlar bayram
qiladilar va u har bir xalqda o‘ziga xoslik kasb egadi. Xususan, asrlar davomida
19
chorvachilik bilan shug‘ullangan, ko‘chmanchilikka asoslangan turmush tarzi
xukmron bo‘lgan qirg‘iz, turkman xalqlarida va dexqonchilik bilan shug‘ullanib,
o‘troq turmush tarziga ega bo‘lgan o‘zbek va tojik xalqlarida bu bayramni
nishonlash bir-biridan ozmi ko‘pmi farqlanadi.
Shunday bo‘lsada, madaniyatdagi milliylikni bir madaniyatni boshqasidan
farqlovchi milliy o‘ziga xoslik bilan bog‘lash metodologik jihatdan noto‘g‘ridir.
Har bir madaniyatda qadrdon va yaqin bo‘lib qolgan boshqacha aytganda,
milliy ham hisoblanadigan elementlarning muayyan qismi aslida nisbatan keng
doirada tarqalgan bo‘lishi qatiy haqikatdir. Masalan, o‘zbek madaniyatida boshqa
xalqlar bilan umumiy bo‘lgan elementlar ham anchagina o‘rinni egallaydi.
Ular doirasiga mintaqa, turk, umuman Sharq yoki islom diniga e'tiqod qilo‘vchi
xalqlarga xos bo‘lgan xususiyaglarni kiritish mumkin. Har qanday madaniyat
rivojlanishida etnik, milliy o‘ziga xoslikning ustuvorligi madaniyatlarning o‘z
doirasi bilan cheklanib qolishini, ularning max mahkumligini bildirmaydi.
Ayrim orollar va tropik o‘rmonlardagi qabilalarii inobatga olmaganda hozirgi
davrda bu amaliy jihatdan umuman mumkin emas. Madaniyatlardagi o‘ziga
xosliklar, madaniyatlar shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari, millat bosib
o‘tgan yo‘lning spetsifikasi bilan ham uzviy bog‘liq. Zero, har bir xalq bosib
o‘tgan yo‘l uning tili, adabiyoti, san'ati, me'morchiligi, umuman madaniyatning
barcha sohalarida o‘zining ifodasini topmay qolmaydi. Shu ma'noda millag
madaniyati uning tarixining ko‘zgusi hisoblanadi. Madaniyatlardagi o‘ziga
xosliklarning kamol topishida ular shakllangan jug‘rofiy muhitning ta'siri ham
katta. Bu ta'sirning rolini mutloqlashtirmagan holda uning turli shakllarda ro‘y
berishini ta'kidlash zarur. Tarixda ana shu o‘ziga xosliklarni mutloqlashtirishga
urinishlar ko‘plab bo‘lgan. Bunday yondashuvlar hozir ham mavjud. Ularning
mohamiyati mavjud uchiga xosliklarni o‘zgartirmay saqlab qolishga intilishda
hamda xalqning o‘zligi, yagonaligi, betakrorligi bir butunligini ta'minlashning
kafolati sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni mutloqlashtirishga urinishlarning bir
ko‘rinishi, xolos. Chunki jamiyat rivoji davomida u yoki bu millat
20
madaniyatining o‘ziga xosliklaridan kelib chiqib, uning boshqa xalqlar
madaniyatiga nisbatan ustunligini asoslashga harakat qilo‘vchi oqimlar, qarashlar
ham yuzaga kelganini ta'kidlash zarur
1
.
"Negrityud", "arabizm", "panslavizm" kabi oqimlar ana shu ikkinchi
yo‘nalishdagi mutloqlashtirishning o‘ziga xos ko‘rinishlaridir. Bir madaniyatning
ikkinchisiga nisbatan ustunligini ilgari suruvchi yuqoridagi kabi qarashlar
milliy-madaniy yoki mintaqaviy mumtozlik shaklida o‘z ahamiyatiga ko‘ra
g‘ayriilmiy bo‘lib, biror bir ham hayotiy asosga ega emas. Zero, milliy o‘ziga
xoslik bilan cheklanib qolish milliy-madaniy taraqqiyotga emas, aksincha milliy
mahdudlikka, oxir-oqibatda esa shu madaniyatning xalokatiga olib keladi.
Madaniyatda milliylik va umuminsoniylnk madaniyatlarning o‘zaro ta'siri va
boyishi tabiiy jarayon bo‘lsa-da, ilmiy adabiyotlarda hech qanday o‘zaro
madaniy ta'sirlashuv yo‘q, har bir madaniyat o‘zicha paydo bo‘lib mustakil
rivojlanish yo‘lini bosib o‘tadi, uzga madaniyatlar rivojida hech qanday iz
qoldirmay xalokatga yuz tutadi, degan qarashlar ham mavjudligi ma'lum.
Bunday qarashlar madaniyatlar rivojining o‘ziga xos talqini sifatida yashash
xuquqiga ega bo‘lsa-da, u tarixiy asosga ega emasligini qayd etish lozim. Zero,
tarix madaniyatlarning doimiy ravishda bir-biriga ta'sir ko‘rsatganidan, bir
qadriyatlarning boshqa madaniyatlar zaminida ildiz otib, gurkirab rivojlanganidan
dalolat beradi.
Madaniyatlarning o‘zaro ta'sirlashuvi va boyishi haqida gap ketar ekan, bu
jarayonga etnosentrizm, ya'ni o‘z madaniyatini yuksak madaniyat namunasi,
deb bilish, o‘z milliy qadriyatlarinigina etalon sifatida talqin etish, o‘zga
madaniyatlarga past nazar bilan qarash, ularni g‘ayrimadaniy xodisa sifatida
baxolash jiddiy zarar yitkazishini ta'kidlash zarur. "Taraqqiy qilgan va qaloq
madaniyatlar", "rivojlangan va primitiv madaniyatlar" degan ta'riflar ana
shunday yondashuv yashiringan. Tabiiyki, o‘zgacha milliy-madaniy qadriyatlar
muayyan madaniy mezonlar nuqtai nazaridan talqin qilinadigan, faxrlanadigan
1
O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. Ikki jildlik. 1-jild.-T.: O‘qituvchi, 1995. -23-6
21
bo‘lsa o‘zaro ta'sir va boyishga umid bog‘lash nihoyatda mushkul. Vaholanki,
boshqa madaniyatga millat bosib o‘tgan tarixiy yo‘l, u yashayotgan muxit,
ishlab chiqarish va turmush tarziga xos xususiyatlardan kelib chiqib yondashish
zarur. Shundagina uning mohiyatini, unda ifodalayotgan umuminsoniy mazmunni
anglash, madaniyatlar tizimidagi betakror o‘rnini to‘g‘ri baxolash mumkin
bo‘ladi.
Demak, o‘z madaniyati, uning qadriyatlar olamidan, unga mansublikdan
g‘ururlanish boshqa madaniyaglarga hurmat va e'tibor bilan qarashi ham taqoza
etadi. Ana shundagina o‘zaro hamkorlik uchun yo‘l ochiladi. Shuning uchun
ham, insoniyat madaniyagining buyuk namoyandalari o‘zga xalqlar,
madaniyatlarga o‘zlarining chuqur hurmatlarini namoyon etganlar. Chunonchi,
ulug‘ ajdodlarimiz milliy madaniyatimiz yutuqlari bilan xaqli ravishda
faxrlangan xolda o‘zga madaniyatlarga katta hurmat bilan qarab, ularni har
tomonlama bilish, o‘rganish va tushunishga harakat qilganlari ham fikrimizning
isboti bo‘la oladi.
O‘zaro ta'sir jarayonida hamma vaqt bir milliy madaniyatga o‘zga
madaniyat elementlari kirib keladi. Bunday o‘zaro boyish, ulardagi umumiy
tomonlarning yuzaga kelish jarayoniga baynalmilallashuv (internatsionallashuv)
deyiladi. Tarix bunday o‘zaro ta'sir va boyish jamiyat rivojlanishiga hamoxang
ravishda tezlashib borishini ko‘rsatadi.
Madaniyatdagi internatsional elementlarning yuzaga kelishida ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy aloqalar bilan bir qatorda geografik muhitning ham
o‘ziga xos o‘rni va ta'siri bor. Shunday bo‘lsa-da, baynalmilallikni faqat
muayyan mintaqa xalq umri madaniyatidagi umumiy tomonlar deb tushunish,
yani uni mintaqaviylikka olib borib tashlash noto‘g‘ri bular. Masalan,
Markaziy Osiyo bilan arab mamlakatlari o‘rtasida geografik yaqinlik yo‘q. Ammo
yagona dinga mansublik ular madaniyatidagi muayyan umumiylikning yuzaga
kelishiga sabab bo‘ldi. Bu baynalmilallik bir qator milliy madaniyatlarga xos
bo‘lgan umumiy tomonni ifodalashini ko‘rsatadi. Bunda u yoki bu xodisani
baynalmilal, deb baholayotganda qanday mezon olinayotgani ham muxim
22
ahamiyatga ega. Chunki millat madaniyatining ba'zi elementlari bir, ayrimlari
esa boshqa mintaqa xalqlari madaniyati bilan umumiy bo‘lishi mumkin.
Shu o‘rinda madaniyatdagi mintaqaviy umumiylikni bir tomonlama talqin
qilish ham o‘rinsiz ekanini ta'kidlash zarur. Xususan, "yevropamarkazchilik",
"osiyomarkazchilik" yoki "afrikamarkazchilik" kabi o‘ta zararli qarashlar ana
shunday bir yoqlamalikka - mintaqaviy o‘ziga xosliklarni mutloqlashtirish, o‘z
madaniyati mezonlaridan kelib chiqib, o‘zga mintaqalar madaniyatini
baxolashga intilishning xosilasi hisoblanadi. Bunday qarashlar siyosatning
g‘oyaviy asosini tashkil qilganda esa madaniyatlar rivojida salbiy, ba'zan
fojiali xolatlarni keltirib chiqargan. Sho‘ro tuzumi davrida madaniyatimiz
rivojlanishida sodir bo‘lgan ayrim salbiy xodisa, jarayonlar ham fikrimizning
isboti bo‘la oladi. Mintaqaviy o‘ziga xosliklarni mutloqlashtirish haqida gap ketar
ekan, uni global talqin qilish shakli, Sharq va Fapb madaniyatlarini bir-biriga
qarama-qarshi qo‘yish Xolati ham mavjudligini ta'kidlash zarur. Yangi davrda
(XVI-XVII asrlar) Yevropada paydo bo‘lgan bunday qarashlar xristian (lotin
tilli) va islom (arab tili) madaniyatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish,
Sharqning qoloqligi, taraqqiyotga layoqati yo‘qligini asoslashga urinishning
natijasi edi. Keyinroq bu qarashlar Barbning butun Sharqqa nisbatan
sivilizatorlik roli haqidagi qarashlar bilan to‘ldirildi. Bunday qarashlar mutloqo
asossiz ekanini, Sharq jahon madaniyati taraqqiyotiga ulkan, ham hissa
qo‘shganini isbotlash uchun uzoqqa borish shart emas. Chunonchi, Xorazmiy,
Farg‘oniy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino kabi buyuk ajdodlarimiz asarlarisiz
jahon ilmiy tafakko‘rining bugungi rivojini tasavvur qilish mumkin emas. Antik
Yunoniston falsafasi Yevropaga o‘rta asrlarning oxiri va Uyg‘onish davrida aynan
Sharq faylasuflari asarlari orqali ma'lum bo‘lgani va falsafa ilmi rivojlanishining
yangi bosqichini belgilab bergani ham tarixiy faktdir
1
.
Jahon madaniyati rivojiga ulkan hissa bo‘lib qo‘shilgan yutuqlar har bir
milliy madaniyatda mavjud. Sharq va Fapb madaniyati doimo o‘zaro ta'sirda
bo‘lib, bir-birining boyishiga xizmat qilganini ko‘rsatuvchi misollarni ham
1
Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot: Ilmiy ishlar to‘plami /Muharrir A.Umarov.-T.: O‘zbekiston, 1997.-199 b.
23
istagancha topish mumkin. Ammo bir narsa aniq Sharqning qoloqligi, G‘arbning
ilg‘orligi haqidagi qarashlar Sharq tarixi va madaniyatini umuman bilmaslik, uni
gayriilmiy talqin qilish oqibatidir. Sharqning hozirgi zamon tarixi ham bunday
qarashlarning o‘rinsizligidan dalolat beradi. Chunonchi, XX asrning ikkinchi
yarmida qotib qolgan, o‘zgarishlarga moyil bo‘lmagan, deb qaralgan Sharq
jadal ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish bosqichiga kirdi. Yaponiya
mo‘'jizasi, "Osiyo yo‘lbarslari" (Janubiy Koreya, Filippin, Tailand)ning keskin
taraqqiyoti, Malayziya, Indoneziya kabi islom dini ustuvor bo‘lgan
mamlakatlarning jiddiy yuksalish yo‘liga kirishi bu g‘oyalarni chippakka
chiqardi, Sharq va ijtimoiy taraqqiyot bir-biriga zid tushunchalardir, degan
qarashlarning asossizligini yana bir marta ko‘rsatib berdi. Respublikamizning
mustaqillikka erishib, barqaror rivojlanish yo‘lidan dadil odimlab borayotgani
ham yuqoridagi fikrlarning mantiqsizligini ko‘rsatadi. Madaniyatlarning o‘zaro
ta'sirlashuvi, ularda baynalmilal jihatlarning shakllanishi va rivojlanishi haqidagi
fikrlarni davom ettirgan holda bir xususiyatni-baynalmilal elementlar barcha
madaniyatlarda bir paytda va birdaniga yuzaga kelmaslsh imi alohida qayd
etish lozim.
Avvalo, bunday elementlar bir madaniyat doirasida yuzaga kelib, keyin
boshqa madaniyat ichiga kirib boradi, o‘ziga xos milliy bo‘yoq va mazmun kasb
egallaydi. Masalan, xorijda paydo bo‘lgan opera, balet, kino kabi madaniyat
xodisalari ta'sirida o‘zimizning betakror va o‘ziga xos milliy opera, balet,
kino san'atimiz shakllandi. Ayni paytda, bu soxalarda erishgan yutuqlarimiz,
betakror san'at asarlarimiz va yituk ijodkorlarimiz faoliyati qo‘shni xalqlarda
ushbu sohalar rivojiga u yoki bu tarzda ta'sir ko‘rsatayotgani ham hech kimga sir
emas. Demak, bir madaniyat doirasida shakllangan xodisalar boshqa
madaniyatlarga singishi, milliy ro‘x bilan sug‘orilgan holda o‘z doirasidan
chiqishi, ya'ni yangidan internatsional mazmun kasb etishi mumkin. Milliy
madaniyatlar tarkibidagi ayrim xodisalar, masalan, fan o‘z moxiyatiga ko‘ra
internatsionaldir. Zero, ijodkorlari qaysi millatga mansub bo‘lishidan, ilmiy
haqikat turli tillarda ifodalanishidan qat'i nazar, fan xulosalari, teoremalari,
24
aksiomalari, formulalari ob'yektiv harakterga ega bo‘lgani uchun ham
barchaga birdek tushunarlidir. Madaniyatdagi milliy, baynalmilal, umuminsoniy
elementlar haqida gap ketganda metodologik ahamiyatga ega bo‘lgan bir
masalaga dikkatni karatish lozim. "Milliylik", "baynalmillalik" va
"umuminsoniylik" kategoriyalari bir-biri bilan "yakkalik", "xususiylik" va
"umumiylik" kategoriyalari kabi dialektik birlikni tashkil etadi. Xususiylik va
umumiylik kategoriyalari bir-biri bilan umumiylik darajasiga ko‘ra
farqlanganidek baynalmilallik va umuminsoniylik kategoriyalari ham o‘zaro
shunday farqlanadi. Qanday madaniyat o‘z moxiyatiga ko‘ra milliydir. Chunki
uning yaratuvchisi o‘z tarixi va turmush tarziga ega bo‘lgan muayyan xalqdir.
Shuning uchun ham, har qanday madaniyat, uning yaratuvchisi ko‘p yoki
kam sonli bo‘lishidan qat'i nazar, o‘z tabiatiga ko‘ra noyob va betakrordir. Ammo
har qanday madaniyat hech qachon "sof" milliy bo‘lolmaydi. Zero, har
qanday millat madaniyati ham milliy, ham baynalmilal, ham umuminsoniy
elementlarga ega bo‘ladi. Biz odatda milliy deb qabul qiladigan xodisalarimiz
ham o‘z moxiyatiga ko‘ra chuqur umuminsoniy harakterga ega. Masalan,
Sharq xalqlariga xos kattalarga hurmat, mexmondo‘stlik, bolalarga muhabbat,
sabr-toqatlilik kabi xodisalar umuminsoniy qadriyatlarning milliyligida namoyon
bo‘lishidir. Bunday jihatlar har qanday madaniyatni o‘zga xalqlar, butun insoniyat
madaniyati bilan uzviy bog‘liq xolda hisoblanadi. Umuman olganda, insoniyat
madaniyati o‘zini baynalmilal va umuminsoniy belgilar orqali namoyon
qiladigan milliy madaniyatlar birligidir. Madaniyatlar rivojida milliylik,
baynalmilallik va umuminsoniylikning birligi esa yaxlit va serqirra jarayon
sifatida universal ijtimoiy qonunlar zamirida rivojlanadi va turli xalqlar tarixiy-
madaniy faoliyatining natijasi sifatida chiqadi.
Madaniyat g‘oyat murakkab, ko‘p qirrali ijtimoiy, ma'naviy, moddiy
qadriyatdir, U tor va keng ma'nolarga ega: tor ma'noda ma'naviy madaniyat tarzida
talqin etiladi. Bunda kishilar, xalqlarnipg madaniyat darajasi, ijtimoiy ong
shakllarining qanchalik rivojlanganligi, ularga bog‘lik bo‘lgan madaniy-ma'rifiy
muassasalar faoliyagi, odamlar va ular uyushmalari o‘rtasidagi munosabatlarning
25
insoniylik xususiyatlari nazarda tutiladi. Masalan, falsafiy madaniyat, muomala
madaniyati, axloqiy madaniyat, savdo-sotiq madaniyati ovqatlanish madaniyati,
uy-ro‘zg‘or tutish madaniyati, xulq-odob madaniyati va hokazo, keng ma'noda zsa
madaniyat xalq ommasi yaratgan, tarixan tarkib topgan milliy va ma'naviy
boyliklar yig‘indisini ifoda qiluvchi falsafiy kategoriyadir. Bunda odamzod
ijtimoiy-iqtisodiy, manaviy kamoloti, tabiat va jamiyat kuchlariga ta'siri o‘z
ifodasini topadi.
Demak madaniyat kategoriyasi odamzod tajribasi, bilimlari, texnika vositasi
bilan yaratilgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklarni mujassamlashtiradi.
Bundan moddiy va ma'naviy madaniyat mavjud, degan xulosa chiqadi.
Ma'naviy madaniyat kabi moddiy madaniyat kategoriyasi ham juda murakkab
va ko‘p qirralidir. Masalan, ishlab chiqarish va texnika madaniyati, dexqonchilik
madaniyati, mehnatni tashkil qilish madaniyati, qurilish madaniyati, turmush
madaniyati, injenerlik madaniyati, pazandalik madaniyati xokazolar moddiy
madaniyatga kiradi. O‘z navbatida moddiy madaniyatning konkret shakllari ham
juda murakkab. Misol uchun turmush tarzini olib ko‘raylik. U ham moddiy, ham
ma'naviy xodisalarni qamrab oladi. U uy-joy kiyim-kechak, uy jixozlari, ozodalikq
pazandalik mexmonnavozlik oila va jamiyat, maishiy xizmat, dam olish kabi
jihatlarni qamrab oladi
1
.
Ma'naviy madaniyat fan, falsafa, san'at, adabiyot, axloq din, xuquq siyosat,
maorif, ma'rifat va xokazolar yig‘indisidan tashkil topadigan insonning ichki
ma'naviy ruhiy olami, insoniyat jamiyatining muayyan holatidir.
Respublikamizda xalqaro miqyosda e'tirof qilingan chinakkam xalqchil,
umumbashariy ahamiyatga moillik madaniyat qaror topganligini aytish o‘rinlidir.
Madaniyatimiz qudratli ta'sirining manba'lari, birinchidan, xayrli an'analarning
tarixiy ildizlari chuqurlashida, ikkinchidan, hayot haqiqatiga sodiqligida,
uchinchidan, insonparvarligi va optimizmida, to‘rtinchidan, xalqimizning
ma'naviy-axloqiy kamoloti yuksakligidadir. Davlatimiz mehnat axlining ma'naviy
va moddiy madaniyat boyliklarini to‘laroq chuqurroq o‘zlashtirishga, ularni badiy
1
http://www.lawbook.ru
26
ijodkorlikka faol jalb etishga katta ahamiyat berayotir. Yana u xalqimizni,
yoshlarni jahon madaniyatining eng yaxshi namunalari asosida estetik tarbiyalash
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda.
Xolis aytganda, qo‘yilgan maqsad o‘z olijanobligi, insoniyligi bilan
tavsiflanardi.
«Madaniy inqilob»ni amalga oshirish jarayonida qisqa muddatda O‘zbekiston
aholisi yalpi savodxon bo‘lib qoldi, jahon madaniyati durdonalaridan foydalanib,
ilm-fan salohiyati rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetdi. Ishlab chiqarish
hozirgi zamoy texnikasi va texnologiyasi bilan qurollandi. Qishloq xo‘jaligida ilm-
fan yo‘tuqlari jadal qo‘llanildi. Texnika va texnologiya, hozirgi zamon
informatikasi bilan ishlay oladigan kadrlar ilmiy texnika inqilobi ishib chiqdi.
Ijtimoiy, iqtisodiy hayotda, umuman madaniy turmushda ilgari mavjud bo‘lmagan
qulayliklar vujudga keldi.
Biroq «Madaniy inqilob»da ham partiyaviylik, sinfiylik tamoyillariga amal
qilish milliy madaniyatning o‘ziga xosligini amalda inkor etishga, uning
ovrupolashtirishga, dag‘allashtirishga, noinsoniy ma'naviy qiyofaning
shakllanishiga, olg‘irlik psixologiyasiga yo‘l ochib qo‘ydi. Toshbag‘irlik odamlar,
butun-butun xalqlar taqdiriga befarq qarash, loqaydlik andishasizlik, surbetlik,
boqimandalik tashqi bezaklarga maxliyo bo‘lib ichki insoniy xulq-odob xis-
tuyg‘ularidan maxrum bo‘lish, sharm-xayosizlik mehr-oqibatsizlik kabi holatlar
«madaniy inqilob» tufayli an'anaviy (insoniy) turmush tarzini muayyan darajada
izdan chiqarishga olib keldi. Ma'naviyatdan maxrum bo‘lish o‘g‘irlik, yulgichilik,
poraxo‘rlik, qotillik, foxishalik, imon-e'tiqodsizlik avj olish, uchun bir sharoit
yaratdi. Shuning uchun ham O‘zbekistan Rsspublikasi Prezidenti I.A.Karimov
ma'naviyat biz uchun suv bilan xavodek kerak deb yana quyidagilarga e'tiborni
qaratmoqda: «Milliy madaniyatning o‘ziga xosligini tiklashga aloxida e'tibor
berilishi kerak. Shu bilan birga milliy o‘z-o‘zini anglashning tiklanishi jahon
insonparvarlik madaniyati umumbashariy qadriyatlari ideallaridan, bizning ko‘p
millatli jamiyatimiz an'analaridan ajralib qolishi mumkin emas»
1
.
1
I.A.Karimov ‘‘Yuksak ma’naviyat yingilmas kuch’’ “Ma’naviyat”2008.
27
Ma'naviy madaniyat o‘z shakli jihatidan ikki xil - milliy va baynalmilal
(internatsional) bo‘ladi. Uning milliy shakli muayyan millat, elatning tarixan tarkib
topgan madaniyatidir. U bularga xos turmush tarzi, ruxiy holat, munosabatlarni,
xususiyatlarini inkor ettiradi.
O‘zbek milliy madaniyatida umumbashariy jihatlar ko‘p. Uning mazmuni
inson hayoti, uning munosabatlarining barcha yo‘nalishlarida ijodiylik faollik
yaratuvchi mehnat qilishni ifodalaydi. U g‘ayriilmiy, zararli oqimlarga,
madaniyatsizlik sharm-hayosizlik toshbag‘irlik jaholat va xurofotga tubdan yotdir.
Madaniyat ijtimoiy amaliyot jarayonida butun insoniyat yaratgan hamda
muayyan jamiyat taraqqiyotida tarixan erishilgan bosqichni anglatadigan moddiy
va ma'naviy qadriyatlar yig‘indisi sifatida ham namoyon bo‘ladi.
Madaniyat taraqqiyogi muayyan ob'yektiv qonunlarga bo‘ysunadi. Ular
quyidagilardan iborat: 1. Madaniyatning vujudga kelishi, bir tipdan ikkinchisiga
o‘tishi, ishlab chiqarish munosabatlari tasnifi (harakteri), ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlarga ham bog‘liq. 2. Madaniyat taraqqiyotida vorislik muxim o‘rin
egallaydi. Jamiyatda ilgari xosil etilgan, to‘plangan moddiy, ma'naviy boyliklarni
o‘zlashtirish, ijodiy rivojlantirish orqali madaniyat takomillashib boradi; inkorni
inkor qonuni tufayli taraqqiyotning oldingi bosqichidagi tajribalarni tanqidiy
o‘zlashtirish okibatida yuksaladi. 3. Madaniyat taraqqiyparvar yoki unga zid,
eskirgan yoki yangi g‘oya, mafko‘ra, oqim, mayllar kurashida ham namoyon
bo‘ladi. Unda har doim ziddiyatlar paydo bo‘lib, xal etib boriladi.
Ayrim jamiyatshunoslar madaniyatni moddiy negizidan, ijtimoiy-iqtisodiy
hayotdan ajratadilar bu xato. Chunki jamiyat taraqqiyotining muayyan
bosqichidagi moddiy iyegiz va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardan ajralgan va
ulardan yuqori turadigan qandaydir alohida madaniyat yo‘q bo‘lishi ham mumkin
emas. Madaniyat jamiyat taraqqiyoti bilan birgalikda muttasil rivojlnib turadi.
Uning tip(tur)lari ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichlarida erishilgan
moddiy boyliklar xajmi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar takomili darajasiga asosan
muvofiq keladi.
28
Chunonchi, iqtisodiy rivojlanish G‘arb mamlakatlariga ko‘r-ko‘rona ergashish
yo‘lidan, texnologik sig‘inish xislarini rivojlantirish asosida an'anaviy milliy
madaniyatdan endilikda boshqa shaklda judo bo‘lishga olib kelib qo‘yish xavfi
paydo bo‘lmoqda. O‘zbekistonda iqtisodiy isloxotlar, texnika taraqqiyoti tarixan
ezgu milliy madaniyatning qaror topishi, shu asnoda tobora ketayotgan hozirgi
zamon sivilizatsiyasini xalokatdan saqlab qolishga ta'sir o‘tkazish yo‘lidan borsa,
maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Bunday milliy va insonparvarlikka xizmat qilish
imkonini beradigan diniy qadriyatlardan oqilona foydalanish malakasiga ega
bo‘lish o‘zbek ziyolilari zimmasiga aloxida yuksak mas'uliyat yuklamoqda.
Respublika hukumati kishilarimiz ma'naviy qobiliyatini yanada kengiroq
yuzaga chiqarish niyatida ular hayotiy ma'naviy jihatdan boy, ko‘p qirrali qilish
uchun birmuncha tadbirlarni belgilamoqda. Ma'naviy merosimizni, tarixiy
obidalarni avaylab, ardoqlab, e'zozlab rivojlantirishga qaratilgan jamoatchilik
tashabbuslarini, bu tadbirlar uchun berilayotgan mablag‘larni mamnuniyat bilan
qabul qilib olib, ularning egalarini rag‘batlantirmoqda.Chet ellar bilan ma'naviy
qadriyatlar, jumladan, madaniy kadriyatlarli keng ko‘lamda, erkin ravishda
almashib turishga katta e'tibor berilmoqda. Bizning xalqimizning doimiy fazilati
bo‘lgan, haqiqatni bilish yo‘lidagi sabotni fan, texnika, texnologiya, va
informatikada erishilgan jahon yutuqlarini o‘zlashtirishga yunaltirish kerik bo‘ladi.
Faqat ana o‘shandagina O‘zbekistan o‘zining barcha boyliklarining chinakkam
egasi va xaqiqiy madaniy davlat bo‘lishi mumkin.
Xalqimizning madaniy merosiga extiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish,
zamonaviy madaniy boyliklarni ko‘paytirish, xalqning milliy madaniyati va o‘ziga
xosligini ifoda etuvchi vosita bo‘lmish o‘zbek tilini rivojlantirish, bu tilning davlat
makomini izchil va tuo‘liq ro‘yobga chiqarish, respublika hududida yashovchi
xalqlarning milliy madaniyatini va tillariga o‘zaro xurmat bilan munosabatda
bo‘lish zarurligi nazariy va amaliy dasturlar talablariga butunlay tegishlidir.
O‘zbek milliy madaniyati o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bular asosan
quyidagilardan iborat:
29
Tinch-totuv,
do‘stona, axil ijtimoiy guruhlardai iborat bo‘lgan
jamiyatimizning madaniyati umumxalq xususiyatiga ega. Madaniyat jamiyatimizni
yangilayotgan mehnat axlini halol-poklik insof-diyonatga yo‘naltiradi. U
xalqchillik va baynalmilalchilik ruhi bilan sug‘orilgan. Ilgarilari butun
insoniyatning aql-idroki, uning butun daxosi faqat bir narsa: texnika va madaniyat
boyliklarini ba'zi kishilargagina berish, boshqalarni esa eng zarur bo‘lgan maorif
va taraqqiyotdan mahrum etish uchun ijod qilinardn. Endilikda esa texnikaning
barcha mo‘'jizalari, madaniyat sohasida erishilgan hamma yutuqlari bilimdon
insonlar qo‘lida bo‘ladi va insoniyat aql-idroki va dahosi bundan buyon hech
qachon zo‘rlik vositasiga aylanmaydi.
Madaniyatimiz eng ilg‘or, g‘oyat ilmiy, izchil dunyoqarash - ilmiy falsafa
bilan chambarchas bog‘langani ma'qul. Bu dunyoqarash o‘zbek xalqining ijtimoiy
taraqqiyot qonunlarini bilish bilan qurollantiradi, fan va madaniyatning ravnaqiga
ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, metodologik asos rolini o‘ynaydi.
Bu madapiyat ijtimoiy hayot bilan bevosita bog‘langan. Hayotning o‘zgarishi
bilan madaniyat ham unga mutanosib ravishda o‘zgaradi; turg‘unlik va
chekinishdan o‘zini saqlaydi.
Ushbu madaniyat turli millat, elat madaniyatlarining o‘zaro yaqinlashuvidan,
shaklan ham, mazmunan ham yagona baynalmilal, umuminsoniy madaniyatga
aylanishidan hosil bo‘ladi
1
.
Sivilizatsiya tushunchasi o‘zining ko‘p mazmunliligi tufayli unga
extiyotkorona munosabatni yuzaga chiqardi. Chindan ham bu tushuncha madaniyat
tushunchasining sinonimi tarzida ham, unga qarshi turadigan bir yo‘nalish sifatida
ham talqin etiladi. Masalan, O.Shpengler sivilizatsiya madaniyatning keksayishi,
yuz-tuban ketishi, deb hisoblaydi. A.Toynbi esa fazo va vaqt bilan
bog‘lanmaydigan ijtimoiy madaniy tuzilma sifatida konkret jamiyatni tavsiflash
uchun sivilizatsiya tushunchasidan foydalanadi. Hozirgi paytda yer va kosmik
sivilizatsiyalari, ularning bir-biriga yaqinlashuvi tufayli sodir bo‘lishi nazarda
tutilgan holatlar, xaloqatlar haqida ham gan boryapti.
1
Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot: Ilmiy ishlar to‘plami /Muharrir A.Umarov.-T.: O‘zbekiston, 1997.-199 b.
30
Bunday talqinlarda muayyan haqiqat bor, ammo ular sivilizlsiya
tushunchasiga biryoqlama yondashish natijasidir.
Sivilizatsiya tiplarini belgilashda ham xilma-xilliklar mavjud. Masalan, Sharq
va Farb madaniyati, musulmon xristian madaniyati, texnogen madaniyat, aloxida
bir xalqning madaniyatini ideallashtirish tufayli o‘sha xalq milliy nomi bilan
ataladigan madaniyat va boshqa tushunchalar orqali sivilizatsiya yaxlit falsafiy
kategoriyalik xususiyatidan maxrum bo‘lib qoladi.
Ijtimoiy mehnat taqsimotiiing paydo bo‘lishi, shahar bilan qishloq aqliy
mehnat bilan jismoniy mehnat tafovutlarning paydo bo‘lishi, pul-tovar
munosabatlari takomillashishi natijasida yaxlit jahon bozoriniing vujudga kelishi
va boshqalar xalqlar turmush tarziii jiddiy ravishda o‘zgartirishga olib keladi. Bu
holat oila, nikox munosabatlari o‘rtasida shakllanib kelgan an'anaviy turmush
tarziga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi. Davlat qurilishi tizimi, xuquqiy, siyosiy institutlar,
mulkiy munosabatlar, millatlararo aloqalarda yangi bir bosqichni yuzaga keltirdi.
Natijada sivilizatsiya tushunchasining o‘ziga ham, uiing mazmuni va moxiyatiga
ham turlicha yondashuvlar sodir bo‘lmoqda.
Madaniyat bilan sivilizatsiya o‘rtasida umumiylik ya'ni birlik mushtaraklik
bor. Ular orasida yana tafovutlar (farq)lar ham mavjud. Umumiylik shundaki,
ikkisi ham tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq ommasi yaratgan, tarixan tarkib
topgan, moddiy va ma'naviy boyliklar, qadriyatlar yig‘indisi negizida rivojlanadi.
Madaniyat bilan sivilizatsiya orasidagi tafovut shundaki, sivilizatsiya inson
bilan insoniyat jamiyatining madaniy o‘zgartiruvchilik moddiy va ma'naviy
madaniyatni yaratuvchilik faoliyatining bir bosqichi, darajasidir.
«Sivilizatsiya» lotincha «Sivis» so‘zidan olingan bo‘lib, grajdanlik ma'nosini
anglatadi
1
. Yoki aholining tarbiyalanganlik sayqal topganlik ma'nolari ham bor.
Odamzod tomonidan tarixan tabiat va jamiyatni o‘ziga monand tarzda qayta
ko‘rish, takomillashtirish, unga sayqal berish, parvarishlash hamda shunga imkon
beradigan mehnat qurollari yaratish shu jarayonda odamzod o‘z tabiati va
moxiyatini ham o‘zgartirib borishi, bilimi, malakasini oshirish o‘zi yashayotgan
1
Ibrohim Karimov. Ma’naviyat, falsafa va hayot. –T.: “Fan” nashriyoti. 2007 yil. –B. 91.
31
maskanda qaror topgan madaniyat boyliklaridan baxramand bo‘lib, unga asoslanib
yashashga o‘rganish, mavjud ijtimoiy borliq undagi munosabatlarning (insoniylik
darajasi va boshqalar) sivilizatsiya tushunchasi bilan ifodalanadi. Sivilizatsiya
ijtimoiy-madaniy birikma sifatida madaniyatning ijtimoiy borligini ham anglatadi.
Shu ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong doirasida odam o‘z tanasi va ruxiy olamini
parvarishlash, insoniylashtirish uchun kurashish jarayonida sivilizatsiyani
rivojlantirishga xissa qo‘shadi. Agar keng ma'noda olsak sivilizatsiya xalq va
xalqlar ijodiy faoliyati, muayyan soxalardagi muvaffaqiyati, o‘ziga xos turmush
tarzining namoyon bo‘lishi hamdir. Sivilizatsiya tushunchasi tarixan turli
ma'nolarni anglatib kelgan. Hozirgi zamonda ko‘pincha texnika, texnologiya
muvaffaqiyatlari majmuasi va u bilan bog‘liq xolda yuzaga kelgan qulaylik
(komfort) sivilizatsiya deb tushuniladi. Shu tariqa sivilizatsiya tushunchasi o‘ziiing
ichki, insoniy mazmunidan maxrum bo‘lib qoladi.
Sivilizatsiyani turkumlashda xilma-xilliklar ko‘p. Chunonchi, ijtimoiy, sinfiy,
etnik diniy, davriy tamoyillar asosida turkumlashlar mavjud. Odamzod
faoliyatining aniq bir (konkret) jarayoniga nisbatan ham sivilizatsiyaga
yondashuvlar bor, Masalan, hozirgi zamon sivilizatsiyasi yozuv paydo bo‘lgan
davridan boshlab belgilanadi. Yoki texnikani qo‘llash bilan bog‘liq faoliyat asosida
sivilizatsiyaga yondashiladi
1
.
Sivilizatsiya tushunchasini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya yoki tarixiy davr
tushunchalari bilan aynanlashtirish yoki ularga qarama-qarshi qo‘yish yaramaydi.
Formatsiyalar to‘g‘risidagi ta'limot tarixiy jarayonlarni bir qolipga solib, jamiyat
taraqqiyotiga, madaniyatga ilmiy yondashuvni cheklab qo‘ydi. Tarixiy davr esa
insoniyat jamiyati taraqqiyotining muayyan boskichini, ishlab chiqarish usulini,
ijtimoiy progress darajasini anglatadi.
Sivilizatsiya esa har qanday formatsiyaga, tarixiy davrga qaraganda kengroq
tushuncha bo‘lib, unda umuminsoniy, umumbashariy jihatlar yitakchidir.
1
Ashirov A.O‘zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari.-T.: Alisher Navoiy nom. O‘zbekiston Milliy k-nasi
nashriyoti, 2007.-275 b.
32
Hozirgi zamon sivilizatsiyasi qudratli ijtimoiy ishlab chiqarish, taraqqiy etgan
ijtimoiy munosabatlar, zamonaviy transport va kommunikatsiya vositalariga
tayangan keng salmoqli aloqalar, moddiy va ma'naviy boyliklar, xuquqiy xo‘jalik
va ishlab chiqarishni boshqarishning takomillash uslublari asosida shakllandi.
Ilmiy-texiika inqilobi bilan bog‘lanib ketgan hozirgi zamon sivilizatsiyasi xayot
kechirish qulayliklarini yaratish ma'nosida ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. Ammo
shu bilan birga u xaddan ziyod falokatlarni ham keltirib chiqardi. Bu sivilizatsiya
oldida, birinchidan, energetik ikkinchidan, xomashyo, uchinchidan, oziq-ovqat va
chuchuk suv to‘rtinchidan, ekologiya, beshinchidan, demografik, oltinchidan,
termoyadro urushi xavfi, rak va SPID muammolari turibdi. Juda og‘ir g‘oyat
murakkab, o‘ta xavfli muammolar bo‘lib, ularni xal qilishda har qanday paysalga
solish insonit boshiga yangi katta kulfatlar keltirishi mumkii.
Madaniyat odam va odamzod faoliyati bilan uzviy ravishda bog‘liq ekanligi
yuqorida aytilgan fikrlardan ma'lum bo‘ldi. Odamzod jamiyat bo‘lib yashashga u
inson (jamiyatlashgan individ) faoliyatining sub'yektiv xususiy tomonlarini,
ijtimoiy tuzilma usuli va maromi, hayotiy faoliyat jarayonlarini tartibga solishning
zarur omili bo‘lib qoldi. Madaniyat inson faoliyatining moddiylashgan va ma'naviy
olgan bilimlari, tajribalarini to‘plash, ularni avloddan-avlodga uzatish kabi
nihoyatda muxim ijtimoiy vazifani bajaradi. Shu ma'noda madaniyatsiz jamiyat
yo‘q. bo‘lishi ham mumkin emas. Masalan. ijtimoiy-siyosiy g‘oyalar, nuqtai nazar
(konsepsiya)lar, ta'limotlarsiz hozirgi jamiyatlarni maromli boshqarish,
rivojlantirish, takomillashtirish mumkin emas kashfiyot, ixtirochiliksiz,
ijodkorliksiz, hozirgi ilmiy-texnika va texnologik taraqqiyotga erishishning iloji
yo‘q.
Aql-idrok qudrati tufayli yuzaga keladigan hamma soxalardagi bilim, tajriba,
kashfiyot inson kamolotiga va jamiyat taraqqiyoti. undagi barcha munosabatlar
insoniy tus olishiga xizmat qilishi kerak edi. Ammo ba'zan inson faoliyatining
natijalari uning o‘ziga qarshi turibdi. Chunonchi, pichoq oshpaz qo‘lida taom
tayyorlash vositasi, ma'naviy tuban odam ixtiyorida u qotillik vositasiga aylanadi.
33
Zahar bemorni davolashi yoki odamni o‘ldirishga xizmat qilishi mumkin.
Atom parchalanishining ixtiro qilinishi natijasida texnika va texnologiyada, ishlab
chiqarish va jamiyatni boshqarishda misli ko‘rilmagan yangi imkoniyatlar vujudga
keldi. Ayni chog‘da olimlar ixtirosi bo‘lgan atom energiyasi siyosatchilar va
harbiylar ixtiyoriga o‘tib ketgach, odamzodning o‘zini tur sifatida saqlanib qolish
xavfi tug‘dirdi. YOki ko‘mir, neft resusrlari tugab borayotganligi natijasida paydo
bo‘layotgan atom elektr stansiyalari ma'lum darajada bartaraf etyapti. Ammo
mas'uliyatsiz konstruktorlar, injenerlarning faoliyati oqibatida bu stansiyalar, atom
qurilmalari katta xavfni keltirib chiqarmoqda
1
.
Sivilizatsiya so‘zining lug‘aviy ma'nosiga nisbat berib, unga munosabat
belgilagan ma'kul bulsa kerak. Ya'ni grajdanlik yoki tarbiya kurganlik
madaniyatlilik ma'nosida sivilizatsiya madaniyatga, insoniyatning madaniy
taraqqiyotiga aslo qarama-qarshi turmaydi, aksincha, uning tarkibiy qismi sifatida
katta ijtimoiy ahamiyatga molik bo‘ladi. Ilmiy texnika inqilobi yordamida va u
tufayli insoniyat madaniy taraqqiyotning yangi eng yuqori bosqichiga ko‘tarilish
imkoniyati bor. Agar madaniyat umuman narsani parvarishlash, unga sayqal berish
ma'nosida odamning o‘zini-o‘zi va jamiyat orqali tarbiyalab borishini ham nazarda
tutsa, sivilizatsiya inson ruxiy olamini, ma'naviy-axloqiy qiyofasini tarbiyalashdan
iborat fo‘nksiyani bajargani ma'qul, deb o‘ylaymiz. Agar Ilmiy texnika inqilobi
hozirgidek ma'naviyatdan ajralgan holda davom etsa, chindan ham sivilizatsiya
barham topib ketadi. Agar Ilmiy texnika inqilobini inson qalbini munavvar etish,
barcha odamda (o‘g‘ri, poraxo‘r, qotil, foxishada ham) potensial ravishda mavjud
bo‘lgan ezgulikka intilish ruxidan foydalanib, bu ruxni insoniylashtirish uchun
zarur bo‘lgan barcha moddiy va ma'naviy saloxiyotdan foydalanilsa, shu asosda
jamiyatdagi hamma munosabatlar oqilona izga solib yuborilsa, unda odamzod o‘z
tarixining yangi, ulug‘ bosqichiga qadam qo‘yishi shubxasiz. Demak inson qalbi,
ruxini poklash orkali har bir jamiyatda ma'naviy-axloqiy muxitni sog‘lomlashtirish
insoniyat boshida paydo bo‘lgan va tobora quyuqlashib borayotgan «qora
bulutlar»ni xaydab yuborishga imkon beradi.
1
http://www.troek.net/zakaz.htm.ru
34
Ilmiy texnika inqilobi tufayli paydo bo‘lgan katta imkoniyat insoniyat aql-
zakovati, butun faoliyati sivilizatsiyani qaror toptirishga xizmat qilishi uchun
ma'naviy-axloqiy tarbiyaga biriichi darajali ahamiyat berilishi darkor. Bu
maqsadga erishish uchun ilm, madaniyat, ma'rifat axli bilan din axli kuchlarini
birlashtirish favqulodda ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘z taqdirini o‘zi belgilash,
ijtimoiy tanlovda adashmasligi uning har tomonlama komil inson sifatlarini
namoyon eta olishida sivilizatsiyaning roli benixoyadir. Inson o‘z-o‘zini
anglashida, milliy maqsadlarini to‘g‘ri belgilab olishida sivilizatsiya yordamga
keladi.
1
Bilim va tadbirkorlik har bir odamga zarur bo‘lsa, sivilizatsiya tug‘dirgan
imkoniyatlardan foydalanib, insoniy fazilatlarga ega bo‘lish ham shu darajada
zarur. Ana shu ikkisi birlashsa, odamzod ma'naviy boy, axloqiy pok ravon yo‘liga
kirib oladi. Ma’naviyat yo‘liga kirib, hayotini unga bag‘ishlagan odam albatta
imonli bo‘ladi. Imonli odam esa so‘zi bilan ishi bir, xalq Vatan ishqida fidoyi,
mard, olijanob, insof-diyonatli bo‘ladi. Ma'naviy boylik tashki guzallik bilai
uygunlashib, odam uzi ulug va mutabar zot ekanini hamma xatti-harakatlari,
faoliyatida namoyon etib turadi. Bunday kishilardan el-yurt rozi bo‘lgan, xalq ota-
onangga, g‘arbiya bergan murabbiylaringga rahmat, deydi. Yoshlar ana shunday
komil insonlar bo‘lish imkoniyatiga ega. Faqat bu imkoniyatni voqelikka
aylantirish uchun ichki bir qudratga ega bo‘lish lozim. Bu qudrat o‘zbek milliy
madaiiyatida ham juda yaxshi namoyon bo‘ladi.
Agar Fapb madaniyati odamga keragidan ortiq erk berib, jamiyat, oila
oldidagi burchini uning soyasida qoldirsa, sharq jumladan o‘zbek madaniyati
insonlarning jamiyat, oila, farzandlar oldidagi katta burchini anglatish doirasida erk
beradi. Mana shu madaniyat sarchashmalaridan baxramand bo‘lgan insonlarda
halollik kamtarinlik rostgo‘ylik saxovatpeshalik insonparvarlik samimiyat,
mexmondo‘stlik mehnatsevarlik ko‘proq yorqinroq gavdalanadi. Bunday odamlar
o‘z ona tili boyliklarini mukammal egallagan, ayni chog‘da yana 3- 4 xorijiy
1
Ashirov A. O‘zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari.-T.: Alisher Navoiy nom. O‘zbekiston Milliy k-nasi
nashriyoti, 2007.-275 b
35
tillarni ham bilgan, o‘zga millat, elatlar madaniyati, urf-odatini xurmat qila
oladigan ulug‘ shaxslardir sifatida namoyon bo‘ladilar.
Madaniyatli inson, ayniqsa bo‘lg‘o‘si mutaxassis boshqalar bilan muloqotda
g‘oyat xushmuomala, shirinsuxan, gapga chechan, tashqi qiyofasidan nur-ziyo
yog‘ilib turadigan dilkash bo‘lishi kerak. Bu, hozirgi sivilizatsiya talabidir.
Dilozor, qo‘pol so‘zli, dag‘al, tush kalondimog‘, maqktanchoq odamlardan hamma
qochadi, ulardan nafratlanadi. Chunki bunday odamlar madaniyatsiz, axloqsizdir.
Jamiyatimizda demokratiyaga, fikrlar xilma-xilligiga yo‘l qo‘yilayotgani
uchun madaniy saviyasi past ba'zi odamlar ham mulozara, baxslarda ishtirok
etmoqdalar. Natijada ular jamiyatdagp nuqul nuqson, illatlarga jiddiy e'tiborni
qaratib, milliy mustaqillik tufayli qaror topib borayotgan ma'naviyat qadr-
qimmatini tushirmoqchi bo‘ladilar. Ular kamchiliklarni ochayotganda, tanqid
qilayotganda odamlarning izzat-nafslariga tegadilar, muayyan dunyoqarash asosida
shakllangan imon-e'tiqodlarini taxqirlaydilar. Konstitusiyada belgilagan xuquq va
burchlarni nazar-pisand qilmaydilar.
Har bir ziyoli xuquqiy demokratik davlat, grajdanlik jamiyatini barpo
etishning oldingi safida boradigan ma'naviy olami boy bo‘lishi uchun hozirgi
zamon madaniyatining barcha sarchashmalaridan baxramand bo‘lmog‘i, chin
sivilizatsiyalashgan inson timsoliga aylanmogi darkor.
1
1
Ibrohim Karimov. Ma'naviyat, falsafa va hayot -T.: “Fan”, 2007-yil. 95-100-b
|