Tadqiqot metodlari:
1.Mavzuga doir falsafiy, siyosiy, pedagogik
va
psixologik
adabiyotlarni o‘rganish, tahlil qilish;
2. Qiyosiy-pedagogik tahlil;
3. Anketa, suhbat,
4. Ko‘rsatmalarni o‘rganish;
5.Monitoring olib borish.
Malakaviy bitiruv ishining nazariy ahamiyati. Respublikamizda madaniyat
muassasalarining ishlarini tashkil qilish borasida ishlab chiqilgan dasturlar,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Respublika Oliy Majlisi tomonidan
qabul qilingan qonunlar, Prezident Islom Karimov farmonlari, nutqlari, kitoblari,
madaniyat muassasalari ishlarini olib borish masalasiga oid bo‘lgan hujjatlar
tadqiqotning nazariy asosi va dasturiy amali hisoblanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalaridan Respublika oliy
ta'lim tizimi o‘quv-tarbiya jarayonida mafkuraviy tarbiya samaradorligini
oshirishda, milliy g‘oyani talabalar ongiga singdirishning yangi texnologiyalarini
joriy qilishda, “Etnomadaniyat”, “Etnik madaniyat”, “Anana va marosimlar”
kurslarini o‘qitishda, ijtimoiy-gumanitar fanlar o‘qituvchilarining malakasini
oshirishda, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar dasturlarini tuzishda, shuningdek,
“Ma'naviyat va ma'rifat” markazlari, axborot texnologiyalari markazlari, guruh
murabbiylari faoliyati mazmunini yoshlarda pedagogik texnologiyalari orqali
mafkuraviy immunitetni rivojlantirishning shakli, vosita va metodlari bilan
boyitishda foydalanish mumkinligi bilan belgilanadi.
Bitiruv malakaviy ishining strukturaviy tuzilishi
7
Kirish, ikki bob, to‘rt paragrif, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan
iborat.
I.
BOB. ETNOMADANIYAT TUSHUNCHASI VA ILMIY-
NAZARIY ASOSLARI
|