3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil O‘zbekiston dadil va shaxdam qadamlar
bilan jahon hamjamiyati a'zosi bo‘lmish mamlakatlar orasida o‘zining munosib
o‘rnini topib, ildamlab bormoqda. U o‘zligini namoyon etishga istiqlol va hurriyat
sharafi ila erishdi. Mustaqil rivojlanish ijtimoiy
voqelikka aylangan hozirgi
kunda o‘zbek xalqi etnik madaniyatining taraqqiyot yo‘llarini aniqlab olish,
ilmiy va amaliy kuchlarni uyg‘unlashtiro‘vchi dasturlar ishlab chiqish talab
etiladi. Madaniyatni rivojlantirish va prognozlash muammolari bilan
shug‘ullanuvchi mutaxassislar bu soxada aniq bir
metodologiya xali ishlab
chiqilmaganini, madaniy jarayonlarni o‘lchash, rivojlanishning samarali
yo‘llarini topish murakkab vazifa ekanligini yakdillik bilan qayd etadilar.
Etnik madaniyat xalqning, millatning uzoq ijtimoiy-tarixiy rivojlanish
jarayonida yaratgan moddiy va ma'naviy
boyliklari, turmush tarzi, tili, urf-
odatlari, tashqi dunyoni o‘zlashtirish va o‘zgartirish, o‘zini, o‘zligini idrok
etish, anglash usullari, xullas, etnosning, millatning
mavjudligini ifoda etuvchi
ijtimoiy voqelikdir. Ma'lumki, har qanday ijtimoiy voqelik, ayniqsa inson va
xalq hayotining barcha tomonlariga taalluqli madaniyat ko‘p omillilik,
komplekslik, sinkretiklik,
universallik, turg‘unlik va o‘zgaruvchanlik
xususiyatlariga ega.
Madaniyatning ushbu xususiyatlarini hisobga olmasdan uning ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyotdagi o‘rnini ham, ichki tuzilishi va fo‘nksiyalariga oid belgilarini ham
to‘g‘ri anglash mumkin emas
Birinchidan, mustaqil jamiyatning barcha jabhalarida
chuqur islohotlarni
amalga oshirishni tabiiy ravishda kun tartibiga qo‘ydi. Yoshlar bu jarayonning
mohiyatini to‘g‘ri anglamog‘i, ijtimoiy faol bo‘lmog‘i uchun madaniyat tarixini
o‘rganmog‘i va bilmog‘i lozim.
Ikkinchidan, mustaqillik sharofati bilan yoshlarimiz xorijda tahsil
olmoqdalar, o‘zga
xalqlar madaniyati, udumi, an'analari bilan tanishmoqda.
Bunday sharoitda o‘z madaniy-ma'rifiy merosini yaxshi bilmaslik kechirilmas hol.
4
Ular jahonni hayratga solgan ajdodlar merosini bilmog‘i va unga munosib voris
bo‘lmog‘i kerak.
Uchinchidan, milliy g‘oya, milliy mafkurani shakllantirish, g‘oyaviy
bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarni millat va istiqlol manfaatlariga zid g‘oyalar,
qarashlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish vazifasi milliy-ozodlik g‘oyalarini,
buyuk mutafakkirlarimizning merosi va asarlarini bilishni talab etadi.
To‘rtinchidan, yosh avlodlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni
rivojlantirishning samarali
usullarini ishlab chiqish va tegishli tavsiyalarni berish zamon talabi sanaladi.
Yuqorida ta'kidlanganlarning barchasi tanlangan mavzuning dolzarbligini, uning
jiddiy talablar bilan uyg‘un kelishini alohida qayd etish joiz.
Dostları ilə paylaş: