Xalq qo’shiqlari lirik janr sifatida. Xalq qo’shiqlarining tasnifi va badiiy xususiyatlari



Yüklə 33,15 Kb.
səhifə2/5
tarix10.05.2023
ölçüsü33,15 Kb.
#110736
1   2   3   4   5
Xalq qo’shiqlarsusiyatlari.

e) Hunarmandchilik qo’shiqlari. O’zbek xalq qo’shiqlari orasida hunarmandchilik qo’shiqlari anchagina salmoqli o’rin egallaydi. Bunday qo’shiqlarda hunarmand yoki kosibning uzoq tarixiy sharoitlardagi moddiy va ma`naviy hayoti, ichki ruhiy kayfiyati ibtidoiy ish qurollari tufayli tug’ilgan mehnat mashaqqati bilan qo’shilib tasvirlanadi:
Bo’z to’qiymiz qirog’ini o’xshatib,
Moki otaman dastginamni qaqshatib,
Bozordagi shoyilardan yaxshi etib,
Nafisdan o’xshagan bo’zim yaxshidir.
2. Mavsum-marosim va urf-odat qo’shiqlari. Insonning yashash va hayot kechirish tarzi, yilning to’rt fasli, mehnat oylari, bayramlar, urf-odatlar, marosimlar, mavsumiy ish-harakatlar bilan bog’liq ravishda juda ko’p qo’shiqlar yaratilgan. Marosimlar, odatlar, turli-tuman bo’lganidek, bularga bag’ishlangan qo’shiqlar ham xilma-xildir: boychechakning ochilishi, yangi yil – navro’zning kelishi, bahor yomg’iri, laylak kelishi, ekinlarning pishishi, xirmon quvonchi, donlarni qushlardan saqlash singari voqealarga qo’shiq bag’ishlangan. Qo’shiqlar xalqning oila bayramlarini, marosimlarini bezab kelgan. Mavsum va marosim bayramlarida kishilar o’yin-kulgi qilgan, dam olishgan, yangi mehnat faoliyatiga ilhomlanganlar.
a) Alla. Bolalarni uxlatish vaqtida onalar tomonidan kuylangan qo’shiqlar alla deb ataladi. O’tmish alla qo’shiqlarida zahmatkash, mushtipar, ezilgan mazlum sharq onasi obrazi gavdalanadi. Uning betinim xatti-harakati, beminnat mehnati tufayligina murg’ak go’dak ulg’ayadi, voyaga etadi.
b) YO, ramazon. eski yil kalendaridagi ramazon oyida bolalarning (ilgarigi zamonda kattalarning ham) hovlima-hovli yurib aytadigan qo’shiqlari edi.
v) Sus xotin. Qurg’oqchilik munosabati bilan yomg’ir chaqirish marosimida aytiladigan «Sus xotin», «Talabi boron» («YOmg’ir talab») qo’shiqlari turli irimlar qadimdan qolgan animistik tushunchalar bilan bog’langan.
3. To’y qo’shiqlari. To’y juda qadim zamonlardan beri kishilar hayotida muhim voqea bo’lib kelgan. Xalqning ma`naviy boyligi to’y-tomoshalarda namoyon bo’ladi. To’y marosimlari – uylanish to’yi, xatna to’yi, yosh to’yi, beshik to’yi singari xilma-xil bo’lganidek, uning qo’shiqlari ham turli-tumandir. Quyida, asosan nikoh to’ylarida aytiladigan qo’shiqlar haqidagina fikr yuritamiz. Bunday qo’shiqlarda yigit-qizning baxtini tilash, ularning yaxshi kelajagini orzu qilish, muhabbat taronalari kuylanadi.
a) «YOr-yor»lar. Qiz uzatar kechasida aytiladigan qo’shiqlardan biri «yor-yor»lardir. «YOr-yor» qo’shiqlari musiqiyligi, ma`lum cho’ziq ohangda ko’pchilik bo’lib kuylanishi, naqoratlari bilan ajralib turadi.
b) Lapar. Nikoh to’ylarida qizning uyida kechqurun o’tkaziladigan «Qiz oqshomi», «Qizlar majlisi», «Qiz oshi», «Lapar kechasi» deb ataladigan bazmlarda lapar aytiladi. Qizlar bilan yigitlar tarafma-taraf turib, oshiqona g’azal-baytlar aytishganda, xuddi so’z bilan tortishmachoq o’ynaganday bo’ladi.
v) O’lan. Nikoh to’ylari, ba`zan bayram kunlari, ayrim yig’inlarda, asosan cholg’usiz, aytiladigan o’lanlar ko’proq chorvadorlar, dehqonlar orasida tarqalgan. O’lanlarda cho’pon yigit bilan cho’pon qiz sevgi dardlaridan bahs etib, so’zamollikda, chechanlikda, odamiylikda bir-birlarini sinaganday bo’ladi, musobaqadosh tomonlar bir-birlariga sovg’alar beradi.
g) Kelin salom. Kelinchakni kuyovning yaqin qarindosh-urug’lari bilan tanishtirish marosimida kelin salom yoki betochar qo’shiqlari aytiladi. Uy egalari, to’yga kelganlar esa «alik salom» deb javob qaytaradilar.

Yüklə 33,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin