29-mavzu: Mening qahramonim. (1 soat) Men sevgan qahramon. Qahramon deganda kimlar anglanishi, haqiqiy qahramonlik
nima ekanligi, bugungi va ertangi kun qahramonlari kimlar bo‗lishi haqida tushunchalar hosil
qilish.
30-mavzu: Bobom xotiralari (Xotira va qadrlash kuni oldidan). (1 soat) O‗quvchilar qalbi va ongiga ajdodlar xotirasiga hurmat, tiriklarni qadrlash tuyg‗ularini
singdirish orqali ularda hozirgi kunlarimizga shukronalik, tinchlikning qadriga yetish hamda
ajdodlarga munosib voris bo‗lish xislatlarini tarbiyalash. 31-mavzu: Ilm va hunar ko„kka yetkazar. (1 soat) O‗quvchilarda kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu
donishning asosi, hayotni o‗rgatuvchi murabbiy ekanligi haqida tushunchalar hosil qilish orqali
ularning qalbi va ongiga kitob o‗qishga bo‗lgan munosabat, kitobni asrab-avaylash va kitobga
mehr-muhabbat tuyg‗ularini singdirish.
32-mavzu: Yoz – o„tadi soz! (1 soat) O‗quvchilarga yozgi ta‘tilni mazmunli o‗tkazish bo‗yicha tavsiyalar berish, ularga yozgi
oromgohlarga yoki cho‗milish havzalariga borganda ehtiyot bo‗lishlikni uqtirish.
33-mavzu: Men 1-sinfni tugatdim (Maktab haqida taassurotlarim). (1 soat) O‗quvchilarning o‗quv yili davomidagi taassurotlari bilan o‗rtoqlashib, ularga yozgi
ta‘tilni mazmunli o‗tkazish bo‗yicha tavsiyalar berish, yozgi oromgohlarga yoki cho‗milish
havzalariga borganda ehtiyot bo‗lishlikni uqtirish va albatta kattalar nazorati ostida borishlikni
tushuntirish. 2 – sinf (34 soat) 1-mavzu: Ona yurtim-oltin beshigim. (1 soat) 2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasi rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi, shuningdek, ―Faol investitsiya va ijtimoiy rivojlanish
yili‖, davlat dasturi, ―Obod qishloq‖, ―Har bir oila – tadbirkor‖, ―Yoshlar kelajagimiz‖, ―Besh
ijobiy tashabbus‖ kabi muhim dastur va rejalar doirasida olib borilayotgan tub islohotlarning
ma`no – mazmuni va ruhi mujassam etgan holda singdirish.