@ustozlar_uchun
Xalq ta‟limi xodimlariga
O‗quvchilar qalbi va ongiga Vatan muvaffaqiyatida o‗zlarining ham shaxsiy burchlari va
mas‘uliyatlari borligini chuqur singdirish, ularda ona yurtga mehr-oqibatli bo`lish,
Milliy
armiyamiz haqida ma‘lumotlarga ega bo`lish, Vatan muammolarini o‗zinikidek qabul qilish,
Vatan yukini o‗z
elkasiga olish, mumkin qadar ona yurtiga foyda keltiradigan shaxs bo‗lib
ulg‗ayish xislatlarini tarbiyalash.
13-mavzu: Konstitutsiya – huquqlarimiz kafolati (8 dekabr – Konstitutsiya kuni
munosabati bilan). (1 soat)
O`quvchilarda Konstitutsiya va qonunlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish,
ularni
o‘rganish va amal qilish tuyg‘ularini tarbiyalash hamda ular ongiga ―jinoyat jazosiz qolmaydi,
har kim qilmishiga yarasha javobgarlikka tortiladi‖ degan qoidani singdirish.
14-mavzu: Davlatimiz ramzlari – shonu-shavkatimiz! (1 soat)
O`quvchilarda davlat ramzlariga bo`lgan hurmatni rivojlantirish, ular ongiga O`zbekiston
Respublikasi Davlat madhiyasini
har bir fuqaro bilishi, yoddan ayta olishi,
hurmat qilishi,
mazmunini anglashi, davlat madhiyasi matni va musiqasi mualliflarini
bilishi lozimligini
singdirish. SHuningdek, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`ini yuksaklarga ko`tarishda
ularning o‘rni
kattaligini uqtirish, O`zbekiston Respublikasi Davlat bayrog`i o`zga yurtlarda
ko`tarilganda g`urur va iftixor tuyg`usini oshirishini singdirish.
Dostları ilə paylaş: