Bugungi kunda auditorlik faoliyati dunyodagi ko’pgina mamlakatlarda yuqori saviyaga ko’tarilgan. Auditorlik faoliyatini rivojlantirish uchun bir qancha qonunlar va standartlar ishlab chiqilgan. Auditor ish sifatini nazorat qilish tekshiruvning birinchi bosqichidir.
Auditorlik faoliyatini muhim tomonlaridan yana biri shundaki, u yillik buxgalteriya hisobotini haqqoniyligini tasdiqlab turib, o’z xulosasi bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyatiga mos sifat “belgisini” qo’yadi. Shu bilan birga foydalanuvchilar investitsion siyosatni aniqlash va kelajakda dividendlar olish ehtimolini baholash imkoniyatini beruvchi tadbirkorlik ekspertizasi amalga oshiriladi. Ayniqsa, auditorlar mijoz faoliyati rivojlanishini qisqa va uzoq muddatli prognozlash hisob-kitoblarini malakali baholashni o’rnini kamaytirmasliklari lozim. Auditorlik tashkilotlari, shu jumladan konsalting firmalari tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ilmiy- texnika rivojlanish va boshqaruv darajasini oshirishni joriy etishga moslashgan. Shuning uchun auditorlik faoliyatining sifati muhim ahamiyat kasb etadi.
Sifat darajasining huquqiy asosi «Audit sifatini nazorat qilish» nomli 220-son XAS hisoblanadi.
Auditor ish sifatini nazorat qilish auditning o’tkazilishi va auditga turdosh xizmatlarning ko’rsatilishi chog’ida uning andozalari va auditorlik faoliyatini tartibga solib turuvchi boshqa xil me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etilishini tekshirish uchun foydalaniladigan tashkiliy choralar, uslublar va jarayonlar tizimini o’z ichiga oladi.
Har bir auditorlik tashkiloti shi sifati ustidan nazorat qilish tamoyillari va qoidalarini, shuningdek, ulardan foydalanish jarayonlarini ishlab chiqishi va qabul qilishi lozim.
Bu esa auditning o’tkazilishi jarayonida tekshirishning umum belgilangan andozalari bilan ziddiyatlarning yuzaga kelmasligi uchun zarurdir.
Audit ish sifatini nazorat qilish bir necha shakllarda amalga oshiriladi:
Asosiy auditorning o’z assistentlari ishini nazorat qilishi uning ish sifatini tekshirishda juda muhimdir.
Asosiy auditor auditning o’tkazilishi jarayonida assistentlar tomonidan bajarilayotgan ishlarni doimiy ravishda nazorat qilishi va yo’naltirib borishi kerak.
Assistent deganda asosiy auditordan kasbiy darajasi jihatdan farq qiluvchi xodimlar tushuniladi.
Assistentlardan farqli o’laroq,asosiy auditor auditning bajarilishi uchun to’liq javobgar hisoblanadi..
Ishlar topshiriladigan assistentlar ma’lum bir ma’noda ularning javobgarligi va bajarilishi lozim bo’lgan jarayonlarning maqsadlari haqida, xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati va bo’lishi mumkin bo’lgan auditorlik jarayonlarining mohiyati, o’tkazilish vaqti va miqyoslariga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan hisobga oid auditorlik muammolari to’g’risida tegishli ravishda xabardor qilingan bo’lishlari lozim.
Auditor ishining auditorlik tashkiloti tomonidan nazorat qilinishi quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
mijoz oldida auditorlik rejasining va audit o’tkazish dasturining asoslanganligini muhokama qilish va tekshirish;
tashkiliy-etik auditorlik tamoyillariga qat’iyan rioya etish (xususan, mijozga maslahatlar beruvchi yoki uning buxgalteriya hisobini tiklab beradigan auditor uning o’zini tekshirish uchun va shu kabilarga bormaydi);
asosiy auditor tomonidan auditorlik xulosasi berib bo’linganidan keyin auditorlik tashkilotining boshqa auditori tomonidan hisobotlarning ishonchliligini mijoz uchun bepul bo’lgan takroriy qayta tekshirishlarni o’tkazish;
tashqi nazorat amaldagi qonunchilikda va me’yoriy hujjatlarda ko’zda tutilganidek, davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi
Auditor ishi sifatini nazorat qilish ikki asosiy yo’nalishga ega.
Ma’lum bir auditorlik tekshiruvlarni nazorat qilinish;
Sifatni umumiy nazorat qilish.
Ma’lum bir auditorlik tekshiruvlarining nazorat qilinishi quyidagi tushunchalarni o’z ichiga oladi:
Dostları ilə paylaş: |