106
Buxgalteriya hisobi tizimi – dastlabki kuzatuvdan boshlanib, buxgalteriya
hisobotlarini tayyorlash va tuzishgacha bo’lgan jarayonlar bog’liqligidir.
Auditor buxgalteriya hisobi tizimini baholashda yuqorida ko’rsatilgan
tamoyillarga korxona qanchalik darajada amal qilayotganligini sinchiklab tekshirishi
lozim. Bevosita ana shu tamoyillarga qay darajada amal qilinayotganligini aniqlash
orqali auditor korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimiga baho beradi.
Bu orqali moliyaviy hisobot ko’rsatkichlarining ishonchligiga shubha tug’diruvchi
xatolarning vujudga kelish ehtimolini aniqlashga yordam beradi.
Bunday baholash
orqali auditorlik tekshiruvining muddati, hajmi va ko’lami aniqlanadi.
Ma’lumki, muayyan korxonaning buxgalteriya bo’limining tuzilishi va ish
hajmi ana shu korxonaning faoliyat turi, undagi alohida bo’linmalarning faoliyati
hamda hisob ishlarining avtomatlashtirilganlik darajasiga bog’liq. Bunga bog’liq
ravishda buxgalteriya
xodimlari tarkibi va miqdori, buxgalteriya hisobining
markazlashishi yoki markazlashmasligi belgilanadi. Har bir buxgalteriya xodimiga
muayyan turdagi vazifalar yuklanadi. Buxgalteriya xodimlari o’rtasida mansablarning
belgilab berilishi korxona mablag’larining o’g’irlanishi va boshqa har xil
suiiste’mollik holatlari bo’lishini ham mumkin.
Auditor bunda, avvalo, buxgalteriya hisobining
qay darajada tashkil
etilganligini, buxgalteriya xizmatlarining qanday taqsimlanganligini hamda hisob
tizimining korxona boshqaruvida qanday ahamiyat kasb etishini sinchiklab tekshirishi
lozim.
Auditor
buxgalteriya
hisobi
tizimi
samaradorligini
baholayotganda
hujjatlarning
to’g’ri rasmiylashtirilayotganligi hamda ularning boshqaruv
markazlariga o’z vaqtida taqdim qilinayotganligiga e’tibor qaratishi lozim. Bu
jarayonda auditor buxgalteriya xodimlari hamda hujjatlarga imzo chekuvchi boshqa
shaxslar (ombor mudiri, kassir va hokazo)ning hujjatlarni o’z vaqtida va to’g’ri
rasmiylashtirayotganligini tekshiradi.
Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya
hisobining samaradorligi, avvalo,
ularda boshlang’ich hisobning to’g’ri tashkil etilganligiga bog’liq. Boshlang’ich
hisob korxonada sodir bo’layotgan muomalalarni hujjatlarda rasmiylashtirishni
107
hamda yig’ishni o’z ichiga oladi. Shu boisdan ham auditor korxonada birlamchi
hujjatlar to’ldirilishida belgilangan talablarga rioya qilinayotganligini,
tegishli
rekvizitlar to’liq to’ldirilayotganligini tekshiradi. Ko’pincha korxonalarda hujjatlarni
to’ldirishda belgilangan rekvizitlar to’lig’icha to’ldirilmaslik holatlari uchrab turadi.
Shuningdek, hujjatlarni to’ldirishda xatoliklarga yo’l qo’yiladi. Shu boisdan har bir
korxonada hujjatlarning nusxalari hamda ularni to’ldirish tartibi, shuningdek,
buxgalterlar uchun me’yoriy va boshqa materiallar bo’lishi lozim.
Buxgalteriya hisobi tizimining samaradorligi hamda ma’lumotlarning o’z
vaqtida olinishi hujjatlarning aylanish grafigiga ham bog’liq. Auditor bunday paytda
hujjatlar aylanish grafigiga rioya qilinayotganligini tekshirish lozim. Hujjatlar
aylanishi grafigi ish o’rinlariga a’lo darajada xizmat ko’rsatishni hamda buxgalteriya
hisobi xodimlari ishi sifatini oshirishni ta’minlaydi.
Auditor korxonaning hisob tizimiga baho
berayotganida nafaqat uning
boshlang’ich hujjatlarining tuzilishiga, balki buxgalteriya hisobi registrlari hamda
Bosh daftar yuritilishiga ham e’tibor qaratadi. Auditor buxgalteriya hisobi va Bosh
daftarning yuritishiga baho bera turib, korxonada buxgalteriya hisobining qaysi shakli
amal qilayotganligini aniqlaydi.
Korxonaning hisob tizimiga baho berishda ushbu
korxonada hisobvaraqlar
rejasining qay darajada amal qilayotganligiga baho beradi.
Mijozning buxgalteriya hisobi tizimini baholashda auditor korxonada hisob
siyosatining to’g’ri tanlanganligiga hamda unga to’g’ri amal qilinayotganligiga
alohida ahamiyat qaratadi.
Dostları ilə paylaş: