102
mijoz faoliyatining
xususiyatlarini bilishi, uning tashkiliy tuzilishi hamda ushbu
tavakkalchilik korxonani boshqarishning ta’riflarida asoslanadi. Auditning umumiy
rejasini tuzish vaqtida auditor balansning moddalari
hamda moliyaviy hisobotning
ko’rsatkichlariga nisbatan mavjud bo’lgan ajratilmas tavakkalchilikni o’zining
professional xususiyatlaridan foydalanib baholashi lozim. Ajratib bo’lmaydigan
tavakkalchilikni baholash vaqtida auditor oldingi yillarning ma’lumotlaridan
foydalanishi mumkin, bunda u mazkur tavakkalchilikning baholari tekshirilayotgan
yil uchun ham haqqoniyligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilikka quyidagi omillar ta’sir ko’rsatishi
mumkin:
- murakkab hisoblashlarning oddiylariga qaraganda buzib ko’rsatilish ehtimoli
ko’proq;
- smetadagi taxminlardan kelib chiqadigan summalardan iborat bo’lgan schetlar
nisbatan o’rnashgan haqiqatdagi ma’lumotlardan kattaroq bo’lgan
darajasini tashkil
qiladi;
- texnologik yutuqlar har qanday aniq mahsulotni eskirganga chiqarishi hamda
zahiralarni sezilarli darajada o’sib borishining sababi bqshlishi mumkin;
- inqirozga uchragan, biznesda muvaffaqiyatsizlikka duch kelgan hamda etarli
darajada aylanma kapitaliga ega bo’lmagan kompaniyaning rahbariyati moliyaviy
hisobotni buzib ko’rsatilishiga yo’l qo’yadi.
Nazorat tavakkalchilik – bu xo’jalik yurituvchi sub’ektda mavjud bo’lgan
hamda doimiy ravishda qo’llaniladigan buxgalteriya hisobotining
tizimlari hamda
ichki nazorat tizimlari alohida yoki birgalikda olinganida muhim bo’lgan buzib
ko’rsatishlarni o’z vaqtida aniqlash hamda to’g’rilashni amalga oshirmasligi va
bunday buzilishlar paydo bo’lishiga to’sqinlik qilishining ehtimolidir.
Nazorat tavakkalchilik buxgalteriya hisobi tizimining hamda xo’jalik
yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimining ishonchliligi darajasini ta’riflaydi.
Auditor o’zining professional
xususiyatlaridan foydalanib, audit jarayonida xo’jalik
yurituvchi sub’ektning nazorat tizimining nazorat muhitini hamda nazoratni alohida
vositalarini baholashi lozim.
103
Nazorat vositalari tavakkalchiligini baholash maqsadida auditor nazorat
vositalarini testdan o’tkazishi lozim.
Nazorat vositalarini testdan o’tkazish quyidagilardan iborat bo’ladi:
- moliya-xo’jalik operatsiyalari o’tkazilishini
aks ettiradigan hujjatlarni
tekshirish hamda shu munosabat bilan nazorat vositalari to’g’ri xizmat ko’rsatganligi
bo’yicha audit dalillarini olish;
- nazorat vositalari xizmat ko’rsatishining audit dalillarini olish maqsadida
buning bevosita hujjatli isbotlarini olish mumkin bo’lmagan holda so’rab chiqish
hamda operatsiyalar rasmiylashtirilishi ustidan kuzatuv olib borilishi;
- boshqa auditning natijalaridan nazorat vositalarini
ishlash qobiliyati haqida
ma’lumotlar olish maqsadida foydalanish;
- nazorat tavakkalchilikni baholash vaqtida auditor oldingi yillarning
ma’lumotlaridan foydalanishi mumkin bo’lgan. Biroq bunda u oldingi yilda tegishli
nazorat tavakkalchilikni baholashlari, tekshirilayotgan
yil uchun ham haqqoniy
ekanligiga ishonishi kerak;
- nazorat tavakkalchilikni baholashning natijalarini auditor auditning umumiy
rejasida aks ettirishi lozim.
Dostları ilə paylaş: