Xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazasidan foydalanish



Yüklə 92,58 Kb.
səhifə12/22
tarix22.04.2023
ölçüsü92,58 Kb.
#101539
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Xalqaro ilmiy-texnik ma\'lumotlar bazasidan foydalanish

Moslashuvchanlik - Ta’lim oluvchi o’ziga qulay vaqt, joy va tezlikda ta’lim olish imkoniyati mavjud.
Modullilik - Bir biriga bog’lik bo’lmagan mustakil o’quv kurslari to’plamidan - modullardan individual yoki guruh talabiga mos o’quv rejasini tuzish imkoniyati mavjud.
Paralellik - O’quv faoliyatini ish faoliyati bilan birga parellel ravishda, ya’ni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib borish imkoniyati mavjud.
Keng qamrovlilik - Ko’p sonli o’quvchilarning bir vaqtning o’zida katta o’quv zaxiralariga (elektron kutubxona, ma’lumotlar va bilimlar bazasi va boshqalar) murojaat qila olishi. Bu ko’p sonli o’quvchilarning aloqa vositalari yordamida o’zaro va o’qituvchi bilan muloqotda bo’lish imkoniyati.
Iqtisodiy tejamkorlik - O’quv maydonlari, texnika vositalari, transport vositalari va o’quv materiallaridan samarali foydalanish, o’quv materiallarini bir joyga yig’ish, ularni tartiblangan ko’rinishga keltirish va bu ma’lumotlarga ko’p sonli murojaatni tashkil qilib bera olish mutaxassislarni tayyorlash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytiradi.
Ijtimoiy teng xuquqlilik - Ta’lim oluvchining yashash joyi, sog’lig’i va moddiy ta’minlanish darajasidan kat’iy nazar hamma qatori teng xuquqli ta’lim olish imkoniyati.
Internastionallik - Ta’lim sohasida erishilgan jahon standartlariga javob beradigan yutuqlarni import va eksport qilish imkoniyati.
O’qituvchining yangi roli - Masofaviy o’qitish o’qituvchining o’qitish jarayonidagi rolini yanada kengaytiradi va yangilaydi. Endi o’qituvchi o’zlashtirish jarayonini koordinastiya qilishi, yangiliklar va innovastionarga mos ravishda berayotgan fanini muntazam mukammallashtirishi, saviya va ijodiy faoliyatini yanada chuqurlashtirishi kerak bo’ladi.
Sifat - Masofaviy o’qitish usuli ta’lim berish sifati bo’yicha kunduzgi ta’lim turidan qolishmaydi. Balki, mahalliy va chet ellik dars beruvchi kadrlarni jalb qilib, eng yaxshi o’quv-metodik darsliklar va nazorat qiluvchi testlardan foydalangan holda dars berish sifatini oshirishi mumkin.
Yuqoridagilarni hisobga olinganda masofaviy ta’lim kompleksi ancha qulayliklarga ega ekan. Lekin, nima uchun masofaviy ta’lim kerak bo’lib qoldi? - degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu savolga javob tariqasida qo’yidagilarni sanab o’tish mumkin:
♦ Ta’lim olishda yangi imkoniyatlar (ta’lim olishning arzonligi, vaqt va joyga bog’liqmasligi va boshqalar).
♦ Ta’lim maskanlariga talaba qabul qilish sonining cheklanganligi.
♦ Ta’lim olishni xohlovchilar sonining oshishi.
♦ Sifatli informastion texnologiyalarni paydo bo’lishi va rivojlanishi.
♦ Xalqaro integrastiyaning kuchayishi.
2. Masofaviy ta’limning maqsadi va vazifalari.Masofaviy ta’lim jarayonini amalga oshirishdan maqsad:
♦ Ochiq ta’lim konstepstiyasini joriy qilish hamda o’qitishning yangi
usullarini rivojlantirish.
Rivojlangan davlatlarda keng tarqalgan ochiq ta’lim konstepstiyasi asosida o’qituvchilar o’z bilimlarini yashirib emas, balki ochiq holda Internet orqali e’lon qilishlari kerak. Bu holda e’lon qilingan bilimlarni boshqa qiziquvchilar orqali yanada kuchaytirish va yangi o’qitish usullarini rivojlantirish zarur.
♦ O’quv jarayoniga innovastion ta’lim texnologiyalarini joriy etish.
Innovastion ta’lim texnologiyalarini o’quv jarayoniga joriy etish bugungi kundagi ta’lim tizimida tub o’zgarishlar yasashga imkon beruvchi asosiy omillardan hisoblanadi.
♦ An’anaviy o’qitish usullari bilan zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalariga asoslangan masofaviy o’qitish usullarini (videokonferenstiya va Internet/Intranet texnologiyalari asosida) birgalikda olib borish.
An’anaviy o’qitish usullari orqali o’qitishda bugungi kunda bir oz etishmovchiliklar paydo bo’lmoqda. Shuning uchun o’qitish tizimida zamonaviy axborot va kompyuter texnologiyalariga asoslangan ta’lim usullarini qo’llash zarur. Kompyuter texnologiyalari orqali laboratoriya stendlari va programma ta’minotlari yaratish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Bunday texnologiyalar asosida olib borilgan darslarni o’qitish o’qituvchi uchun ham, o’kuvchilar uchun ham o’z samarasini beradi. Chunki ba’zi bir laboratoriya ishlarini to’g’ridan-to’g’ri laboratoriya xonalarida o’tkazib bo’lmaydi, buning uchun maxsus zavod va korxona laboratoriyalaridan foydalanishga to’g’ri keladi. Bu esa iqtisodiy tarafdan hisobga olganda juda qiyin muammolardandir. Lekin kompyuter orqali o’quvchilar o’z ko’zlari bilan qiyin jarayonlarni ham ko’rishlari mumkin bo’ladi.

Yüklə 92,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin