Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi


O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə12/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

1. 2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni.
O‘zbekistonning kelajagi, uning taraqqiyoti va ravnaqi ko‘p tomonlama undagi kadrlarning bilimdonligi, kasb tayyorgarligi va ma‘naviy yetukligiga bog‘liq. Bunday davlatning xususiyatlari Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi» kitobida quyidagicha asoslangan: «Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – fuqarolarning mamlakat ijtimoiy – siyosiy hayotidagi ishtirokini kengaytirish, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ilg‘or tashabbuslarni amalga oshirish, hayotiy muammolarni hal etish, turmush darajasini yuksaltirish, mustaqil ravishda o‘z moddiy farovonligini oshirishi uchun yetarli va zarur sharoitlarni yaratish deganidir».
Istiqlol yillarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar orasida Kadrlar tayyorlash tizimida va ta‘lim-tarbiya sohasidagi islohatlar muhim o‘rin tutadi. 1997 yil 29 avgustda Oliy Majlisning 9-sessiyasida qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta‘lim to‘g‘risida» gi Qonuni ta‘lim sohasidagi islohatlarni amalga oshirishning yo‘nalishlarini belgilab berishda muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi, lekin keingi yillarda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarishda mavjud muammolar yuzaga keldiki, bu esa ta’lim sohasidagi hujjatlar va Qonunning o‘zgarishiga sabab bo‘ldi. Shu boisdan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun 2020 yil 19 mayda Qonunchlik palatasi tomonidan qabul qilingan va 2020 yil 7 avgustda Senat tomonidan ma’qullangan. Shunga asosan ushbu Qonun 2020 yil 23 sentabrda rasiy qabul qilindi. Ushbu Qonun 11 bob va 75 ta moddadan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonunining 1-bobi “Umumiy qoidalar” deb nomlanadi va 1, 2, 3, 4, 5-moddalarni o‘z ichiga oladi. Qonunning 2-bobi “Ta’lim tizimi, turlari va shakllar” deb nomlanadi va u 6-moddadan 23-moddagacha bo‘lganlarni o‘z ichiga oladi. Keyingi 3-bobi “Ta’lim tizimini boshqarish” deb ataladi va u 23,24, 25, 26, 27 va 28-moddalardan iborat. Navbatdagi to‘rtinchi “Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish” nomlangan bobi 29-moddadan 44-moddagacha bo‘lgan moddalarni o‘z ichiga oladi. Qonunning 5-bobi “Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi” deb ataladi va u 44, 45 va 46-moddalardan iborat. Ushbu Qonunning 6-bobi “Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari” da 47, 49, 50, 51-moddalar berilgan. Navbatdagi 7-bob “Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish” deb nomlanadi va bu bob 52, 53, 54, 55 va 56-moddalarni qamrab oladi.
Qonunning sakkizinchi “Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apomtil qo‘yish” nomli bobi 5 ta moddadan (57-61) iborat.
Navbatdagi 9-bobi “Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash” deb ataladi va u 62-moddadan 67-gacha bo‘lgan moddalarni o‘z ichiga oladi. “Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik” nomli 10-bobi 67, 68, 69-moddalarni qamrab oladi. Ushbu Qonunning oxirgi 11-bobi “Yakunlovchi qoidalar” deb ataladi va 70,71,72, 73, 74 va 75-moddalardan iborat. Qonunning oxirgi 75-moddasida ushbu Qonunning kuchga kirishi haqida quyidagicha keltirilgan: Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Demak, xulosa qiladigan bo‘lsak, ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin