Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə14/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

1. 4. Ta’lim tizimi va turlari.
Mamlakatimizda ta’lim tizimi va ta’lim turlari ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi. Ta’lim turini tanlash va uni egallash, mehnat jarayoniga kirish, oilani shakllantirish, kasbiy jihatdan o‘sish va xizmat bo‘yicha ilgarilash kabilar yoshlarning asosiy muammolari bo‘lib hisoblanadi. Keyingi yillarda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ularning kasb tanlash, mehnatiga haq to‘lash, ish bilan ta’minlash bo‘yicha qator dolzarb vazifalar yuzaga chiqdi. O‘zbekistonda bu borada ma’nan va jismonan sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashga katta ahamiyat berilmoqda.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. Mamlakatimizda ta’lim tizimi faoliyati va turlari haqida “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 2-bobi. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari da keltirib o‘tilgan.
7-modda. Ta’lim turlari
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
9-modda. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni professional tashxislash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin