Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə37/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

6.3. O‘quv rejalari va dasturlari.
Ta’lim mazmuni o‘quv rejasi, dasturi va darsliklarda ifodalangan.
O‘quv rejasi – davlat hujjatidir. O‘quv rejalari xalq ta’lim vazirligi tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi hamda respublikadagi barcha maktablar uchun majburiy hisoblanadi. Maktabning o‘quv rejasi maktabda o‘rgatish uchun tanlangan o‘quv predmetlarini, ularning ta’lim olish yo‘llari bo‘yicha taqsimlanishini, har bir predmetga ajratilgan soatlarning haftalarga bo‘linishini belgilaydi.
O‘quv rejasi deb, o‘qitiladigan fanlar, o‘qitish uchun ajratilgan soatlar va o‘quv yilining tuzilishini belgilab beruvchi davlat hujjatiga aytiladi. O‘quv rejalari o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga muvofiq tuziladi. Shuningdek, o‘quv-tarbiya ishining maqsad va vazifalariga asosan tuziladi.
O‘quv rejasini tuzishda quyidagi omillarga asosladi:
1. O‘quv tarbiya ishining maqsadi, o‘quvchilarga aniq ilmiy bilim berish, olgan bilimlarini ko‘nikmaga aylantirib, uni hayotga qo‘llay olishga o‘rgatish.
2. Maktab o‘quvchilariga bilm berish yoshiga qarab tizimga solinadi va qoidalarga asoslanadi:
a) Boshlang‘ich ta’lim - I- IV sinflar.
b) Umumiy o‘rta ta’lim - V-IX sinflar.
v) O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi, akademik litseylar, kasb-hunar kolleji.
Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunga asosan akademik litsey va kasb-hunar kollejining maqomi tenglashtirilgan. Ularning o‘quvchilari va bitiruvchilari oliy o‘quv yurtiga kirishda yoki tanlangan yo‘nalish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishda konstitutsiyaviy haq-huquqlarini amalga oshirishda teng huquqlidirlar.
Har bir o‘quv fani uchun o‘quv dasturi tuziladi. O‘quv dasturi o‘quv rejasi asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturi har bir o‘quv fanining o‘qitish uchun ajratilgan bilim hajmi, tizimi va g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishini aniqlab beradigan davlat hujjatidir. O‘quv dasturida o‘quv yili davomida har qaysi sinfda alohida fanlar bo‘yicha o‘quvchilarga beriladigan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi.
Dasturning asosiy vazifasi - o‘quv predmetining mazmunini ifodalashdir. Unda kursning sinflarga, qismlarga, mavzularga bo‘linish, ularni o‘rganish tartibi, soatlar turi ko‘rsatiladi. Ma’lum mavzu yuzasidan o‘quvchi o‘zlashtirish lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar qisqacha ifodalab beriladi. Shunday qilib, dastur ikkita vazifani bajaradi: ta’limning mazmunini o‘quv predmeti doirasida aks ettiradi va predmet uchun muayyan normativ sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, u darslikka o‘tishni tayyorlaydi va uning mualliflari faoliyati uchun yo‘llanma hisoblanadi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin