6.4. Darslik va unga qo‘yilgan talablar. Darsliko‘quv jarayonining zarur qismidir. Darslik - o‘quvchilarning ikkinchi «muallimi», chunki u, avvalo o‘quvchi uchun zarur qo‘llanmadir.
Darslik -o‘quvchilarning kitobi va uning eng muhim qurolidir. Har bir o‘quv fanining mazmuni darslikda batafsil yoritiladi. Darslik tegishli fanga oid ilmiy bilim asoslarini dasturga va didaktika talablariga muvofiq ravishda bayon qiluvchi kitobdir. Darsliklar bilan bir qatorda, ayrim o‘quv fanlari yuzasidan o‘quv qullanmalari ham tuziladi. Masalalar va mashqlar to‘plami, xrestomatiyalar, atlaslar, lug‘at kitoblari va hokazolar shular jumlasidandir.
O‘quvchilar darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan darsda, ham uy sharoitlarida mustaqil ish olib boradilar. Darslik materiali katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. U bilan ishlash o‘quvchilarning aqliy tarbiyasiga, ularda ilmiy dunyoqarashning, axloq-odobning shakllanishiga, tafakkuri va nutqining, ishdagi mustaqilligining rivojlanishiga yordam beradi.
Darslikdagi bilimlar tizimi o‘zaro ichki, mantiqiy bog‘lanishlarga ega bo‘lib, ular didaktika talabiga muvofiq ravishda bayon qilingan. Darslik quyidagi talablarga amal qilgan holda yaratiladi:
1. Darslikda aks etgan ilmiy bilimlar sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatiga mos kelishi kerak.
2. Darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asosi, g‘oyalari tizimli va izchil bo‘lishi talab qilinadi. Ular hayotdan olingan, ishonarli bo‘lishi lozim. Shu holdagina o‘quvchilardagi ilmiy dunyoqarash, eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib toptiriladi.
3. Nazaraiy bilimlar ishlab chiqarish amaliyoti bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
4. Darslikda mavzu soda, ravon tilda yozilishi, hamda tegishli qoida va ta’riflar berilishi kerak. Darslik ichidagi va muqovasidagi chizilgan rasmlar va bezatilishi o‘quvchining yoshiga mos, fanning xarakteriga monand bo‘lmog‘i zarur.
5. Mavzulardan fikrlar aniq va qisqa bo‘lishi, ilmiylikka asoslanishi kerak.
Dars - o‘qituvchilar va o‘quvchilar faoliyatini tashkil etishning shakli bo‘lib, u bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshiradi.