Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pedagogika nazariyasi va tarixi


DTSning tasnifi va uni shakllantirishga qo‘yilgan asosiy talablar



Yüklə 5,55 Mb.
səhifə36/150
tarix10.09.2023
ölçüsü5,55 Mb.
#142395
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   150
MAJMUA PEDAGOGIKA TARIXI VA NAZARIYASI

6.2. DTSning tasnifi va uni shakllantirishga qo‘yilgan asosiy talablar.
Davlat ta’lim standartlari - umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim mazmuniga hamda sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Davlat ta'lim standarti (DTS) umumiy o‘rta ta'lim, kasb – hunar ta'limi hamda oliy ta'lim uchun alohida – alohida ishlab chiqariladi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o‘rta ta'limning DTS o‘quvchilar umumta'lim tayyorgarligi saviyasiga qo‘yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. O‘z navbatida kasb – hunar ta'limining DTS o‘quvchilar kasb – hunar tayyorligiga, saviyasiga qo‘yilgan (Oliy ta'lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qo‘yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS ta'lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta'lim mazmunini o‘zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan turli ta'lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o‘z mohiyatiga ko‘ra o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, nizomlar, o‘quv rejasi va boshqa me'yoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Umumiy o‘rta (kasb – hunar va oliy) ta'limning DTS o‘zining tuzilishi va mazmuniga ko‘ra davlat, hudud ta'lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi ta'lim oluvchi shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi. DTSni, uning talablarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysinishdan qatiy nazar barcha ta'lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o‘rta (kasb – hunar va oliy) ta'limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi.
DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;
O‘quv dustarlari mazmunining jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan – texnik rivojlanishi bilan bog‘liq;
Umumiy o‘rta (kasb – hunar va oliy) ta'lim mazmunining insonparvarligi;
Ta'lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi;
Umumiy o‘rta (kasb – hunar va oliy) ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovasion (ilg‘or) texnologiya yutuqlariga tayanish;
DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o‘rta (kasb – hunar va oliy) ta'lim muassasalari uchun tayanch o‘quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o‘quv reja ta'lim sohalarini me'yorlash hamda ta'lim muassasalarini moliyaviy taminotini ta'minlashga asos bo‘luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini ta'minlashga asos bo‘luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o‘quv rejasi o‘quv predmeti bo‘yicha beriladigan ta'lim mazmunini ta'lim oluvchiga etkazish uchun ajratilgan o‘quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.

Yüklə 5,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin