Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mavzu: uslublar tasnifi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix25.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#102397
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
So’zlashuv uslubi  Uyda, ko„chada, insonlarning o„zaro so„zlashuvida 
qo„llanadigan uslub so„zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til 
me‟yorlariga rioya qiladigan ko„rinishi adabiy so„zlashuv uslubi deb yuritilsa, 
bunday me‟yorlariga rioya qilinmaydigan ko„rinishi oddiy so„zlashuv uslubi deb 
ataladi. So„zlashuv uslubidagi nutq ko„pincha dialogik shaklda bo„ladi. Ikki yoki 
undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq dialogik nutq deyiladi. 
So„zlashuv uslubida ko„pincha turli uslubiy bo„yoqli so„zlar, grammatik 
vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma 
ishni do„ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol! 
So„zlashuv uslubida gapdagi so„zlar tartibi ancha erkin bo„ladi, piching, 
qochiriqlar, kinoyalar ko„plab ishlatiladi. Ko„proq sodda gaplar, to„liqsiz gaplar, 
undalmali gaplardan foydalaniladi. Kishilarning kundalik rasmiy-norasmiy, erkin 
muomalalari doirasida til birliklarining o‟ziga xos tarzda amal qilishidir. Uni 
ma‟lum ma‟noda tildagi boshqa uslublarga qarama-qarshi qo‟yish mumkin. 
Bu uslubning o‟ziga xos xususiyati nutq jarayonida til va tildan tashqari 
omillarning uyg‟un bo‟lishida ko‟rinadi. Ayni paytda bu holat so‟zlashuv 
uslubidagi me‟yoriy holatlarni belgilashni qiyinlashtiradi. Chunki tildan 


foydalanuvchining shaxsi, buning ustiga, nutqiy vaziyat yagona bir me‟yorni tayin 
etishga imkon bermaydi. 
Shunday bo‟lsa-da, so‟zlashuv uslubining o‟ziga xos me‟yorlari haqida 
mulohaza yuritish uchun ham tilimizda dalillar yetarli. Ammo nima bo‟lganda ham 
bu me‟yorlarni so‟zlashuv uslubi uchun muhim bo‟lgan til va tildan tashqari 
omillarning uyg‟unligidan axtarish bizni asl maqsadga yaqinlashtiradi. 
Xo‟sh, so‟zlashuv uslubi qanday o‟ziga xosliklarga ega? Birinchidan, nutq 
elliptik xarakterda bo‟ladi. Lekin bunday holatda ham tinglovchiga fikr tushunarli 
bo‟ladi. Chunki u oldin aytilgan fikrning mantiqiy davomi bo‟ladi. 
Masalan, qorami? ko’kmi? shaklida beriladigan savolni ikki xil vazifada olib 
ko‟raylik. Agar biz uni uy bekasi tilidan eshitsak, qora choy damlaymi  yoki  ko’k 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin