Xalqaro jurnalistika nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mavzu: uslublar tasnifi



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix25.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#102397
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
ochiq (yig’loqi) kabi. 
Bu uslubning  burnini ko’tarmoq, ko’zini shira bosmoq, qo’li kaltalik 
qilmoq  singari o‟z frazeologizmlari mavjud. Kishi nomlari Abdi, Bek, Zuli, 
Dili  singari qisqartirib ishlatish mumkin. So‟zlarning metonimik ko‟lami juda 
keng tarqalgan. Masalan:  auditoriya kuldi, kengash bo’ldi, dasturxonga o’tirdi, 
samovarga chiqdi  kabi. 
So‟zlashuv uslubida nutqiy vaziyatning ahamiyati juda katta. Salom, 
assalomu alaykum, vaalaykum assalom, xayr, ha, yo’q, albatta, aha, xo’p singari 
so‟zlar nutqda ko‟p ishlatiladi. 
So‟zlashuv nutqi o‟zbek tilshunosligida prof. B.O‟rinboyev tomonidan 
anchagina durust ishlangan16. Bu nutq kitobiy nutqdan bir qadar farq qilib Asal, 
15. Sh o m a q s u d o v A. O‟zbek tili stilistikasi. –Toshkent: O‟qituvchi, 1983, 15-bet. 
16. O‟ r i n b o ye v B. O‟zbek tilining so‟zlashuv nutqi sintaksisi masalalari. –Toshkent: Fan, 
1975. 89-bet 


asal, barmog‟ingni tishlab olasan; Ish, faqat tugmachani bossang bas; Kechaday 
kecha; Boladay bola  kabi gap shakllari odatdagi hol hisoblanadi. 
Kitobiy nutq uchun bog‟lovchisiz qo‟shma gaplar odatda xos emas, og‟zaki 
so‟zlashuv nutqi uchun esa, aksincha, xarakterlidir. So‟zlashuv nutqidagi sodda 
gaplar ko‟pincha fe‟l bilan ifodalangan kesimning yo‟qligi bilan xarakterlanadi. 
Hatto ba‟zan shunday holatlar ham bo‟ladiki, bunday gaplarga fe‟l-kesimni qo‟yib 
ham bo‟lmaydi. Masalan,  Biz siznikiga. Biz magazinga; Men, odatda ishga 
avtobusda, ishdan piyoda  kabi. 
Uslubiyat tilshunoslik 
fanining bir bo„limi bo„lib, nutq jarayonida til 
hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish 
qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda 
qo„llanish yo„llari, lug„aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo„llanish 
xususiyatlari o„rganiladi. 
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma‟lum bir sohada qo„llanadigan, bir qancha 
o„ziga xos xususiyatlarga ega bo„lgan ko„rinishi adabiy til uslubi deyiladi. Uslub 
orqali so„zlovchi shaxs narsalarga, voqealarga shaxsiy munosabatini aks ettiradi. 
O„zbek adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor: so‘zlashuv uslubi, badiiy 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin