26
3-BOB. XALQARO VA TRANSMILLIY KOMPANIYALAR, ULARNI
BOSHQARISH TIZIMI
3.1. Milliy kompaniyaning xalqaro kompaniya darajasiga o’tish
evolyutsiyasi
Xalqaro kompaniyalar - bu milliy kapitalni boshqa
davlatlarga tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish maqsadida olib chiquvchi tashkilotlardir. Zamonaviy
xalqaro kompaniyalarning ko’pchilik qismi transmilliy korporatsiyalarni, tashkiliy
shakli bo’yicha esa kontsernlarni ifoda etadi. Ular ilgarigi turli davlatlar kapitalining
oddiy birlashuvi va ishtirokchilari o’z kapitallarining mulkdori bo’lib qolgan
kartellar, sindikatlar, trestlardan ma’lum darajada farqlanadi. Ularga teskari holda XX
asrning tipik kontserni - bu odatda turli tarmoqlar va hududlar bo’yicha
diversifikatsiyalangan
kapitalning
yagona
mulkdoridir. Zamonaviy
xalqaro
kompaniyalar transmilliy, ya’ni o’z millatiga ega bo’lgan yoki ko’pmillatli bo’lishi
mumkin. Transmilliy korporatsiyalar bosh kompaniya (odatda u kompaniya millatini
aniqlaydi) va uning xorijiy filiallarini o’z ichiga oluvchi sub’ektlar tizimini
ifodalaydi. Bosh kompaniya boshqa davlatlardagi o’zining xorijiy filiallari aktivini
nazorat qiladi va odatda ularning kapitalida o’z ulushiga ega bo’ladi.
Ko’p millatli kompaniyalarda har xil millatlar
kapitallarining birlashuvi
vujudga keladi. Birinchi ko’p millatli kompaniya “Yunilever” 1929 yili “Margarin
Yuni” (Daniya) va “Lever Brazerz” (Buyuk Britaniya) firmalarining birlashishi
natijasida vujudga keldi. Shu davrdan boshlab u deyarli 60 ta davlatda 500dan ortiq
xorijiy filiallari bo’lgan eng yirik xalqaro kompaniyalardan biri darajasigacha o’sib
yetdi. “Yunilever” kompaniyasi ikkita shtab-kvartiraga ega - biri Londonda,
ikkinchisi - Rotterdamda joylashgan.
Milliy
kompaniyalarning
xalqaro
kompaniyalar
darajasiga
o’tishni
rag’batlantiruvchi uchta asosiy omilni ajratib ko’rsatish mumkin:
1.Tovar ayirboshlashning va shu bilan birga daromadning o’sishi. Bunda
kompaniya ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish
va masshtab samarasini
ishlatish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari u qaltislikni kamaytirish uchun xorijiy
hamkorlar bilan bo’lgan aloqalardan foydalanishi mumkin.
2.Qabul qilayotgan davlatda xomashyo va ishchi kuchining nisbatan arzonligi
hisobiga ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini kamayishi. Bundan tashqari, mahalliy
firmalar bilan qo’shma korxonalar tuzish yo’li bilan savdo-sotiq bozorini va yangi
samarali texnologiyalarga erishish imkoniyatlarini kengaytirish.
3.Qabul qilayotgan mamlakatning sanoati, moliya-kredit tizimi, savdo kanallari
va infrastrukturasidan foydalanish.
Ko’pchilik xalqaro kompaniyalar uchun milliy firmalardan transmilliy
korporatsiyalarga o’tish yo’lida ularning tashqi iqtisodiy
faoliyatining muayyan
ketma-ketligi odatiy hol bo’lib qoladi (4-rasm).
Birinchi bosqich – bir martalik eksport-import bitimlarida aks etuvchi, turli
davlatlardan bo’lgan hamkorlar orasidagi shartnoma munosabatlari. Bu bosqichda
hamkorlar hali yetarli darajada bir-birlarining moliyaviy imkoniyatlari,
ilmiy-sanoat
potensiali va ishbilarmonlik uslubini bilmaydilar.
27
Ikkinchi bosqich – bunda har xil davlatlardan bo’lgan hamkorlar orasidagi
munosabatlarning navbatdagi kengayishi va takomillashuvi ko’rsatkichi bo’lib ikki
yil va undan ortiq muddatga mo’ljallangan uzoq muddatli shartnomalar xizmat qilishi
mumkin. Bir qator hollarda bunday shartnomalar kapitalning kredit shaklida olib
chiqilishi, asbob-uskunalarni yetkazib berilishi, texnologiyalarni o’tkazilishi,
shuningdek ilmiy-texnikaviy hamkorlikni ko’zda tutadi.
Uzoq muddatli shartnomalar sifati sotib oluvchiga ayon bo’lgan tovarlar va
xizmatlarning savdo bozorlari barqarorligini ta’minlash
nuqtai nazaridan eksporter
uchun jalb etuvchanligidir. Bundan tashqari eksporterlar transport kompaniyalari
bilan uzoq muddatli doimiy kelishuvlar tuzish yo’li bilan transport xarajatlarini
qisqartirish hisobiga o’z mablag’larini tejaydilar. Bularning hammasi reklama,
xaridorlarni qidirish, ko’p sonli bir martalik shartnomalarni
tayyorlash xarajatlarisiz
tijorat xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi.
Import qiluvchilar uchun uzoq muddatli shartnomalar yaxshi ma’lum bo’lgan
va o’zini yaxshi tomondan tavsiya qilgan tovarlar va xizmatlar yetkazib berilishining
barqarorligini ta’minlaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan xomashyo tovarlari
Transmilliy kompaniya
Qo’shma korxonalar
Bevosita xorijiy
investitsiyalar
Кonsortsiumlar
Litsenzion
bitimlar
Bitim
Bitim
Bitim
IV bosqich
III bosqich
II bosqich
I bosqich
Dostları ilə paylaş: