4
o’rtasidagi masofalarni qisqartirmoqda. Shuning uchun menejer firmaning ichki va
tashqi iqtisodiy aloqalarining zamonaviy shakllari, ularning birlashuvi haqidagi
bilimlarga ega bo’lishi va o’z firmasi faoliyatining samaradorligini oshirish uchun
ulardan to’g’ri foydalana olishi kerak.
Global ko’lamli mutaxassislar tashqi iqtisodiy faoliyat sohasi bilan
shug’ullanayotgan firmalar uchun zarur. O’zbekistonda xo’jalik sub’ektlari tashqi
iqtisodiy faoliyatining kengayishi va MDH mamlakatlari kompaniyalari bilan
qo’shma korxonalar tashkil qilishga qiziqishning kuchayishi natijasida global
menejer mentalitetiga ega rahbarlarga ko’proq ehtiyoj vujudga kelmoqda. Bunday
rahbar firmaning faoliyati qiyinlashganda, xalqaro aloqalarni kengaytirish orqali
muammolarni hal qilish yo’llarini izlaydi va quyidagilarni maqsadga muvofiq deb
topishi mumkin:
-raqobatbardosh
mahsulot
ishlab
chiqarish
maqsadida
(marketing
kontseptsiyasidan kelib chiqib) texnologik va uskunalarni zamonaviylashtirishni
jadallashtirish uchun xorijiy sarmoyadorlarni jalb qilish;
-iste’molchilar doirasini kengaytirish va jahon bozoriga o’z mahsuloti bilan
chiqish uchun xususiy va davlat kompaniyalari bilan firmalararo kooperatsiyani
amalga oshirish;
-mintaqaviy ma’muriyat yordamida sarmoyadorlar uchun jozibali sharoit
yaratish;
-korxona ishiga milliy va xorijiy sheriklar bilan to’g’ri kontraktlar tuza oluvchi
huquqshunoslarni jalb qilish;
-korxona ixtisoslashuvi sohasida ilmiy-texnik taraqqiyot haqidagi axborotni
muntazam olish va o’zining ilmiy-texnik va konstruktorlik bazasini rivojlantirish
uchun milliy va xorijiy tadqiqot markazlari va universitetlarini jalb qilish;
-qiziqish bildirgan xalqaro iqtisodiy va ilmiy-texnik tashkilotlar bilan
ishbilarmonlik munosabatlarini o’rnatish.
«Xalqaro (global) menejment» kursining vazifasi — jahon bozorida milliy va
xalqaro kompaniyalar strategiyasini, integral (birikma) xalqaro texnologiyalarni
qo’llash orqali ishlab chiqarishni baynalmilallashtirish imkoniyatlarini, xorijiy
an’analar, madaniy xususiyatlar va qabul qilingan standartlarga moslashish usullarini
o’rganish. Natija sifatida global ko’lamdagi tafakkur, falsafa va psixologiyani hamda
chet elda tadbirkorlik faoliyati sharoitlariga tez moslashish ko’nikmalarini egallash
qabul qilinadi.
Mazkur o’quv qo’llanmaning kirish, 1-2 boblari prof. Nazarova G.G., 3-4
boblari dots. Nazarova R.R., 5-6 boblari kat.o’qituvchi Salixova N.M., 7-8 boblari
dots. Muxamedjanova G.A., 9-10 boblari kat.o’qituvchi Ismailova N.S. tomonidan
tayyorlandi.
Dostları ilə paylaş: