10
o’zgarishlari (masalan, 90-yillarda biomahsulotlarga bo’lgan yuqori talab) keltirilishi
mumkin.
Jahon bozoridagi raqobat milliy bozorga nisbatan kuchliroq, negaki xalqaro
kompaniya u yerda ko’proq va qudratliroq raqiblarga duch keladi. Jahon bozoridagi
ulush – bu u yoki bu tovar yoki xizmat muvaffaqiyatining asosiy potensiali. Boston
matritsasida xalqaro kompaniya jahon bozoriga olib chiqayotgan tovarlar yoki
xizmatlar bozorda egallagan ulushiga ko’ra to’rtta kvadratda xaridlarning eng yuqori
o’sish sur’atlari bilan xarakterlanuvchi tovarlar yoki xizmatlar (ularni yulduzlar deb
ataydilar) turadi. Ularning sotuvdagi ulushi asosiy raqibnikidan yuqori va demak, ular
kompaniya uchun daromadliroq hisoblanadi. Ular katta hajmda ishlab chiqariladi,
ularni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari-ushbu bozordagi eng kam miqdorlardan
biri (shu jumladan ko’lam samarasi hisobiga ham). O’sib borayotgan bozorda
raqobatchilar ekspansiyasiga yo’l qo’ymaslik uchun ishlab chiqarish va bozorni
rivojlantirishga investitsiyalarni amalga oshirish va olingan daromadlarni qayta
investitsiyalash zarur.
Past chap kvadratda bozorda past o’sish sur’atlari bilan sotilayotgan tovarlar
yoki xizmatlar joylashadi. Ularning raqobatbardoshligi va sotuvlardagi ulushi ushbu
bozorda asosiy raqobatchilarnikiga nisbatan yuqori, ular kompaniyaga daromad
«Yulduzlar»
«?»
«Yovvoyi
мushuklar»
«Sоg’in sigirlar»
«Itlar»
Bozordagi nisbiy ulush
Sotuvlarning
o’sish darajasi
Dostları ilə paylaş: