40
4-BOB. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT SOHASIGA CHIQISH
SHAROITLARINI TANLASH USLUBIYATI
4.1
.
Tashqi bozorda faoliyat sohasini tanlash
Tashqi bozorda faoliyat yuritish nuqtai-nazaridan iqtisodiyotning barcha
tarmoqlarini 2 guruhga ajratish mumkin: 1) alohida milliy bozorlarga xizmat
ko’rsatuvchi ko’p millatli tarmoqlar, bunda har bir tarmoq (oziq-ovqat sanoati,
chakana savdo, sug’urta) qabul qiluvchi mamlakatga qarab o’z
xususiyatiga ega
bo’ladi. 2) butun jahon bozorini hisobga olgan iste’molchi-davlatlarda talab
xususiyatlarini minimal aks ettiruvchi global tarmoqlar (fuqaro aviatsiyasi,
televidenie, yarim o’tkazuvchilar ishlab chiqarish)ning mavjudligi.
Iqtisodiyotning global tarmoqlariga ixtisoslashgan xorijiy filiallarni boshqarish
uchun xalqaro kompaniyalar dunyo ko’lamida raqobatbardoshlik darajasini tutib
turish maqsadida global strategiyani qo’llaydi. Bunday kompaniyalar xorijiy
filiallarning butunjahon tarmog’iga ega, sayyoramizning turli qit’alarida
resurslarga
ega, eng past ishlab chiqarish xarajatlariga ega davlatlarda korxonalar tashkil qiladilar
va masshtab samarasini keng qo’llaydilar. Ular o’z tadqiqot markazlarini bosh
kompaniya joylashgan davlatlarda emas, balki ko’pincha yaxshi sotish bozorlari
mavjud bo’lgan mamlakatlarda joylashtiradilar.
Mahalliy va xorijiy raqobatchilar amal qilayotgan qabul qiluvchi mamlakatda
shakllangan bozorda raqobatbardoshlik afzalliklariga ega bo’lish ancha qiyin,
jiddiy
tayyorgarliksiz esa – deyarli mumkin emas. Xalqaro kompaniyaning qabul qiluvchi
mamlakatlarda eng samarali faoliyat sohasini aniqlash uchun TMK izlanuvchi-
iqtisodchilari va marketologlari yangi xorijiy bozorga chiqish haqidagi qaror
loyihasini tayyorlash jarayonida tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish va jahon
bozoriga yetkazib berishda xalqaro kompaniya imkoniyatlarini tanqidiy baholaydilar
va chet elda tadbirkorlik faoliyati sharoitlarini quyidagi bir necha aspektlarda ko’rib
chiqadilar:
1. Raqobatchi korxonalar firma tuzilishi va strategiyasi aspekti. Bu aspektda
birinchi navbatda tanlab olingan faoliyat sohasida milliy
korxonalar va faoliyat
ko’rsatayotgan xorijiy firmalarga nisbatan xalqaro kompaniyaning raqobatbardoshlik
darajasini baholash zarur. Bundan tashqari qabul qiluvchi mamlakatda ishlab
chiqarishni boshqarish va tashkil qilish uslubi TMK xorijiy filiali ega bo’lgan
sharoitlarga javob berishini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega.
Bunda mahalliy raqobatchi-firmalar qanday strategiya tanlashini, raqobatli
kurashda
ulardan
o’zish imkoniyati darajasini, xalqaro kompaniyaning
mo’ljallanayotgan faoliyat sohasi qabul qiluvchi mamlakat
millati psixologiyasiga
javob berishini aniqlab olish zarur.
2. Xizmatlarni ishlab chiqarish va ko’rsatish sharoitlari aspekti. Bu
yo’nalishdagi tahlil predmeti bo’lib quyidagi omillar xizmat qiladi: iqtisodiyotning
qaysi tarmoqlarida qabul qiluvchi mamlakatning nisbiy afzalliklari yaqqolroq
namoyon bo’ladi, xalqaro kompaniyani qiziqtiruvchi iqtisodiyot sohalarida ITTKI
uchun asos mavjudligi va nihoyat, qabul qiluvchi mamlakat xalq xo’jaligidagi zaif
41
tomonlarning (kapital yetishmasligi, ilmiy-texnik sohada orqada qolish va b.) xorijiy
sarmoyadorlar faoliyati bilan to’ldirilishi mumkinligi.
3. Sotish sharoitlari. Ular milliy iste’molchilar tomonidan talablarning
murakkablik darajasi
va xususiyatlari, shuningdek qabul qiluvchi mamlakatda sotish
kanallarining jahon bozorida qabul qilingan kanallardan farqlanishi bilan aniqlanadi.
Ichki talabning rivojlanish tendentsiyalari TMK xorijiy filiali mahsulot assortimentini
shakllantirish yo’nalishlarini belgilaydi.
4. Qardosh tarmoqlar va yetkazib beruvchilar. Bu holatda xalqaro kompaniyani
qabul qiluvchi mamlakatda mahsulotini yirik iste’molchilarining mavjudligi haqidagi
axborot qiziqtiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish uchun u yerda
loyihalashtirilayotgan korxonani xomashyo va materiallar bilan ta’minlovchi
tarmoqlarni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. TMK xorijiy filiali faoliyat
sohasini tanlashda keyingi muhim omil bo’lib mahalliy firmalar – potensial yetkazib
beruvchilarning texnik darajasi (sifatli butlovchi detallarni yetkazib berish
imkoniyatiga egaligi) hisoblanadi.
90-yillarda jahon bozorlarida amal qilgan kompaniyalar qo’llagan xalqaro
iqtisodiy munosabatlarning asosiy shakllari va turlari o’z ustunliklari va
kamchiliklariga ega. Amerikalik iqtisodchilar tomonidan taklif qilingan ularning
turkumlanishi 2-jadvalda berilgan.
2-jadval. Kompaniyalar tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy shakllari va
turlarining afzalliklari va kamchiliklari
Dostları ilə paylaş: