Adabiyotlar (manbaalar ustida ishlash) – ilmiy va badiiy adabiyotlarni turli tartibda tahlil qilishga asoslanadigan ta’lim shaklidir. Adabiyotlar (manbaalar ustida ishlash) shaklidagi mustaqil ta’limning asosiy maqsadi - talabalarda adabiyotlar bilan ishlash va kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
Undan foydalanish mobaynida talabalardan ilmiy, badiiy yoki ommabop adabiyotlar, gazeta va jurnallarda berilgan ma’lumotlarni (vaziyatlar, holatlar) o‘tilayotgan fan va uning mavzulari doirasida tahlil qilish talab etiladi.
Bunda mumkin bo‘lgan variantlar quyidagicha bo‘lishi taklif etiladi:
ilmiy adabiyotlar bilan ishlashda – adabiyotda berilgan ma’lumotlar umumiy holda yoki mavzular bo‘yicha tahlil etilishi mumkin.
badiiy adabiyotlar bilan ishlashda (ommabop adabiyotlar, gazeta va jurnallarda berilgan ma’lumotlarni) – asar qahramonlarining ularning harakatlari, suhbatlari, holatlari va ular tushgan vaziyatlar mavzu doirasida tahlil qilinadi.
Adabiyotlar (manbaalar ustida ishlash)ning asosiy vazifalari:
- talabalarda kitob mutoalasi bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini oshirish;
- talabalarni mustaqil izlanishga undash;
- talabalarda ilmiy izlanishga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;
- berilgan ma’lumotlarni tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish;
- talabalarni ko‘rib chiqiladigan mavzularning ochilmagan tomonlarini mustaqil ravishda ijodiy yondashuvini ta’minlash;
- fanning turli muammolariga qiziqish hosil qilish;
- nazariyaning amaliyotga bog‘liqligini ta’minlash.
ADABIYOTLAR (MANBAALAR USTIDA ISHLASH) UCHUN QO‘YILADIGAN TALABLAR:
mustaqil ta’limni bajarish uchun zarur bo‘lgan adabiyot turini tanlash va topish;
adabiyot bilan tanishib, undagi muhim ma’lumotlarni ajratib olish;
ajratilgan ma’lumotlarni saralash;
saralangan ma’lumotlarni istalgan (maqola, referat, test, slayd) shaklda rasmiylashtirish;
mazkur mustaqil ta’limni bajarish jarayoni qay darajada samarali bo‘lganligini alohida qayd etish;
tahlil asosida o‘qituvchining savollariga javob bera olishga tayyor bo‘lish.