Xalqaro savdo- iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati va mohiyati


Xalqaro savdo tashkilotlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va vazifalari



Yüklə 127,11 Kb.
səhifə3/7
tarix27.02.2023
ölçüsü127,11 Kb.
#85719
1   2   3   4   5   6   7
Курс иши -Халқаро савдо Али

Xalqaro savdo tashkilotlarining jahon iqtisodiyotida tutgan o’rni va vazifalari.

Hozrgi rivojlanib borayotgan zamonda yashar ekanmiz, atrofimizdagi iqtisodiy o’sishi yuqori bo’layotgan va rivojlanish darajasi tez fursatlarda yuksalayotgan davlatlar juda ko’p. Bunday rivojlanishga asosan boshqa davlatlar bilan ham siyosiy ham iqtisodiy hamkorlikni to’g’ri tashkil qilgan davlatlar erishmoqdalar. Iqtisodiyotni o’sishida sezilarli darajada o’z o’rniga ega bo’lgan sohalardan biri bu savdo sohasidir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, Xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi; bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti vaqti bilan faoliyat yuritadi; koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi; qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi; qarorlar, odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo Xalqaro tashkilotlar va nohukumat Xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi. Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va h.k. nomlar bilan ataladi. Oʻzbekiston Respublikasi 50 dan ortiq nufuzli Xalqaro tashkilotlarning teng huquqli aʼzosidir. Shundan kelib chiqqan holda xalqaro savdoni ham davlatlar o’rtasidagi ayrboshlash deb tushinishimiz mumkin.
Xalqaro savdo jarayonini osonlashtirish va turli davlatlar orasida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan nizolarni oldini olish uchun turli xalqaro savdo tashkilotlari tuzilgan va o’z me’yoriy hujjatlariga ega. Quyida bir nechta xalqaro tashkilotlar va ularning mohiyati, vazifalariga to’xtalib o’tamiz:
-Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (1992-yil 2- martda) tashkil qilingan.
- Jahon Savdo Tashkiloti(JST)(1992-1993 yillar)
-ECOSAN(1993-yil 20-sentabrda) - Shanxay hamkorlik tashkiloti(SHHT)(2001-yil 15-iyun) - Osiyo Parlament Assambleyasi(OPA)(2006-yil)
- Interpol(1994-yildan)
- MAGATE(1994-yil 21-yanvardan)
- UNESCO(1993-yil 26-oktabrdan)
- UNIDO(1992-yildan)
- NATO(1994-yil 13-iyuldan)
- [NAFTA](Erkin iqtisodiy zona)
- Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YOII) 
Jahon Savdo Tashkiloti — Jahon savdo tashkilotini tuzish to’g’risidagi g’oya 1994-yilda BMTning moliya va pul aylanmalariga bag’ishlab Bretton-Vudsda (AQSH) o’tkazilgan anjuman chog’ida paydo bo’lgan. Maqsad BMTning xalqaro iqtisodiy hamkorlikka ixtisoslashgan maxsus agentligini tashkil etishdan iborat bo’lgan. 1947-yilda Kubaning Gavana shahrida shu hususida qaror qabul qilingan ammo kuchga kirmagan va shu yili savdo va ta’riflar bo’yicha bosh bitim tuzilgan va 1994-yilgacha amalda bo’lgan. 1995-yilda 1-yanvarda esa ushbu bitim negizida Jahon savdo tashkiloti faoliyat boshlagan. 
JST aʼzo-davlatlar oʻrtasidagi xalqaro savdoni liberallashtish, savdo va siyosiy munosabatlarini tartibga solish maqsadida tashkil etilgan. Xalqaro savdoda tashkilotga aʼzo va ishtirokchi mamlakatlar uchun majburiy boʻlgan tamoyillar va qoidalar belgilangan xukumatlararo koʻp tomonlama shartnomalar asosida faoliyat olib boradi. 1995-yilda 1948—1994 yillarda ish olib borgan Tariflar va savdo boʻyicha Bosh kelishuv (General Agreement on Tarifs and Trade — GATT) negizida tashkil qilingan. BMT tizimiga kiradi. Idorasi Shveysariya (Jeneva)da. JST jahon savdosi qoidalarini ishlab chiqish yoʻli bilan davlatlar savdo siyosatiga taʼsir koʻrsatish, savdo munosabatlarini erkinlashtiradigan va qatiy tartib-qoidaga soladigan muzokaralar uchun yigʻilishlar oʻtkazish, davlatlararo savdoda yuzaga keladigan nizolarni hal qilish va boshqa vazifalarni bajaradi.
JSTning oliy organi — barcha aʼzo mamlakatlar Vazirlar Konferensiyasi boʻlib, kamida 2 yilda bir marta oʻtkaziladi. Joriy ishlarga Bosh kengash (tovarlar savdosi boʻyicha kengash, xizmatlar savdosi boʻyicha kengash, intellektual mulk masalalari boʻyicha kengash), sekretariat, doimiy qoʻmitalar rahbarlik qiladi. JST faoliyati aʼzo mamlakatlarning oʻzaro manfaatlarini turli tadbirlar (asosan boj imtiyozlari, toʻsiqlari va b.)ni qoʻllash bilan himoya qilishga qaratilgan. Aʼzo mamlakatlar JST talablarini bajarish bilan birga tashkilotning boshqa aʼzolariga savdoda mumkin qadar qulaylik berish rejimini (birinchi navbatda boj tariflarini pasaytirish) qoʻllaydi, oʻz ichki bozorini chet el korporatsiyalari uchun ochiq qilish majburiyatini oladi.
Bahslarni hal etish: nizolarni hal etish jarayonlari va qoidalari haqidagi bitimga muvofiq davlatlar o‘rtasidagi konsultatsiya, muzokaralar yordamida amalga oshiriladi. Nizolarni hal qilib bo‘lmaydigan vaziyat yuzaga kelsa, bosqichma bosqich belgilab qo‘yilgan jarayondan o‘tish, ekspertlar guruhining qarorini olish va apellyatsiya berish mumkin. Bu jarayon hozirda ko‘p holatlarda o‘zini oqlab kelmoqda. Tashkilot tuzilganidan beri unga 490 ta shikoyat kelib tushgan. Shulardan 93 tasini konsultatsiya darajasida hal etishga erishilgan; faqatgina to‘rtta shikoyatga qarshi chora ko‘rish orqali hal qilishga erishilgan. Masalan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari AQSh va Argentinadan Yevropa hududiga GMO mahsulotlarini olib kirishni taqiqlash borasida tashkilotga shikoyat qilgan. Uch yillik o‘rganish natijasida taqiq noqonuniy deb topilgan. Lekin AQSh va Argentina hukumatiga eksport qilayotgan mahsulotlar tarkibida GMO mavjudligi haqida ma’lumotni qayd etish lozim degan talab qo‘yilgan.
BMTga aʼzo aksar davlatlar JSTga ham aʼzo boʻlib kirgan. Masalan, Rossiya Federatsiyasi 19 yillik kutishlardan keyin 2012-yilda, Qirgʻiziston 1998-yilda, Tojikiston 2012-yilda, Qozogʻiston 2015-yilda aʼzolikka qabul qilindi. Jahon savdo tashkiloti hajmining uchdan bir qismi MDH davlatlarig a to’g’ri keladi va so’nggi yillarda bu ko’rsatkich biroz o’zgardi. MDH davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va tashqi savdoni har tomonlama qo’llab-quvvatlash bo’yicha ko’rilgan choralarga qaramay, MDH davlatlari tashqi savdo aylanmasining ulushi 2019 yilning shu davriga nisbatan 2,0 foizga kamaydi. 2018 yilning shu davrida 3,7 foizga pasayish qayd etildi va ularning tashqi savdo aylanmasidagi ulushi, 2020 yil yanvar-dekabr oylari oxirida 32,6 foizni tashkil etdi.
Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YOII) — 29-may 2014-yilda tashkil etilgan iqtisodiy ittifoq. Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi aʼzo davlatlarning bir-biri bilan xalqaro va oʻzaro birlikni kuchaytirishni oʻz ichiga oladi. Bu ittifoqga a’zo mamlakatlar o’zaro savdo aloqalarini ma’lum qoidalar asosida olib borishadi va ular quyidagilar:
- Belorussiya – 29-may 2014-yilda ittifoqga kirish bo’yicha bitim imzolagan va 1-yanvar 2015-yilda to’laqonli a’zosi bo’lgan;
- Armaniston - 10-oktabr 2014-yilda ittifoqga kirish bo’yicha bitim imzolagan va 2-yanvar 2015-yilda to’laqonli a’zosi bo’lga;
- Qirg’iziston – 23-dekabr 2014-yilda ittifoqga kirish bo’yicha bitim imzolagan va 12-avgust 2015-yilda to’laqonli a’zosi bo’lgan;
- Qozog’iston - 29-may 2014-yilda ittifoqga kirish bo’yicha bitim imzolagan va 1-yanvar 2015-yilda to’laqonli a’zosi bo’lgan;
- Rossiya - 29-may 2014-yilda ittifoqga kirish bo’yicha bitim imzolagan va 1-yanvar 2015-yilda to’laqonli a’zosi bo’lgan.
Moldova 2017-yilning aprelida kuzatuvchi maqomini oldi.
Oʻzbekiston va Kuba 2020-yilning 11-dekabrida kuzatuvchi maqomiga ega boʻlishdi. 2021-yil dekabrda boʻlib oʻtadigan prezidentlik saylovlaridan soʻng, Oʻzbekiston 2022—2023-yilga qadar toʻlaqonli aʼzo boʻlishi kutilmoqda.
Ayni paytda YEOII aʼzolari — Rossiya Federatsiyasi, Belarus Respublikasi, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Armaniston davlatlarining umumiy maydoni 20,3 million kvadrat kilometrni tashkil etadi, aholisi 186 million kishi, YAIM hajmi 1,9 trillion AQSH dollariga teng. Koʻrinib turibdiki, YEOII — hajmi jihatidan juda katta bozor va bu bozorning teng huquqli aʼzosi boʻlish Oʻzbekistonga ulkan imkoniyatlar yaratib beradi. Ittifoq doirasida tovarlarning boj toʻlovlarisiz olib oʻtilishi, davlatlarning ichki bozorlariga mahalliy tovarlarning hech qanday toʻsiqlarsiz kirib borishi, bojxona idoralari faoliyatini tartibga solishning umumiy va mukammal tizimini yaratish, kapital harakati erkinligini taʼminlash imkoniyatlarini yaxshilaydi. Bu iqtisodiy aloqalar kuchayishining ijobiy tomonlari edi. Shu bilan birga, uning ayrim salbiy jihatlari ham mavjud. Bular — mamlakatimizda mahsulotlari yuqori narxga ega boʻlgan korxonalar faoliyatiga salbiy taʼsirlar boʻlishi, ichki bozorda import mahsulotlari hajmining koʻpayishi, ayrim tovarlar bozorida raqobatning ortishi, hozir turlicha boʻlgan texnik tartibga solish va standartlarni bir xil qilish bilan bogʻliq muammolar paydo boʻlishi, tayyor sanoat tovarlarini ishlab chiqarish boʻyicha tumanlararo tafovut ortishi kabi ehtimollar. YEOII doirasida yagona elektr energiyasi bozorini yaratish va shu yoʻl orqali barcha aʼzo davlatlarni nisbatan arzon elektr energiyasi bilan taʼminlash, suv resurslaridan oqilona foydalanishda bir yechimga kelish mumkin. Bular iqtisodiy oʻsishga ijobiy taʼsir qiladi. Bugungi kunga qadar YeOII erkin savdo hududi to‘g‘risida Vetnam (2016 y.), Singapur (2018 y.), Eron (2018 y.), Serbiya (2019 y.) bilan shartnomalar imzolangan. Shuningdek YeOII va Xitoy o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralar yakunlandi.
Yuqoridagi jarayonlardan ko’rinib turibdiki, xalqaro miqyosda Xalqaro savdo tashkilotlaribni o’rni sezilarli darajada muhum hisoblanadi. Bular eng muhimlariga esa kurs ishimda to’xtalib o’tganman. Ular jaxondagi ko’p mamlakatlar a’zo bo’lgan tashkilotlardir ya’niki JST (Jaxon Savdo Tshkiloti) va YeOII (Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi) hisoblanadi. Xususan hozrda bu tashkilotlarga dunyoning eng ko’p rivojlangan davlatlari a’zo bo’lgan.



Yüklə 127,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin