Xalqaro savdo- iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati va mohiyati


-rasm.2020-yilda YeOII davlatlari bilan jami eksport va import yuk tashuvlaridagi o’zgarishlar % da(2019 yilga nisbatan)4



Yüklə 127,11 Kb.
səhifə6/7
tarix27.02.2023
ölçüsü127,11 Kb.
#85719
1   2   3   4   5   6   7
Курс иши -Халқаро савдо Али

4-rasm.2020-yilda YeOII davlatlari bilan jami eksport va import yuk tashuvlaridagi o’zgarishlar % da(2019 yilga nisbatan)4

Umuman olganda, 2020 yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasiga 147 mamlakatdan tovarlar va xizmatlar import qilindi. Importning uchdan bir qismi (15,23 mlrd. Dollar) Xitoy (yirik importdagi ulushi 21,3%), Rossiya Federatsiyasi (19,7%), Koreya Respublikasi (10,0%) kabi yirik sherik mamlakatlarga to’g’ri keladi. , Qozog’iston (9,9%), Turkiya (5,1%), Germaniya (3,6%) va Chexiya (2,4%).
Quyida 4-rasmda bu xususidagi tahlilni ko’rishimiz mumkin. Bunda natijalar yanada aniq va yaqqol namoyon bo’ladi. Jadval ma’lumotlari statistika qo’mitasi ma’lumotlari asosida yaratilgan.



5-rasm.2020-yilda umumiy tovar va xizmatlar importining 1/3 qismini 100% deb olganda qaysi davlatlarga to’g’ri kelganligi taxlili.5

Bugungi kunda O’zbekiston dunyoning 170 ga yaqin davlatlari bilan savdo aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi XXR (17,7%), Rossiya Federatsiyasi (15,5%), Qozog’iston (8,3%), Koreya Respublikasi (5,9%), Turkiya (5,8%), Qirg’iziston ( 2,5%) va Germaniya (2,3%).
Xususan YeOIIda 2025 yilga qadar O‘zbekiston uchun dolzarb bo‘lgan qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha umumiy, uyg‘unlashgan bozor va makon tashkil qilish, shuningdek, iqtisodiy integratsiyani jadallashtirish rejalashtirilgan.
Birinchidan, ittifoq hududida energoresurslarning, jumladan gaz, neft va neft mahsulotlarining umumiy bozorini shakllantirish ko‘zda tutilgan. Bunda YeOII a’zo davlatlarning energetika kompaniyalari gaz, neft va elektroenergiyani cheklovlarsiz, birja auksionlarida shakllangan bozor narxlari bo‘yicha yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Ikkinchidan, YeOII hududida yagona transport makonini shakllantirish. Uyg‘unlashgan transport siyosati doirasida quyidagi maqsadlar ko‘zlangan: 1) umumiy transport-logistika xizmati bozorini shakllantirish; 2) Yevroosiyo hududidagi transport koridorlarni salohiyatini oshirish va yangi koridorlar tashkil qilish; 3) transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha umumiy takliflarni ishlab chiqish va zamonaviy logistika markazlarini yaratish. Transport-logistika sohasini rivojlantirilishi ekspertlarning ta’kidlashicha, YeIIO hududida tovar, xizmat, kapital hamda fuqarolarni hech qanday to‘siqlarsiz aylanishiga salmoqli hissa qo‘shadi.
Uchinchidan, ittifoq hududida umumiy moliya bozorini tashkil qilish. YeOIIda samarali moliyaviy bozorni shakllantirish maqsadida a’zo davlatlar 2025 yilga kelib: a) milliy qonunchilikni va uni qo‘llash amaliyotini uyg‘unlashtirish; b) qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solishni takomillashtirish; v) iqtisodiyotning real sektoridagi korxonalarni kreditlash hajmini oshirish; g) iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish kabi vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan. Bu, o‘z navbatida, iqtisodiy integratsiya jarayonlarini yanada chuqurlashtirib, barqaror rivojlanish uchun qulay shart-sharoit yaratadi.
To‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi sohasida uyg‘unlashgan siyosat yuritilishini ta’minlash. Bugungi kunda YeOII a’zo davlatlari qishloq xo‘jaligi sohasidagi turlicha iqtisodiy mexanizmlarni (kreditlash va subsidiyalar taqdim qilish, narxlarni tartibga solish, sug‘urta, soliqqa tortish) amalga oshirmoqda. YeOII makonida agrar sohasidagi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash, mavjud iqtisodiy mexanizmlarni uyg‘unlashtirish, bojxona regulyasiyasini soddalashtirish, veterinariya va fitosanitariya nazoratining yagona qoidalariga amal qilish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan o‘zaro savdo hajmini oshirish hamda boshqa davlatlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotini eksportini oshirish maqsad qilingan.
Beshinchidan, hududlararo sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yagona innovatsion makon yaratish. YeOIIda endilikda sanoat kooperatsiyasida nafaqat ikkitomonlama hamkorlik, balki ko‘ptomonlama mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy harakatlar boshlangan. Bundan asosiy maqsad har bir a’zo-davlatni salohiyatidan kelib chiqqan holda, sanoat kooperatsiyasi jarayonini yanada tezlashtirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni raqobatbardoshligini oshirish, o‘zaro yangi innovatsion texnologiyalar va izlanmalar bo‘yicha almashinuvlarni tizimli yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ko‘ptomonlama investitsion loyihalarni amalga oshirishdir.
Pandemiya juda ko‘plab davlatlar iqtisodiyotining barcha sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, ta’minot zanjirlari uzilib qoldi, mehnat bozori zarar ko‘rdi, qator korxonalar o‘z faoliyatini to‘xtatdi, transport tashuvlari kamaydi.
Pandemiya saboqlari umumiy sa’y-harakatlarni faollashtirishga undaydi. Ushbu vaziyatda xalqaro ekspertlar mintaqaviy jarayonlar kuchayishi va mintaqaviy tuzilmalar ahamiyati oshishini taxmin qilmoqda. Bunday inqirozli vaziyatlarda ustunlik global savdo munosabatlari zanjiri uzilishi muammosini samaraliroq hal qiladigan, milliy iqtisodiyotlar uchun “yelkadosh” vazifasini o‘tab beruvchi ixcham mintaqaviy bozorlarga beriladi.
Jahon savdo tashkiloti hajmining uchdan bir qismi MDH davlatlariga to’g’ri keladi va O’zbekiston Respublikasining MDH davlatlari bilan  tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi Rossiya Federatsiyasi (47,7%), Qozog’iston (25,5%), Qirg’iziston (7,6%), Turkmaniston (4,5%) va Tojikiston (4,2%) bilan qayd etildi.
Umuman olganda, 2020 yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekiston Respublikasiga 147 mamlakatdan tovarlar va xizmatlar import qilindi. Importning uchdan bir qismi (15,23 mlrd. Dollar) Xitoy (yirik importdagi ulushi 21,3%), Rossiya Federatsiyasi (19,7%), Koreya Respublikasi (10,0%) kabi yirik sherik mamlakatlarga to’g’ri keladi. , Qozog’iston (9,9%), Turkiya (5,1%), Germaniya (3,6%) va Chexiya (2,4%).
Xulosa
Iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarda borishini ta’minlashda mamlakat iqtisodiyotida jahonning yirik davlatlarini tanlagan strategiyalarini o’rganib chiqqan xolda shuni aytib o’tish muhumki, JST va YoII ga a’zo bo’lish va shu kabi rivojlangan savdo tashkilotlariga a’zo bo’lish Respublikamiz uchun savdo faoliyatini yaxshilash jarayoniga foydasi yuksak bo’ladi.. Bu orqali arzon va sifatli tovar mahsulotlari olib kirish va chetga ham tovar hom ashyolarni hech qanday to’siqlarsiz chiqarish imkoniyati ochiladi.
Bojxona bojlarini stafkalari kamayadi va shu orqali erkin harakat ochiladi a’zo davlatlar orasida. Yuqorida shu haqida toxtalib o’tdik. Bunday jarayon esa o’z o’zidan yirik monopolistic tashkilotlarning faoliyatiga barham berib, raqobatlashish jarayonini kuchaytiradi. Kichik biznes, ishlab chiqarish, aholini ish bilan band qilish yuqori darajada bo’ladi va pul aylanish tezligi oshadi.
Kurs ishini yozish jarayonida shuni xulosa qildimki bunday tashkilotlarga a’zo bo’lish aholimizning turmush darajasini yaxshilanishiga va shu orqali iqtisodiyotimizni yuksalishiga katta hissasini qo’shadi.
Shuni ham taʼkidlash lozimki, dunyoning eng katta iqtisodiyot egalari — AQSH, Gʻarbiy Yevropa davlatlari, -Xitoy, Yaponiya kabi mamlakatlar JSTdan unumli foydalana oladi. Kichik davlatlar, jumladan, Oʻzbekiston ham bu imkoniyatlardan toʻliq foydalana olmasligi ularning umumiy resurslariga borib taqaladi. Mamlakatimizning JSTga aʼzoligi YEOIIning tartib-qoidalari va monopoliyasiga tushib qolmaslikning oldini oladi, deb hisoblayman. Ichki monopolistlardan qutulish muammosi hal boʻladi. Xalqaro darajada erkin raqobat tizimi oʻz-oʻzidan yaratiladi.
Albatta dastlab davlat faqatga yutuq tarafiga qaramay zarar tarafini ham ko’rib chiqishimiz kerak bo’ladi. Shunday ekan mamlakat ichida faoliyat yuritayotgan tadbirkotlar kata zarar ko’rishi mumkin. Faqatgina ziyonni o’ylab ishni orqaga surib yursak rivojlanish bo’lmaydi. Shunday ekan xulosam shundan iboratki, hech narsadan qo’rqmay xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo bo’lishimiz kerak.

Yüklə 127,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin