4.O’zbekiston Respublikasi savdo tashkilotlariga a’zo bo’lgandagi o’zgarishlar va natijalari.
Ta’kidlash joizki, o‘tgan to‘rt yil mobaynida O‘zbekiston va YeOII mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 75 % ga o‘sdi va bugungi kunda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining 30 %dan ortig‘i YeOII davlatlariga to‘g‘ri keladi. So‘nggi uch yil ichida O‘zbekistonning YeOII mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 54,5 %ga, eksport 41,7 %ga, import 65,2 %ga oshgan. Shu bilan birga, shuni ta’kidlash joizgi, O‘zbekiston YeOII mamlakatlari bozorlariga xom ashyoni emas, asosan qayta ishlash sanoati va qishloq xo‘jaligining tayyor mahsulotlarini eksport qilmoqda.
2-jadval
O‘zbekistonning YeOII mamlakatlariga eksport ko‘rsatkichlari (million AQSh dollarida)1
|
2017 y.
|
2018 y.
|
2019 y.
|
11 oy
2019 y.
|
11 oy
2020 y.
|
Jami, shu jumladan
|
13893,6
|
14253,9
|
17901,7
|
15854,8
|
14197,3
|
Rossiya
|
2019,2
|
2117,3
|
2492,5
|
2264,0
|
1323,4
|
Qozog‘iston
|
1057,6
|
1352,2
|
1429,7
|
1253,4
|
818,8
|
Qirg‘iziston
|
178,3
|
269,7
|
679,0
|
626,3
|
685,7
|
Belarus
|
27,4
|
41,3
|
47,6
|
42,5
|
37,7
|
Armeniya
|
1,0
|
3,0
|
3,0
|
2,7
|
4,0
|
YeOII bilan jami
|
3283,5
|
3783,5
|
4651,8
|
4188,9
|
2869,6
|
YeOII mamlakatlarining umumiy eksportdagi ulushi (%)
|
23,6
|
19,3
|
26,1
|
26,4
|
20,2
|
Yuqoridagi jadvalda YeOII tashkilotiga a’zo davlatlarga so’ngi bir necha yil ichida eksport qilgan tovarlarini dollardagi qiymati keltirib o’tilgan. Ko’rib turganingizdek yildan yilga savdo hajmi oshgan ammo pandemiya tufayli 2020-yilda bu ko’rsatkichlar sezilarli darajada pasaygan. Bunday pasayish faqatgina o’zbekistonda emas balki, tashkilotga a’zo davlatlarning aksaryat qismida kuzatilgan. Bunga sabab tovarlarga bo’lgan talabning kamligi va ishlab chiqarish jarayonining to’xtab qolganligidir.
3-jadval.
2020 yilning 10 oy davomida YeOII mamlakatlariga elektrotexnika mahsulotlarining eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha ayrim turlari2
Mahsulot turi
|
Eksport (mln.doll.)
|
Eksportning umumiy hajmida YeOII davlatlarining ulushi (%)
|
jami
|
Elektr kabellari
|
30,0
|
14,7
|
49,0
|
Uy elektr plitalari va isitish moslamalari
|
17,0
|
12,9
|
75,9
|
Televizorlar, monitorlar
|
16,9
|
10,3
|
60,8
|
Transformatorlar
|
14,7
|
6,3
|
42,8
|
Sovutgichlar
|
10,9
|
6,6
|
60,4
|
Kir yuvish mashinalari
|
7,7
|
4,1
|
52,6
|
Gaz plitalari
|
6,6
|
6,2
|
92,8
|
Yorituvchi va vizual signalizatsiya moslamalari
|
6,5
|
6,4
|
99,5
|
Konditsionerlar
|
5,1
|
0,7
|
14,0
|
Chang yutgichlar
|
2,4
|
1,7
|
68.1
|
2017-2020 yillarda O‘zbekistonning YeOIIga a’zo-davlatlar bilan umumiy tovar ayirboshlash hajmi yiliga 26 %ga oshib, qariyb 10 milliard dollarga yetdi. Bugungi kunda O‘zbekistonning YeOII bilan tashqi savdosidagi ulushi deyarli 30%, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti hajmi esa 75% dan ortiqni tashkil qiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston tashqi savdo yuklarining 80% YeOII davlatlari hududi orqali o‘tadi.
2020-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonning YeOII davlatlari bilan o‘zaro tashqi savdosi 8,7 milliard dollarni tashkil etdi, bu O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasining qariyb 26,5 foizini qamrab oldi.
3-rasm.2020-yilning yanvar-noyabr oylarida O’zbekistonning YeOII davlatlari bilan o’zaro tashqi savdosi.3
Yuqoridagi jadvalga asosan Ittifoq mamlakatlariga umumiy eksport hajmi 2,868,9 mln dollar (Rossiya — 1,323,4 mln dollar, Qozog‘iston — 818,8 mln dollar, Qirg‘iziston — 685,7 mln dollar, Belarusiya — 37,7 mln dollar, Armaniston 3,3 mln dollar)ni, import hajmi esa 5 880,0 mln dollar (Rossiya 3 746,0 mln dollar, Qozog‘iston — 1 801,7 mln dollar, Qirg‘iziston — 130,6 mln dollar, Belarusiya — 199,7 mln dollar, Armaniston 2,0 mln dollar)ni tashkil qilgan.
2020 yilning yanvar-noyabr oylarida, O‘zbekistonning jami tashqi savdo yuk tashuvlar hajmida YeOII mamlakatlarining ulushi 55% (18,2 mln tonna)ni tashkil etdi, shundan 14,8 foizi (2,6 mln tonna) eksport yuklarini tashish, 85,2 foizi (15,6 mln tonna) import yuklarini tashishga to‘g‘ri keldi. 2019-yilning shu davriga nisbatan YeOII davlatlari bilan jami yuk tashuvlar 18,3%ga, shundan eksport yuklari hajmi 14,4%ga (Shundan, Rossiya +11%, Qozog‘iston +20%, Armeniya +9%, Qirg‘iziston +0,1%, Belarusiya -9%), import yuklari hajmi 19%ga (Shundan, Rossiya +24,4%, Qozog‘iston +20,3%, Armeniya +57,1%, Qirg‘iziston -4,4%, Belarusiya +40,0%) oshgan. 2020 yilning yanvar-noyabr oylarida, YOII davlatlari bilan jami 33,2 mln tonna yuk tashilgan. Shundan Temiryo‘l transportiga — 20,8 mln tonna (2019 y.ga nisbatan +22,5%), Avtomobil transportiga — 3,5 mln tonna (2019 y.ga nisbatan -0,9%), Havo transportiga — 1,1 ming tonna (2019 y.na nisbatan -20,2%) to‘g‘ri kelgan.
Dostları ilə paylaş: |